Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ISTE’FO” QISSASIDA OILA MASALASI
Abdualimov Behzod Xudoyberdi o‘g‘li · Kalit so‘zlar: Saidmurod Elomonov · Xudoyor Qo‘shshayev
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Murod Muhammad Do‘stning “Iste’fo” qissasidagi oila mavzusi tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Saidmurod Elomonov, Binafshaxon, Xudoyor Qo‘shshayev, Galatepa, mansab, lavozim, oila, sevgi. Murod Muhammad Do‘st nomi tilga olinganda, birinchi, o‘rinda uning “Lolazor” romani ko‘z oldimizga keladi. Undagi Nazar Yaxshiboyev va Oshno obrazlari barchamizga tanish. Ko‘pchilik M. M. Do‘st desa, faqat “Lolazor” romani bilan cheklanadi. Lekin uning uchta qissasi ham borki, qancha gapirsa, shuncha arzigulik. Bu qissalarda ham o‘tgan asrdagi voqealar qalamga olingan bo‘lishiga qaramay, ulardagi ko‘tarilgan g‘oya hozirgi kunga ham daxldordir. Qisqa qilib aytganda, bu asarlar yoshi ulug‘ bo‘lsa-da, “qarimaydigan” asarlardan. Bu maqolada ana shu qissalardan biri – “Iste’fo” qissasi haqida to‘xtalamiz. Asar markazida Saidmurod Elomonov obrazi turadi. Elomonov – ko‘p yillardan buyon mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan “katta”lardan biri. U ishida, lavozimida halol ishlaydi. Xalqning haqqiga xiyonat qilmaydi. Lekin biladiki, u ishlayotgan lavozim uning sohasiga umuman to‘g‘ri kelmaydi. O‘sha davrdagi tuzum tufayli u o‘zi istagan hayotda yasholmadi, o‘zi sevgan ishda ishlolmadi. Chunki o‘sha davrdagi sovet mafkurasining talabi ham shunday edi: aqlli bo‘lishi kerak emas, aytilgan buyruqni bajarsa bo‘ldi. Qahramonimiz ham ana shunday amaldorlardan. U amal pillapoyalaridan odimlayverib, shu joyga yetib keldiki, ortiga nazar tashlab, faqat pushaymondan boshqa narsani his qilmadi. Hammasiga o‘sha mansab aybdor. Yoshligida bu narsalardan uni ko‘pni ko‘rgan rais Raim G‘aybarov ogohlantirgan edi: “Sen shu kichikroq amalingda turganing ma’qul, Saidmurodboy, burgut osmon bag‘irlab uchadi, chumchuq – yer bag‘irlab, changaling yumshoq ko‘rinadi, otang Zamonboy anchayin cho‘pon bo‘lsayam, sinchiligi bor edi, senda u siyoqdan yo‘q, oz- moz o‘rganganing bilan, asli, ko‘ngli bo‘sh yigitsan, hozir-ku baharnav, lekin kattaroq amalga minsang, ko‘p odamning taqdiriga esh bo‘lasan, ana o‘shanda, birov senga rost gapirmay qo‘yadigan mahal nima qilasan, oqni qoradan o‘zing ajratib olaringga chog‘ing yetadimi?” Keyinchalik bu bashorat to‘g‘ri chiqadi. Elomonov ishongan, uni “o‘rtoq Elomonov, agar shu el omon bo‘lsa, Saidmurod Zamon o‘g‘li zamon turguncha turadi” deb ko‘klarga ko‘targan Xudoyor Qo‘shshayev uning obro‘yini bir pul qiladi, shogird deb bilganlari uni mensimay qo‘yishadi. Lekin eng yomoni qo‘l ostidagi https://scientific-jl.com/ 2 9 4 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi muovin Qo‘shshayevning qilmishlari edi. Chunki Qo‘shshayev Elomonovning mansabidan foydalanib, uning nomidan pora olib keladi, kolxozda xalqning pulini yeb yuboradi. Traktorchi Samadov kolxozdagi jinoyatlar haqida aytganda ham Qo‘shshayevning yolg‘onlariga chuv tushadi. Elomonov bu ishlarga chiday olmaydi, sababi uni yordamchisi maymun qilib o‘ynatgan edi. Oxir oqibat iste’fo berishga qaror qiladi. Keyingi berilgan lavozim – gazeta tahririyati rahbarligi ham unga mos emas. Chunki uning asl mutaxassisligi irrigator, suvchi, edi. Lavozimi pasaygan vaqtda hammaning haqiqiy qiyofasi ochiladi. Biladiki, hamma shu vaqtgacha uni aldagan, laganbardorlik qilgan. O‘zi aytganidek, shogirdlari, aslida, “shotirlar” ekan. O‘shanday og‘ir vaziyatda inson o‘ziga suyanch, yupanch izlaydi. Tabiiyki, bu suyanch uning oilasi, turmush o‘rtog‘i bo‘ladi. Lekin Elomonov izlagan suyanch Binafshaxondan topilmadi. Undan eshitgani faqat ta’nalar bo‘ldi. Chunki Binafshaxon Elomonovga mansabi tufayli tekkan, shu sababli ham uni er hisoblardi. Elomonovda ham ayb bor: u ham Binafshaxonning shoiraligiga uchgan, tushunsa-tushunmasa, she’rlariga qarsak chalgan. Oilaning ustuni bo‘lmish sevgi, hurmat bu oila uchun asos bo‘lmagan. Bu oila uchun mansab, lavozim, mashhurlik birinchi o‘rinda edi. Asardagi bu parchaga e’tibor beraylik: “ –…To‘g‘ri, sizning gapingiz ko‘proq inobatga olinadi, lekin oilaviy masalani siyosatga eltib taqash… Endi bu ishingiz ma’qul emas-da, xonim!.. – Yaxshi-yomonni o‘zim bilaman! – dedi Binafshaxon battar qizishib. – Qo‘ying, xonim. Keling, odamga o‘xshab gaplashaylik… – Hali men sizga odam bo‘lmay qoldimmi? –Endi, gapni hadeb buravermang-da, xonim, – dedi Elomonov. – Albatta, siz ham teng huquqli odamsiz. Shuncha yil ahil-inoq yashab, bugun… Og‘ziga kuchi yetgan ham bor, yetmagan ham. Ilgari menga bunday ilkis gapirmasdingiz. Sizga nima bo‘ldi, ayting? Elomonov xotiniga yaqin borib, tirsagidan tutdi. Ko‘zlariga tik boqdi. So‘ng Binafshaxonning bilagidan o‘pmoqchi bo‘lib, lab juftladi. Binafshaxon qo‘lini siltab tortdi. Elomonov boyagi alfozda – qaddi sal bukik, lablari cho‘chchaygancha qolaverdi. Alami keldi, zarracha qadrim yo‘q ekan-da, deb o‘yladi”. Bunday oilalar hayotda bo‘lmagan deysizmi? O‘sha davr jamiyatida ham bunday muammoli oilalar bo‘lgan. Hozir yo‘q deysizmi? Hozir ham shunday oilalar bor-ku, boylik yoki mashhurlik tufayli qurilayotgan va tezda ajralib ketayotgan oilalar. Shu joyda asarning g‘oyasiga qaytamiz. As
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Murod Muhammad Do‘stning “Iste’fo” qissasidagi oila mavzusi tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Murod Muhammad Do‘stning “Iste’fo” qissasidagi oila mavzusi tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Saidmurod Elomonov, oila, sevgi., Galatepa, Binafshaxon, lavozim, mansab, Xudoyor Qo‘shshayev
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025