Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QODIRIY - JADIDCHILIK HARAKATINING ASOSCHISI
Mardonova Mashhura Murtoza qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning jadidchilik harakatidagi o‘rni, uning asosiy maqsad va g‘oyalari, shuningdek, bu harakatning o‘zbek jamiyatiga ta’siri yoritiladi. Muallifning asarlari va publitsistik faoliyati orqali xalqni ma’rifatli qilishga intilgani tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, jadidchilik, ma’rifatchilik, modernizatsiya, o‘zbek adabiyoti, “O‘tkan kunlar”, islohotlar, mustamlaka. Bilamizki, oʻtgan davr jadidchilik faoliyatida katta ahamiyat kasb etuvchi ijodkorlar qatorida Abdulla Qodiriy nomining tilga olinishi bugungi kunda Abdulla Qodiriy ijodi uning shaxsiyatini oʻrganish bilan bogʻliqdir. Abdulla Qodiriy oʻsha davr muhiti va kayfiyatidan kelib chiqib oʻzining yaratgan asarlarida jadidchilikka oid gʻoyalarni ham ilgari suradi. Bunda oʻsha davr muhitida keng ommalashayotgan teatrlar, sahna asarlari, teatr truppalari bilan birgalikda badiiy asarlar ularning yaratilishi uslubi dunyo hamjamiyatida rivojlanayotgan adabiyot, sanʼat sohalari bilan birga mutanosiblikni tashkil etadi. “Birinchi Prrzidentimiz Islom Karimov qayd etganidek: Yurtimizda Abdulla Qodiriy asarlari kirib bormagan birorta ham xonadon boʻlmasa kerak. U faqat Oʻzbekistonning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir”. Haqiqatdan ham Abdulla Qodiriy bu borada haq boʻlib, kishilik jamiyatda sodir boʻlayotgan voqea hodisalarga munosabat bildirish yoki xalqqa yetkazishda soʻzga chechangʻik boʻlmogʻi kerak. Bunda asosan, Abdulla Qodiriyning sheʼriy asarlarida yoki adabiy-badiiy asarlarida jadidchilik gʻoyalarining keng talqin qilinishi va Abdulla Qodiriyning ularga boʻlgan munosabati oʻziga xoslikni tashkil etadi. Jumladan, Abdulla Qodiriy ijodkor sifatida oʻzining yaratgan sheʼrlarida, romanlarida yoki publitsistik asarlarida maʼlum bir mavzu yuzasidangina cheklanib qolmasdan, millat va vatan taraqqiyotiga oid qarashlarni har tomonlama bayon etadi. Bunda, Abdulla Qodiriyning “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”, “Toʻy” kabi sheʼrlari ham kishilarning eʼtiborini tortadi. Bugungi kunda adabiy jamoatchilik Abdulla Qodiriy ijodini oʻrganishda nafaqat dunyo olimlarining qarashlari yaʼni oʻzbek adabiyotining oʻtgan asrda tutgan oʻrni, rivojlanish bosqichlari keng tarzda muhokama qilinadi. Jadidchilik sohasi va jadidchilik ishlarida faoliyat yuritgan https://scientific-jl.com/ 2 5 3 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi kishilarning qatorida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon Sulaymon oʻgʻli, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli va Abdulla Qodiriylarning vazifalari, bajargan ishlari keng tarzda eʼtirof etiladi. Bunda Abdulla Avloniyning maktabdorlik, darslik yaratish boʻyicha saʼy-harakatlari eʼtirofga olingan boʻlsa, Mahmudxoʻja Behbudiyning teatr, sanʼat a teatr sohasiga oid ilmiy asarlar, badiiy asarlari bilan keng tarzda oʻziga xoslikni tashkil etadi. Abdulla Qodiriy esa oʻzining sheʼriy asarlarida va badiiyatida jadidchilikka oid qarashlarni namoyon etar ekan, xalqqa nisbatan tanqidiy qarashlarini ham sheʼriy ham badiiy ham publitsistik ruhda bayon etadi. Abdulla Qodiriyning “Ahvolimiz” nomli sheʼrida bugungi kunda yaʼni oʻsha davr muhitidan kelib chiqib, davr kayfiyatidan kelib chiqib kishilarning gʻaflatda qolmaslikka, yaʼni rivojlanishga chorlashi yuzasidan chaqiriqlar mavjud. Bunda “Ahvolimiz” deb nomlanishi ham sheʼrning mana shu kayfiyatini bildiradi. Aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Choʻlpon, Fitrat va shu kabi jadidchilarning boshlagan ishlari, ilmiy salohiyati va badiiy mahorati bugungi kun oʻzbek adabiyotida, nafaqat oʻzbek adabiyoti balki, dramaturgiya sohasida ham tarixiy ildizlarni, tarixiy rivojlanish bosqichlarini boshlab berib, bugungi kunda koʻp sohalarning tarixi mana shu kishilar bilan bogʻliq hisoblanadi. “Ahvolimiz” sheʼrida Abdulla Qodiriy jamiyat hayotida sodir boʻlayotgan ishlar va ularga kishilarning befarq ekanligi, aksincha eski odatlarni yoqlagan holatda yangi usul maktablari taraqqiyot bosqichiga chorlovchi islohotlarga befarq qarab turgan kishilarni qoralaydi va bugungi ahvolimizga bir boqing, ey yoronlar, degan chaqiriq ostida “Ahvolimiz” sheʼrini bayon etadi va bunda xalqning ilmsizlik yoʻlida koʻp ezilishi dunyo hamjamiyatida roʻy berayotgan taraqqiyot ishlaridan ancha chetda qolishi keng tarzda ifodalanadi. Bu borada bizning qalb koʻzlarimiz koʻrdur,gʻaflatda qolib ketayotganligimizning boisi shundan dur, kabi gʻoyalar bilan Abdulla Qodiriy sheʼriy misralariga jon kirgizgandek boʻladi. Oʻgʻillarimiz, qizlarimiz bugun odob olmasa, bilim olmasa, kelajakda ular beodoblikda na fan, na bir yaxshi soʻzlash odobiga ega boʻlurlar va ularning ertangi kuni qanday boʻlmogʻi mumkin ekanligi yuzasidan choralar koʻradi va fikrlar ketma ketligiga duch keladi. “Abdulla Qodiriy fikr ifodasining qisqa va aniqligini, kam soʻz bilan koʻp maʼno berish yoʻsinini qadrlab, yozishda ortiqcha soʻz va jumlalarni qisqartirishdan saboq beradi; yozganini yolgʻiz odamning oʻzigina tushunib, boshqa
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning jadidchilik harakatidagi o‘rni, uning asosiy maqsad va g‘oyalari, shuningdek, bu harakatning o‘zbek jamiyatiga ta’siri yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Abdulla Qodiriyning jadidchilik harakatidagi o‘rni, uning asosiy maqsad va g‘oyalari, shuningdek, bu harakatning o‘zbek jamiyatiga ta’siri yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’rifatchilik, “O‘tkan kunlar”, o‘zbek adabiyoti, jadidchilik, islohotlar, mustamlaka., modernizatsiya, Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014