Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARI
Mardonova Mashhura Murtoza qizi · Dumbulboy oʻgʻli · mahzum shoshiy · Lakalang mahzum
Образовательные инновации и интеграция · 1913
Аннотация
Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning adabiy merosi va uning asarlarida aks etgan ma’rifatparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi. Muallifning jamiyatni isloh qilish, ilm-ma’rifatni targ‘ib etish va milliy uyg‘onish g‘oyalari bilan bog‘liq qarashlari o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, ma’rifatparvarlik, jadidchilik, o‘zbek adabiyoti, "O‘tkan kunlar", islohotlar, modernizatsiya. Abdulla Qodiriy ijodi 1913-1914-yillarda boshlandi. U shu yillari barcha ilgʻor fikrli yoshlar qatori jadidchilik harakatiga qoʻshilgan va oʻzining ilk asarlarida maʼrifat, millat taraqqiyoti va hurligi gʻoyalarini targʻib eta boshlagan. Qodiriy dastlab maʼrifiy sheʼrlar yozdi. 1914-yilda “Ahvolimiz”, “Millatimiz”, “Toʻy” kabi sheʼrlari jadid matbuotida eʼlon qilinadi. 1915-yili u Behbudiyning “Padarkush” fojiasi taʼsirida “Baxtsiz kuyov” pyesasini yozadi. Soʻng oʻzi “milliy roʻmon” deb atagan “Juvonboz” hikoyasini yaratadi. Bu asarlar ham avvalo maʼrifatparvarlik qarashlari mahsuli boʻlib, jamiyatdagi chirkin illatlar va qoloq urf-odatlarni keskin tanqid qilishga yoʻnaltirilgan. Abdulla Qodiriy –– Alimov, Julqunboy, Shoshiy, Boyqush, Dumbulboy, Dumbulboy jiyani, Dumbuldevona, Dumbulnisa, Dumbulboy oʻgʻli, J-boy, Jarqinboy, Jiyan, Jiyaningiz Mushtum, Indamas Soʻfi, Yoʻlovchi, Kalvak mahzum jiyani, Kalvak mahzum shoshiy, Kampir, Karnaychi, Kolxozchi, Lakalang mahzum, Mavlonkufr, Mulla Julqunboy, Mushtum, Ovsar, Saniyxudo, Chin doʻst, Chirmandabotir, Chi chora, Shapaloqmahzum, Shilgʻay, A.Q, U-boy kabi oʻttizdan ortiq taxalluslar bilan ijod qilgan. 1919-1920-yillarda “Oʻtgan kunlar” romanini yozib tugallab, 1926-yilda toʻla nashrini eʼlon qiladi. Bu toʻlaqonli realistik ilk oʻzbek romani boʻlib, Qodiriyning jadidona siyosiy qarashlari yuksak badiiy ifodasini topgan asar edi. 1928-yili yozuvchi “Mehrobdan chayon” romanini eʼlon qildi. 1934-yilda esa “Obid ketmon” qissasini yozadi. Darhaqiqat, jadid bobolarimiz asarlari mazmuniga tobora chuqur kirib borar ekanmiz, bu asarlarning dunyoga kelganiga qariyb yuz ellik yildan oshgan bo‘lsa-da, ularda ko‘tarilgan muammolar bugungi kunda ham dolzarbligicha qolayotganini ko‘ramiz. Jadidlar yechimini izlagan millat uquvsizligi, ayollar ta’limi bilan bog‘liq muammolar hanuzgacha jamiyat rivojiga soya solmoqda. XIX asr oxiri XX asr https://scientific-jl.com/ 2 4 9 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga rahna soluvchi, og‘ir va o‘ta qaltis tarixiy muhit paydo bo‘ldi. Bunga sabablar, birinchidan, Rossiya imperiyasi Turkistonni mahv etib, u yerda o‘z mustamlakachiligini mustahkamlash maqsadida, aholini ruslashtirish, oddiy xalqni erkidan ayirish, g‘ururini sindirishdek o‘ta shovinistik siyosat olib borganligi, ikkinchi tomondan musulmon mutaassibligida dunyoviy bilim va taraqqiyotga qarshilik ruhi avj olgani bo‘lsa, yana bir tomondan xalqimiz o‘z ma’naviyati, huquqi hamda, eng avvalo, erkini qo‘ldan boy bergani bo‘ldi. Insoniyat tarixida mustamlakachi davlatlar tomonidan istilo qilingan xalqining milliy g‘ururi, ona tili, adabiyoti, asriy an’analaridan judo etib, birato‘la mahv etish tendensiyasi ustuvor sanaladi. Ezilgan xalq bora-bora yovning bunday qarashlariga ko‘nikadi. Mana shunday siyosiy qaltis vaziyatda xalqning bir guruh ziyolilari, millatning asl o‘g‘lonlari, taraqqiyparvarlar harakati paydo bo‘ldi. Xalqning fidoiy lochinlari o‘zlarining qanotlari kuysa-da ona xalqini uyg‘otish, uning kelajagi uchun qayg‘urish borasida harakat qildi. Ular “jadid” deb atalmish ulug‘ nom ostida birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib holda ma’naviyat uchun, g‘urur va erk uchun uzun va mashaqqatli bir yo‘lni bosib o‘tishdi. XX asr boshlarida ana shunday murakkab vaziyatni aks ettirgan adabiyot boshqa barcha davrlar adabiyotidan keng ommani uyg‘otish, xalqning o‘rganib qolgan past turmush darajasidan chiqarish, millat, xalq manfaatlarini o‘ylash, o‘zbek xalqining ilmiy salohiyatli xalqlar qatorida ko‘rishni istash kabi g‘oyalari ilgari surilganligi bilan farq qiladi. Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon kabi ijodkorlarimizning barcha asarlarida xalqni ma’rifatli qilish uning tamadduniga yo‘l ochishi g‘oyasi yotadi. Avloniy, Hamza kabi ijodkorlar esa nafaqat o‘zlari yaratgan asarlari orqali, balki bu borada ko‘zga tashlanarli amaliy harakatlari (teatr, gazeta, jurnallar tashkil qilish, maktablar ochish v.h.) orqali xalqni ma’rifatli qilishga uringanlar. Ularning har bir asarlarini o‘qir ekanmiz, o‘tmishning qora dog‘lari, o‘sha davr fojialarining bo‘yi dimog‘imizni achitadi. Shu jumladan, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asarida Yusufbek hojining o‘z-o‘ziga so‘zlanib ketganiga e’tibor qaratsak: ”O‘ttuz ikki tangadan soliq yig‘ emish… Bir haftadan keyinga qolmasin emish… Soliq yig‘ishda qarshiliq qilg‘anni darraga yotqizish, muvofiq ko‘rilganda osdirish haqqi ham menga berilgan emish… Men qonxo‘rliq uchun xudoning farz qilg‘an hajini ado qilmadim; oldimda o‘g‘lum bor, menda boshqalarning o‘glini darraga yotqizish chog‘ida ko‘ndala
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning adabiy merosi va uning asarlarida aks etgan ma’rifatparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Abdulla Qodiriyning adabiy merosi va uning asarlarida aks etgan ma’rifatparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’rifatparvarlik, jadidchilik, o‘zbek adabiyoti, Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026