Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIMMENTAL ZOTI SIGIRLARINING YELINI SHAKLI VA SIFATINI O‘RGANISH
Mamatov Xurshid Abdirafievich · Bakalavr.Kaljanbaev Sagindik Paraxat uglı · Bakalavr. Ubaydullaeva Gozzal Qalqoraz qızı
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Bu maqolada simmental zoti sigirlarining yelini shakli va sifatini o‘rganish haqqida malumot berilgan. Asosiy texnologik belgilari hayvonlarning tirik vazni, konstitutsiyasining mustahkamligi, mashina sog‘imiga moslashganligi, mahsuldorligi, kasalliklarga chidamliligi, oyoqlari va tuyoqlarining mustahkamligi, serpushtligi, fe’l-atvori va boshqalar kiradi. Kalit so’zlar. Elin shakli,kosasimon,yumaloq,echki elin,kunlik sog’im,zotlar sigirlar soni. Kirish. Sutchilik va burdoqichilik komplekslariga o‘zaro o‘xshash va yuqori mahsuldor, bir xil tipdagi podalar zarur. Sog‘lom sigirlarning o‘rtacha vazni 500-600 kg, sersutligi 4000-5000 kg bo‘lishi kerak. Bu narsa ularni bir xil tipda va darajada oziqlantirish uchun zarur. Sigirlarning mashina bilan sog‘ishga o‘tkazish uchun elini hajmi, shakli, so‘rg‘ichlari bo‘laklarining teng rivojlanganligi, elin indeksi, sut berish tezligi, sog‘im vaqti va boshqa belgilar bo‘yicha tanlash muhim ahamiyatga ega. Tatqiqot maqsadi. Simmental zoti sigirlarining yelini shakli va sifatini o‘rganish. Tatqiqot obe’kti. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Ipak yo‘li maxallasi Temiryo‘l qishlog‘i “K¬-Eldor” fermer xo‘jaligida urchitilayotgan simmental va mahalliy yaxshilangan qoramollarning buqachalari. Tatqiqot natiyjalari. Respublikamizda qoramollarning qora-ola, qizil cho‘l, shvits, bushuev zotlari rejali ravishda urchitiladi. SHu zotlarning ayrim podalarida sigirlar elini shakli va sifatini o‘rganish maqsadida SH.A.Akmalxonov, I.X.Xidirov, E.YU.Karchevskiy, M.T.Rizaev, SH.Akbarxo‘jaev, A.Mustafoev, M.CH.CHutboev, I.I.Golubkin, N.I.Biserova, S.Dustkulov va boshqalar tomonidan tekshirishlar o‘tkazilgan. Bu tekshirishlarda ayrim zotlar va podalarda har xil shaklli elinli sigirlar miqdori har xil bo‘lishi aniqlanadi. (P.Sobirov, A.Kaxarov. S,Dustqulov, 2003) S.Do‘stqulov, F.Isroilovlarning (2003) ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi «Payariq jamoa xo‘jaligida urchitilayotgan qora-ola zotli sigirlarda https://scientific-jl.com/ 7 7 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi kosasimon elinli sigirlar 50,9 % ni, yumaloq elinli sigirlar 39,1% ni va echki elinli sigirlar 10 % ni tashkil qilgan. Samarqand viloyatiga Oxunboboev nomli xo‘jalikda urchitilgan qizil cho‘l zotida kosasimon elinli sigirlar 42,75, yumaloq elinli sigirlar 43,6% va echki elinli sigirlar 13,7% bo‘lganligi aniqlanadi. Shu xo‘jalikda urchitiladigan shvits zotli sigirlarda yuqoridagi elinlar nisbati 40,8; 46,6 va 12,6% bo‘lishi isbotlanadi. 1 -jadval Xar xil zotlarda sigirlarning elin shakli bilan sut mahsuloti orasidagi bog‘lanish. (S.Dustkulov, F.Isroilov ma’lumoti) u c h n 305 kunlik n 305 kunlik n 305 kunlik sog‘im, kg sog‘im, kg sog‘im, kg Qizil -cho‘l 2750 48 2380 15 1900 Semmintal 103 42 2450 48 2032 10 1750 Kosasimon elinli sigirlarning sut mahsuloti yumaloq elinli sigirning sut mahsulotidan o‘rtacha 10-20 foiz va echki elinli sigirlarning sut mahsuloti ko‘payishi elin shaklining qisman yaxshilanishga olib keladi. Ammo sigirlar elin shaklini tezroq yaxshilash uchun elin shakli bo‘yicha to‘xtovsiz tanlash olib borish zarur. Echki va ibtidoiy elinli sigirlarni asta-sekin yaxshi elinli birinchi tuqqan sigirlar bilan almashtirib borish kerak. SHunday qilinganda podalarda sigirlarning elin shakli yaxshilanib boradi. M.K.Narbaeva, CH.S.Sodiqova, SH.E.Qurbonova (2016) Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi "Bosh buloq chorva" naslchilik MCHJ fermasi sharoitida 2014-2016 iillar davomida semmintal zotiga mansub sigirlarning ishlab chiqarish tipi kesimida tajribalar tashkil qilishgan. Buning uchun: sut (I guruh), sut-go‘sht (II gurux) va go‘sht-sut (III guruh) tipiga mansub sigirlardan tegishlicha xar guruhga 10 boshdan tanlab olishgan va laktatsiyaning oxirigacha ularning sut mahsuldorligi va elin ko‘rsatktchlarini taqqoslab o‘rganishgan. Xulosa Ma’lumki sigirlarning sut mahsuldorligi ko‘p jihatdan ularning elinini shakliga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotlarda І –guruhga mansub bo‘lgan sigirlarning 2 boshi vannasimon, 6 boshi kosasimon va 2 boshi esa dumaloq shaklli elinga ega bo‘lgan. Jami https://scientific-jl.com/ 7 8 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi sog‘in sigirlar soniga nisbatan bu ko‘rsatkich tegishlicha: 20,0; 60,0 va 20,0 foizni tashkil qilgan. ІІ –guruhdagi sigirlarda bu ko‘rsatkich: 1 bosh (10,0%), 7 bosh (70,0%) va 2 bosh (20,0%) foizga teng bo‘lgan. ІІІ –guruhdagi ya’ni go‘sht –sut xiliga mansub bo‘lgan sigirlarda vannasimon shaklga ega bo‘lgan elin uchramagan, 7 boshi kosasimon (70,0%) va 3 boshi dumaloq (30,0%) shaklli elinga ega bo‘lgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Солошенко В.А., Инербаев Б.О. Мясной симментал-новое селекционное достижение в Сибири // Зоотехния. 2014. №11. С. 6-8. 2. Швынденков В., Сурундаева Л., Бухарметов А. Продуктивные качества телок симментальской, лимузинской пород и их помесей // Молочное и мясное скотоводство. 2001. №3. С. 19-21. 3. Юдин М. Этологическая характеристика молодняка симменталь
Доказательный фрагмент
«Bu maqolada simmental zoti sigirlarining yelini shakli va sifatini o‘rganish haqqida malumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqolada simmental zoti sigirlarining yelini shakli va sifatini o‘rganish haqqida malumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zotlar sigirlar soni., Kalit so’zlar. Elin shakli, echki elin, yumaloq, kunlik sog’im, kosasimon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026