К содержанию
РецензированоUZ2026

ALOHIDA TAʼLIM EHTIYOJLARI BOʻLGAN HAR BIR BOLANING INKLYUZIV TAʼLIM OLISH HUQUQINI TAʼMINLASHGA QARATILGAN CHORA -TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH

Abdumoʻminova Gulmira Aziz qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

ushbu maqolada alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan har bir bolaning inklyuziv taʼlim olish huquqini taʼminlashga qaratilgan chora tadbirlar yoritib beriladi. Zero, imkoniyati cheklangan bolalarni ilm olishi uchun zarur yordam berish biz pedagoglarning zimmasidadir. Mamlakatimizda ayni damda amalga oshirilayotgan jamiki islohotlarning zamirida ,eng avvalo ,kelajak avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, hech kimdan kam boʻlmay baland marralarni zabt etishga qodir farzandlar boʻlib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish yotadi Hozirgi zamon jamiyatida har bir bolaning sifatli taʼlim olish huquqini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir. Inklyuziv taʼlim – bu maxsus ehtiyojga ega bolalarning umumiy taʼlim tizimiga to‘liq jalb etilishini anglatadi va ularning ijtimoiy integratsiyasiga xizmat qiladi. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun davlat, ta’lim muassasalari, jamiyat va ota- onalar hamkorlikda ishlashi lozim. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirish – bu nafaqat ta’lim muassasalarining, balki butun jamiyatning majburiyatidir. Ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni yo‘lga qo‘yish orqali bolalarga teng imkoniyatlar yaratish, ularning jamiyatga to‘liq integratsiyalashuvi va kelajakda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun mustahkam zamin yaratish mumkin. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kelajak avlod uchun inklyuziv va adolatli ta’lim tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.Inklyuziv taʼlim bolaga nima beradi ? Inklyuziv ta’lim bolaga ijtimoiy hayotga moslashish va jamiyatga integratsiyalashish imkonini beradi. Chunki bunday muhitda u: Atrofdagilar bilan muloqot qilishni o‘rganadi. Ijtimoiy ko‘nikmalari rivojlanadi. O‘zini teng huquqli jamiyat aʼzosi sifatida his qiladi. Nogiron bolalar alohida muhitda o‘qiganlarida, ularning jamiyat bilan aloqasi cheklanadi, bu esa kelajakda ijtimoiy hayotga qo‘shilish jarayonini qiyinlashtiradi. https://scientific-jl.com/ 1 4 42-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Inklyuziv ta’lim esa bunday to‘siqlarni yo‘q qiladi.Inklyuziv ta’lim har bir bolaga uning ehtiyoj va qobiliyatlariga qarab ta’lim olish imkonini beradi. Buning uchun: Moslashtirilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.O‘qituvchilar individual yondashuvni qo‘llaydi. Maxsus pedagog va psixologlarning yordamidan foydalaniladi Natijada bola o‘z qobiliyatlarini namoyon qila oladi va ta’lim jarayonidan to‘laqonli foydalana oladi.Inklyuziv muhitda ta’lim olgan bola: O'‘z fikrini erkin ifoda qilishni o‘rganadi. Mustaqil qaror qabul qilishga intiladi. O‘z qobiliyatlariga ishonch hosil qiladi. Bu esa kelajakda uning hayotdagi muvaffaqiyatlarini oshirishga yordam beradi. Agar maxsus ehtiyojga ega bolalar alohida o‘qitilsa, ular jamiyatdan uzilib qolishi mumkin. Ammo inklyuziv ta’lim bu muammoni bartaraf etadi va ularning hayotga tayyorlanishiga yordam beradi.Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: +Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun bilan kafolatlanadi. +Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, unda ularning inklyuziv ta’lim olish huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan. +Maxsus maktablar va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyati huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi. +Umumiy ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus sharoitlar yaratish. +Maxsus maktablar va markazlarda defektolog, logoped, psixolog kabi mutaxassislar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish. +O‘quv dasturlarini imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlariga moslashtirish. +Maxsus maktab-internatlar, reabilitatsiya markazlari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini kengaytirish. +Brayl alifbosi, audio darsliklar, interaktiv ta’lim dasturlari kabi maxsus vositalarni joriy etish.O‘qituvchilar va mutaxassislarni tayyorlash:Inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus kurslar va treninglarni tashkil etish. Defektolog, logoped va maxsus pedagoglarni tayyorlash va ularning sonini ko‘paytirish. Oilaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Imkoniyati cheklangan bolalar ota-onalariga maslahat va metodik yordam berish. https://scientific-jl.com/ 1 5 42-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Jamiyatda inklyuziv ta’lim va nogiron bolalar huquqlari haqida xabardorlikni oshirish. Nogiron bolalarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash uchun madaniy, sport va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish.Inklyuziv taʼlimning rivojlanishi: 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi 225 ta umumtaʼlim maktablari nogironligi boʻlgan bolalar uchun oʻz eshiklarini ochdi. Bu mamlakat tarixida misli koʻrilmagan qadam boʻlib, inklyuziv taʼlimni rivojlanti

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan har bir bolaning inklyuziv taʼlim olish huquqini taʼminlashga qaratilgan chora tadbirlar yoritib beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan har bir bolaning inklyuziv taʼlim olish huquqini taʼminlashga qaratilgan chora tadbirlar yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
imkoniyatlar, shart sharoitlar, Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim ahamiyati, inklyuziv taʼlim haqida qonunlar, bugungi kunda taʼlim .
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники