Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI
SAMARALI FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI · Gulchehra Safarovna Pardayeva · Xaqmurodova Amina Dilshodovna (instituti)
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
The article examines the features of using pedagogical technologies in the modern educational process. Positive aspects and problems associated with the use of modern pedagogical technologies in the process of forming knowledge, skills and competencies are highlighted.. Keywords: quality of education, innovation, efficiency, educational goal, scientific approach. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi - xalq farovonligi, yurt tinchligi va obodligi, Vatan taraqqiyotini ta’minlab, jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashdan iborat. Buning uchun mutaxassislar sifatiga qo’yiladigan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali, https://scientific-jl.com/ 2 0 4 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi raqobatbardosh, tanlagan ta’lim yo’nalishi bo’yicha mustaqil ishlay oladigan, mamlakatning ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib hissa qo’shishga qodir, jadal ilgarilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitiga moslasha oladigan, yuksak madaniy va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lgan kadrlar tayyorlash zarurligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Har bir mamlakatning taraqqiyotida ta’lim tizimi muhim omil hisoblanadi. Globallashuv sharoitida mamlaktalarning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti ta’limning sifati yuqori bo’lishini, innovasion ta’lim texnologiyalaridan yanada keng foydalanishni talab etmoqda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimiga doimo e’tibor qaratishni obyektiv zaruriyatga aylantirmoqda. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Umuman pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi ta’limda yuqori natijaga to’liq erishishni ifodalaydi. O’tgan asrdan buyon foydalanilib kelinayotgan pedagogik texnologiya tushunchasiga har xil ilmiy yondashuvlar asosida ta’riflar keltirilgan. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif quyidagicha ifodalangan: Pedagogik texnologiya - texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi.” [3] Pedagogik texnologiya tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo’lsada,uning asosiy maqsadi ta’limda berilayotgan bilimlarni ta’lim oluvchilar tomonidan puxta o’zlashtirishi asosiy maqsadi hisoblanadi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi kabi tomonlarni qamrab olsada, u murakkabligi va dolzarbligi bilan ajralib turadi. Unda doimo maqsadni mavjudligi va unga turli usullar orqali erishish mumkinligi ushbu jarayonning murakkabligini ifodalasa, innovasion iqtisodiyotga o’tish sharoitida esa dolzarbligi oshmoqda. Har bir jarayonning natijasi bo’lgani kabi ushbu jarayoning tarkibiy elementihisoblangan natija maqsadga erishish darajasini anglatadi. Umuman pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati ta’limda ta’lim oluvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishishdir. Yaxlit holda esa barkamol insonni shakllantirish faoliyatini ifodalaydi. Ta’limda berilayotgan bilimlarni talabalarning aksariyat ko’pchilik qismi puxta o’zlashtirishi pedagogik texnologiyani joriy etishning asosiy maqsadi hisoblanadi[3]. Pedagogik texnologiyani qo’llashda muhim komponentlaridan ta’lim berish usuli, ta’lim shakllari, ta’lim vositalaridan keng foydalaniladi. Ta’lim berish usuli - belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo’li bo’lib uni quyidagicha tasniflash mumkin:ma’ruza, hikoya, tushuntirish, namoyish, ko’rsatish, videousul, mashq, laboratoriya usuli, amaliy ish usuli, kitob bilan ishlash, suhbat, bahs, aqliy xujum, pinbord, o’quv loyihalar usuli, https://scientific-jl.com/ 2 0 5 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi keys-stadi va h.k. Ta’lim shakllari esa quyidagicha guruhlanadi: ommaviy ish, jamoaviy ish, guruhli, yakka tartibli. Ta’lim vositalari- o’quv materialini ko’rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta’lim vositalariga ma’ruza matni, texnika vositalari, model,mulyajlar, yozuv taxtasi, grafoproyektor, ish varaqasi, eslatma, chizma, sxema va boshqalar tegishli bo’ladi. Demak pedagogik tizimning tarkibiy elementi hisoblangan pedagogik texnologiya ushbu jarayonni natijasini - ya’ni mashg’ulotning maqsadini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Mashg’ulotlar jarayonida jarayonida pedogogik texnologiyalarning samarali joriy etilishi ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyat yuritishiga olib keladi. Yuqoridagilardan xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, ta’limning barcha bo’g’inlarini shunday tashkil etish kerakki, u ta’lim oluvchilarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrla
Доказательный фрагмент
«The article examines the features of using pedagogical technologies in the modern educational process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the features of using pedagogical technologies in the modern educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- quality of education, innovation, efficiency, educational goal, innovasiya, Kalit so’zlar:ta’lim sifati, ta’lim maqsad, samaradorlik, ilmiy yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025