К содержанию
РецензированоUZ2026

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARINI INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA O‘QITISH BO‘YICHA INDIVIDUAL REJA DASTURLARINI YARATISH VA O‘QUV-METODIK ADABIYOTLARNI MOSLASHTIRISH

Xolmo’minova Madina Ne’matulla qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article examines the development of individual educational plans and the adaptation of instructional materials to involve children with disabilities in inclusive education. It also analyzes the impact of this process on the quality of education, pedagogical approaches, and innovative methods. Kalit so‘zlar : Inklyuziv ta’lim , individual , reja, dastur , integratsiya , diagnostika, metodik ta’minot, taktil materiallar , Braille yozuvlari , differensial yondashuv , audiovizual material , multimediali darslik. Ключевые слова: : Инклюзивное образование , Индивидуальный , План , Программа , Интеграция , Диагностика , Методическое обеспечение , Тактильные материалы , Шрифт Брайля , Дифференцированный подход , Аудиовизуальный материал , Мультимедийный учебник. Keywords: Inclusive education , individual, plan , program, integration, diagnostics,metadologic approach , audiovisual material , multimedia. Bugungi kunda inklyuziv ta’lim tizimi imkoniyati cheklangan bolalarga umumta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatini yaratishning muhim omillaridan biridir. Bunday bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish pedagogik strategiyalarni doimiy rivojlantirishni talab etadi. Inklyuziv ta’limni samarali tashkil qilishda individual reja dasturlarini ishlab chiqish va metodik adabiyotlarni moslashtirish alohida ahamiyatga ega. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda inklyuziv ta’limning ahamiyati ortib https://scientific-jl.com/ 3 1 42-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi bormoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun individual yondashuv asosida ta’lim berish ularning ijtimoiy integratsiyasini ta’minlash va shaxsiy rivojlanishiga yordam berish uchun zarurdir. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida individual reja dasturlarini yaratish va o‘quv-metodik adabiyotlarni moslashtirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qarori Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi NIZOMNING AYNAN 5-bobi ( Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish) da shunday keltirilgan : O‘quvchilar bilan individual ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, maxsus pedagoglar tomonidan ta’lim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son) Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar ochilgan maktablarda o‘quvchilarga individual ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, ularga turli ko‘rinishdagi psixologik yordam berish maqsadida maxsus yordam ko‘rsatish xonalari tashkil etiladi. Maxsus yordam ko‘rsatish xonalari zarur maxsus jihozlar bilan ta’minlanadi. Inklyuziv ta’lim sinflari joriy qilingan maktablarga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi. Talabalarni inklyuziv ta’lim sinflari joriy qilingan maktablarga jalb etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Inklyuziv ta’lim sinflarida o‘quvchilarga oliy ma’lumotli, shuningdek, tegishli qayta tayyorlashdan o‘tgan o‘qituvchi yoki defektologlar tomonidan dars beriladi. Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda o‘quvchilarga defektologiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagoglar, shuningdek, defektologiya (sohasi) bo‘yicha tegishli qayta tayyorlashdan o‘tgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar tomonidan dars beriladi. Har bir o‘quvchi uchun umumiy o‘rta ta’lim dasturi va maxsus (korreksion) ta’lim dasturidan kelib chiqib maktab tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja va mashg‘ulotlar jadvali tuziladi. Bunda o‘quvchining individual psixojismoniy xususiyatlari, qiziqishlari hamda psixologik- tibbiy-pedagogik komissiyaning tavsiyalari inobatga olinadi. O‘quvchilarni o‘qitish metodikasini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi: tyutorning ta’lim jarayonida to‘liq yoki qisman ishtiroki zarurati; yengillashtirilgan individual kun tartibini (topshiriqlar hajmi, hafta davomida qo‘shimcha dam olish kuni va boshkalar) tashkil etish; o‘quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib dars mashg‘ulotlarini tuzish; umumrivojlantiruvchi va fanlar yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarni individual va guruh shaklida tashkil etish; psixolog, maxsus pedagog https://scientific-jl.com/ 3 2 42-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi va boshqa mutaxassislarnin

Доказательный фрагмент

«This article examines the development of individual educational plans and the adaptation of instructional materials to involve children with disabilities in inclusive education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the development of individual educational plans and the adaptation of instructional materials to involve children with disabilities in inclusive education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inclusive education, individual, plan, program, integration, reja, diagnostika, metodik ta’minot, Braille yozuvlari, differensial yondashuv, multimediali darslik., Kalit so‘zlar : Inklyuziv ta’lim, dastur, audiovizual material, taktil materiallar, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники