К содержанию
РецензированоUZ2026

INTELLEKTUAL MULK HUQUQI: TOVAR BELGILARINING HUQUQIY MUHOFAZASI

Ismoilov Mavlonbek Matyoqubovich

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada intellektual mulk huquqi tizimida tovar belgilarining ahamiyati va ularning huquqiy muhofazasi masalalari tahlil qilinadi. Tovar belgilarining biznes va iqtisodiyotdagi roli, ularni himoya qilish usullari, xalqaro va milliy huquqiy normalar asosida berilgan huquqiy kafolatlar hamda muhofaza jarayonida uchraydigan asosiy muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida tovar belgilarining huquqiy muhofazasiga oid asosiy normalar ham tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Intellektual mulk, tovar belgisi, huquqiy muhofaza, biznes, qonunchilik, O‘zbekiston, patent, raqobat, xalqaro huquq, litsenziyalash. Intellektual mulk huquqi zamonaviy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tovar belgisi kompaniyaning o‘z mahsulot va xizmatlarini ajratib turish, iste’molchilar e’tiborini jalb qilish hamda bozor raqobatida ustunlikka ega bo‘lishi uchun muhim vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va uning dolzarb jihatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar davrida intellektual mulk nizolari tushunchasi va xususiyatlari sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi. Onlayn platformalarning ko‘payishi, raqamli ulashishlar qulayligi va internetning global o‘rni bilan intellektual mulk huquqlarining buzilishi yanada keng tarqalgan va hal qilish qiyin bo‘lgan holatga keldi. Aniqroq ma’lumot bersak, Intellektual mulk huquqi – intellektual faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat – patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Ma’lumki, intellektual faoliyat eng tez rivijlanib borayotgan jarayon hisoblanadi. Yuksak sur’atlar bilan davom etayotgan bu jarayon natijasida intellektual faoliyatning yangi mahsullari vujudga kelmoqda. Insonning aqliy faoliyat natijalari https://scientific-jl.com/ 2 3 2 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi takrorlanmas hodisadir, uning kelgusida qanday natija ko‘rsatishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Ijodiy faoliyat (aqliy, tafakkur) intellektual faoliyat bo‘lib, uning natijasida fan, texnika, adabiyot yoki san’at sohasida yangi, ijodiy mustaqil mahsul yaratiladi va ushbu mahsul moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishda o‘z aksini topadi. Intellektual mulk obyektlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:  intellektual faoliyat natijalari;  fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, alomatlarini aks ettiruvchi vositalar;  tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar;  qonunlarda nazarda tutilgan intellektual faoliyatning boshqa natija va vositalari. Intellektual mulk huquqlarining asosiy toifalariga quyidagilar kiradi:  Mualliflik huquqi: Gʻoya ya’ni fikr va maʼlumotning muayyan bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soladigan huquqlar majmuidir. Mualliflik huquqi asarlarini, xususan badiiy, musiqiy, adabiy yoki ilmiy asarlarni, shuningdek, kompyuter dasturlari, maʼlumotlar bazalari va multimedia kontentini himoya qiladi. Mualliflik huquqi ijodkorlarga o‘zlarining asl ijodlari asosida hosil bo‘lgan asarlarni, ijro etish, ko‘paytirish va tarqatishga huquq beradi.  Patentlar: Patentlar yangi, foydali va aniq bo‘lmagan ixtirolar va kashfiyotlarni himoya qiladi. Patent ixtirochiga patentlangan ixtironi cheklangan muddatga, odatda patentga talabnoma topshirilgan kundan boshlab undan foydalanish, sotish yoki litsenziyalash uchun mutlaq huquqni beradi.  Tovar belgilari: Tovar belgilari-bu korxona yoki tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni boshqalardan ajratib turuvchi belgi, nom yoki grafik tasvirdir. Bu belgilar mahsulot sifati, brend obro‘si va iste’molchilarning tanloviga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuningdek, tovar belgilari korxona aktivlari sifatida moddiy bo‘lmagan mulk shaklida iqtisodiy qiymatga ega. Zamonaviy biznes muhitida tovar belgilari kompaniyalarning eng qimmatli aktivlaridan biri hisoblanadi. Ular nafaqat mahsulot va xizmatlarni identifikatsiya qilish vositasi, balki biznesning raqobatbardoshligini taʼminlovchi muhim omil hamdir. Bundan tashqari, tovar belgisi– bu tovar yoki xizmatlarni boshqa shunga oʻxshash tovar va xizmatlardan farqlashga imkon beruvchi belgi hisoblanadi. Tovar belgilari nafaqat korxonalarning marketing strategiyasida, balki intellektual mulk obyekti sifatida huquqiy himoyaga ham ega. https://scientific-jl.com/ 2 3 3 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada intellektual mulk huquqi tizimida tovar belgilarining ahamiyati va ularning huquqiy muhofazasi masalalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada intellektual mulk huquqi tizimida tovar belgilarining ahamiyati va ularning huquqiy muhofazasi masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
biznes, patent, litsenziyalash., raqobat, tovar belgisi, O‘zbekiston, xalqaro huquq, qonunchilik, Kalit so‘zlar: Intellektual mulk, huquqiy muhofaza
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники