К содержанию
РецензированоUZ2026

TERMOBARQAROR BO’YOQLAR OLISHNING BA’ZI ASPEKTLARI

Xoliqova G.Q. · Raximov F.F. · Nurilloyev Z.I.

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada qurilish termobarqaror moddalar va ular asosidagi kompozitsiyalar tayyorlash tartibi keltirilgan. Olingan kompozitsiyalarning bo’yoq sanoatida qo’llanilishi natijasida termobarqaror bo’yoqlar olish imkoniyatlari bayon etilgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan mavjud termobarqaror bo’yoqlarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Termobarqaror bo’yoq komponentlari turlari va ularning termik ko’rsatgichlarini qiyosiy tahlillash orqali kremniyorganik polimer kompozitsiyalardan yuqori samaradorlikka erishish imkoniyatlari bayon etilgan. Kalit so’zlar: temobarqaror bo’yoq, kremniyorganik polimer, siloksan. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan tabiiy resurslar va yangi avlod innovatsion texnologiyalari asosida kimyoviy preparatlar yaratish nazariy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Ishlab chiqarish sifatini oshirish, sifatli xom-ashyolarni ishlab chiqarishga yetkazib berish xalq xo‘jaligining asosiy negizi hisoblanadi. Bu borada sanoat ikkilamchi xomashyolar va chiqindilar asosida turli xossali kimyoviy materiallar yaratish, ekologik muammolarga sabab bo’luvchi sanoat korxonalarining chiqindi kimyoviy pereparatlarini qayta ishlash va ulardan belgilangan xossali materiallar olishda foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Dunyoda sanoat ishlab chiqarishi va xalq xo‘jaligining rivojlanib borishi bilan turli fizik va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan samarali bo’yoqlar, antibakterial xususiyatga ega moddalar va termobarqaror polimer kompozitsion qoplamalarga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Ularni qurilish sanoati, kimyo sanoati, tibbiyot, mashinasozlik, neft va gaz sanoati hamda boshqa sohalarda keng qo‘llash orqali issiqlikka chidamli qurilish materiallari va yong‘in xavfsizligini kamaytirish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Yuqori samarali yong‘inbardosh polimer kompozitsion bo’yoq qoplamalar ishlab chiqarishda mahalliy arzon xomashyolardan sintez qilishning yangi, ekologik xavfsiz va iqtisodiy samarador usullarini ishlab chiqish hamda ularni neft va gaz sanoati, kimyo sanoati, tibbiyotda va qurilish sanoatining turli sohalarida qo‘llash bo‘yicha keng miqyosida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Issiqlikka chidamli bo'yoqlar bilan eng termik jarayonlarda qo’llanilganda 600- 750 oC gacha chidamli bo’lishi va yonish ehtimoli kam bo’lishi zarur. Masalan, ular oddiy uy pechiga qo’llanilganda 600 oC va undan yuqori haroratda deformatsiyaga uchramasligi va yonmasligi talab etiladi. https://scientific-jl.com/ 8 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Issiqlikka chidamli bo'yoqning narxi uning tarkibi bilan belgilanadi. Qo’shiladigan komponent issiqlik xossalariga ta'siri komponentning issiqlik – fizik ko’rsatgichlaridan kelib chiqib belgilanadi. Issiqlikka chidamli bo'yoqning xususiyatlarini ularga boshqa komponentlarni qo'shib o'zgartirishi mumkin. Masalan, bo’yoq tarkibiga qator kiritish bilan kompozitsiyaning quritilishi vaqtini, elastikligini oshirish va material bilan bog’lanish xususiyatini oshirish mumkin. Bo’yoq kompozitsiya tarkibiga alyuminiy kukunining kiritilishi issiqlikka chidamlilik xususiyatlarni oshirishga yordam beradi. Alyuminiy kukunidan foydalanib tayyorlangan bo’yoqlar + 600C gacha haroratga bardosh berishi mumkin. Universal bo'yoqlar turli rangli osortimentlarda ishlab chiqariladi. U asosan bug’ quvurlari, neft va gaz quvurlari, motorlar va boshqa mexanizmlarni korrozion qayta ishlash uchun ishlatiladi. Nafaqat haddan tashqari qizib ketishdan, balki yog’, tokdan izolyatsiyalash, xlor va boshqalarga agressiv kimyoviy ta'sirlardan himoya qiladi. Qurilishda qo’llaniladigan dunyoga mashhur issiqlikka chidamli bo'yoqlar ikki xil variantda - kumushrang va qora ranglarda taklif etadi. Kumushrang bo'yoq alyuminiy kukuni asosida tayyorlanadi va 900 oC gacha haroratga bardosh bera oladi. Issiqlik va atmosferaning agressiv tasiri natijasidagi korroziyadan, shuningdek, pechlar, kamin va mebellarning metall yuzalarni himoya qilish uchun mo'ljallangan. Bunday turdagi bo’yoqdan ham ichki, ham tashqi muhitlarda foydalanish mumkin. Qora issiqlikka chidamli bo'yoqlar maksimal 400 oC gacha issiqlik ta’siri ostida bo’ladigan materiallar yuzalarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ular ichki va tashqi muhitlarda ishlatilishi mumkin. Ushbu termobo'yoqlarni material yuzasiga surtish yoki purkash orqali foydalanish mumkin. Kremniyorganik bo’yoqlar so'nggi paytlarda tobora ommalashib bormoqda. Chunki kremniyorganik birikmalarning yonish darajasi kislorod indeksi yetarli bo’lganda 300 oC dan yuqori hisoblanadi. Hozirgi kunda kremniy organikbirikmalar asosida tayyorlanadigan bo’yoqlar nafaqat pechlar va kaminlarni qoplash, balki, sanoatning turli sohalari, qurilish, issiqlik almashinuv uskunalari va isitish moslamalarini qoplash uchun ham keng miqyosida qo’llanilib kelinmoqda. Silikonlar turli xil suyuqliklar, kauchuklar va qatronlarning katta guruhini tashkil qiladi. Ularning barchasida bevosita yok

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qurilish termobarqaror moddalar va ular asosidagi kompozitsiyalar tayyorlash tartibi keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qurilish termobarqaror moddalar va ular asosidagi kompozitsiyalar tayyorlash tartibi keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: temobarqaror bo’yoq, kremniyorganik polimer, siloksan.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники