Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQSUD MAQSUMBEK OʻGʻLI SHAYXZODA (MAQSUD SHAYXZODA)
Boyxurozov Diyorbek Sherzod o‘g‘li
Образовательные инновации и интеграция · 176-178 · 1967
Аннотация
Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan ajralib turardi. Muxtor og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi. Kalit so‘zlar: Shoir, asar, Maqsud Shayxzoda, kitob, she‘r, Toshkent. Yaxshi bilasiz, ziyo degani nur, yorug‘lik, oydinlik demakdir. Haqiqatan ham ziyolilarimiz elga bilim, maʼrifat, madaniyat ulashish, taʼlim-tarbiya berishdek savob ishlarga daʼvat etilgan...” Bu so‘z bilan go‘yo sehrlangan majlis zalida o‘tirganlar gulduros qarsaklar chalib yuborishgan edi. U qisqa hayot kechirdi – 60 yoshga ham to‘lmay, 1967-yil 19-fevral kuni uzoq vaqt davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan ko‘z yumdi. Shayxzoda ijodi eng gullagan paytda, shiraga to‘lgan vaqtda olamdan ketdi. Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. U umrining so‘nggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida so‘nggi sahna asarini yozdi. Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina qolmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Shayxzoda umrining so’nggi kunlariga qadar Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi. U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik qahramoni haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik usullari haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3 qismli maqola, 1965—66), „Gʻazal mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik tarixidan“ (1968) singari yirik ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy, T.G. https://scientific-jl.com/ 1 0 4 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yozdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi. Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim roʻl oʻynadi. U Sh. Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U. Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali, Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi. U sanʼat va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqardi, Oqtosh ziyolilar bilan turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk dafʼa ana shu suhbatlarning birida eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921-yili Boku dorilmualliminiga o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926-yili Adhem Fayziy tashkilotiga aʼzo etilgan “Milliy firqa” tashkilotiga aʼzo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928-yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda ham taʼqiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q. Muhimi shundaki, Shayxzoda “toleʼ doim erkalamaganiga” qaramay, umrining oxiriga qadar o‘zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko‘rsatdi va O‘zbekiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoldi. Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishlaydi. 1929-yili yosh shoirning o‘zbek tilidagi dastlabki sheʼri “Sharq haqiqati” gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi to‘plami “O‘n sheʼr”, keyinroq “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935) kabi to‘plamlari nashr etiladi. Maqsud Shayxzoda “xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang, ozodlik va do‘stlik, baxt va alam, yurtning go‘zal manzaralari va insonning maʼnav
Доказательный фрагмент
«Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi…»
Образец извлечения
Демо-превьюShayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Shoir, Maqsud Shayxzoda, she‘r, kitob, asar, Toshkent.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025