Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING TAHLILI, KELIB CHIQISH SABABLARI
Zingirov Saidolim Jo‘rayevich · Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii (Andijon Davlat Texnika Instituti) · Ro‘ziyev Barxayot Tojiboy o‘g‘Ii (Andijon Davlat Texnika Instituti) · Yo‘l Harakatini Tashkil Etish (Andijon Davlat Texnika Instituti)
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
Yoʻl-transport hodisalari dunyo boʻylab millionlab odamlarning hayotiga taʼsir koʻrsatadigan jiddiy muammo hisoblanadi. Har yili millionlab odamlar yoʻl-transport hodisalari natijasida halok boʻladi yoki jarohatlanadi. Bu muammo nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy va iqtisodiy zararlarga ham olib keladi. Shu sababli, yoʻl-transport hodisalarini oldini olishning huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish yoʻllarini oʻrganish dolzarbligicha qolmoqda. Kalit so‘zlar: transport vositasi, tezlik, piyoda, yo‘l. O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va aholi punktlarida transport harakatining ruxsat berilgan eng yuqori tezlik 70 dan 60 km/soatgacha pasaytirildi. Bunga sabab «Ommaviy axborot vositalarida deyarli har kuni O‘zbekistonning https://scientific-jl.com/luch/ 6 1 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 turli hududlarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqidagi xabarlar quloqqa chalinadi, achinarlisi, ularning aksariyati o‘lim bilan yakun topmoqda. 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash kontseptsiyasi qabul qilindi. U normativ˗huquqiy bazani takomillashtirish, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishni maqsad qilgan. Shunga asosan 2023 yilda, O‘zbekiston shaharlari va aholi yashash punktlarida avtotransport harakat tezligini 70 dan 60 km/s.ga pasaytirish to‘g‘risidagi taklif tasdiqlangan[1-2]. Xorij tajribasidan shuni aytish mumkinki, dunyoda ruxsat etilgan eng yuqori harakat tezligi 70 km/s.ni tashkil etgan mamlakatlar ko‘p emas. MDHning qator davlatlari, Armaniston, Gruziya,Ozarboyjon va O‘zbekiston Respublikasi da aholi yashash punktlarida ruxsat etilgan eng yuqori harakat tezligi 60 km/s hisoblanadi. Ukrainada 2019 yil 1 yanvaridan yo‘llarda o‘lim holatlari sonini kamaytirish choralaridan biri sifatida maksimal harakat tezligi 60dan 50 km/s.ga kamaytirildi. Yevropaning 29 ta mamlakatida harakatlanish tezligi 50 km/s, London shahrida 48 km/s.ni tashkil etadi. Tadqiqotlarga qaraganda, tezlikni oshirish avariya ehtimoli va uning og‘ir oqibatlari bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun, harakat tezligining bir foizga oshishi yo‘l harakati ishtirokchilari o‘limi bilan tugaydigan YTH ehtimolini 4 foizga, jiddiy avariya ehtimolini 3 foizga orttiradi. Transport vositasi urib ketishi natijasida piyodalarning halok bo‘lishi ehtimoli ham keskin ortadi. (65 km/s tezlikda bunday natija ehtimoli 50 km/s tezlikdagiga qaraganda 4,5 barobar yuqori).65 km/s tezlikda harakatlanganda yondan berilgan zarba natijasida haydovchi va yo‘lovchilarning halok bo‘lishi ehtimoli 85 foizni tashkil etadi[3-4]. O‘rtacha tezlikni atigi 5 foizga kamaytirish orqali o‘lim bilan yakun topadigan yo‘l˗transport hodisalarini deyarli 30 foizga kamaytirish mumkin. Boisi, tezlik qancha yuqori bo‘lsa, mashina to‘xtashi uchun shuncha katta masofa kerak https://scientific-jl.com/luch/ 6 2 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 bo‘ladi, bu esa yo‘l˗transport hodisasi ehtimolini oshiradi. Oldinlari quruq yo‘lda 70 km/s tezlikda kelayotgan haydovchi, u yoki bu holatga javoban manyovr qilishi uchun 18-20 m yo‘l bosib o‘tadi, avtomobilni butunlay to‘xtatish uchun esa u 47 m yo‘l bosib o‘tish talab etiladi.Tezlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar ham bor, ular – alkogol, yo‘l trassasi, harakat zichligi va ob˗havo sharoitlari.Tezlikni cheklovchi qonunchilik normalarining qabul qilinishi bilan bir qatorda ularning amalda ishlashini ham ta’minlash, yo‘llarni loyihalash va avtomobil texnologiyalarini tatbiq qilish ham muhim ahamiyatga ega[5-6]. Jahonda yo‘l harakati xavfsizligi holati to‘g‘risidagi Hisobotda 2015 yil 180ta ishtirokchi˗davlatdan 97tasi qonunchiligida shahar hududlarida tezlikni 50 km/s qilib cheklash ko‘zlangan, shunday bo‘lsada, faqat 27 davlat (15 foiz) tezlikni cheklash to‘g‘risidagi qonunlar amalda ishlashi nazorat qilinishiga ijobiy baho berdi (10 ballik tizimda 8 va undan yuqori).Umuman olganda, yo‘llarda xavfsizlik muammosi global xarakterga ega. 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasi kun tartibida keng ko‘lamli vazifa belgilangan. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi hisobotida dunyoda yo‘l harakati xavfsizligi holati (2018 yil) to‘g‘risida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, YTH natijasida o‘lim holatlari soni ortib bormoqda va bu ko‘rsatkich yiliga 1,35 million o‘lim holatlarini tashkil etadi. Hisobotda YTH oqibatidagi jarohatlar 5˗29 yoshdagi bolalar va ayolarning o‘limiga asosiy sabab deb qayd etildi. Yo‘llarda halok bo‘layotganlarning yarmidan ko‘pi «yo‘llarning ojiz foydalanuvchilari»dir Misol uchun, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqish haydovchi va old o‘rindiqlarda o‘tirgan yo‘lovchilar o‘rtasida o‘lim ehtimolini 45˗50 foizga va orqa o‘rindiqlarda ketayotgan yo‘lovchilarning o‘lish va og‘ir jarohat olish ehtimolini 25 foizga kamaytirar ekan. Bolalarni olib yurish uskunalaridan foydalanish esa o‘lim ehtimolini 60 foizga kamaytirishi mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 6 3 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 Shuning uchun yo
Доказательный фрагмент
«Yoʻl-transport hodisalari dunyo boʻylab millionlab odamlarning hayotiga taʼsir koʻrsatadigan jiddiy muammo hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюYoʻl-transport hodisalari dunyo boʻylab millionlab odamlarning hayotiga taʼsir koʻrsatadigan jiddiy muammo hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- avtomobil transporti, Kalit so‘zlar: yo’l-transport hodisalari tahlili, yo‘l
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026