К содержанию
РецензированоUZ2026

ONKOLOGIK KASALLIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA

Djurayeva Sohiba · Xotamova Lobar

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada onkologiya, onkologik kasalliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Onkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish yoʻllari tahlili keltirilgan. Va shu bilan birga onkologiya faniga hissa qoʻshgan olimlar haqida ham toʻxtab oʻtilgan. Onkologiya (yun.onkos - shish, oʻsma va logost - taʼlimot) tibbiy-biologik fan boʻlib, odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik jihatdan oʻrganadi va oʻsimtalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Onkologiyaning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, ibni Sino, nemis olimi R. Virxov, rus olimlari M.A. Novinskiy, N.N. Petrov va boshqalarning xizmatlari katta. L.A. Zilber oʻsmalarning virus - genetik nazariyasini ishlab chiqdi. Klinik onkologiyaning jadal rivojlanishi xirurgiya, radiologiya, kimyoterapiya, immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida oʻzining shaxsiy eksperimental va klinik tajribalari bilan birga oʻsmalarning kelib chiqishi, belgilari, ularni taniy olish va davolash usullarini ham bayon qilgan. Oʻzbekistonda onkologiya fanining rivojlanishi P.F.Borovskiy, L.D.Vasilenko va boshqa olimlar nomlari bilan bogʻliq. Oʻzbekiston onkologlari tomonidan oʻsmalar bilan birga uchraydigan kasalliklar quyosh nurining oʻsma toʻqimalaridagi almashinuviga taʼsiri, oʻsma kasalliklari epidemiologiyasi va onkologik yordamni tashkil etish, oʻsmalarni rentgenologik, ultratovush va radioizotop usullar orqali aniqlash yoʻllari takomillashtirildi. Dunyoda har yili 16 mln.ga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, Oʻzbekistonda 100 mingdan ziyod bemor onkologik kasalliklar boʻyicha roʻyxatda turadi. Shuni afsus bilan taʼkidlash joizki, 50% idan ortiq holatlarda ushbu kasalliklar kechki, yaʼni uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarda aniqlanmoqda, bunda esa ularni toʻlaqonli davolash mushkul boʻladi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kuniga birgina pomidor yeyish onkologik kasalliklarga sabab boʻluvchi saraton hujayralarining paydo boʻlish xavfini anchaga kamaytiradi. https://scientific-jl.com/ 4 2 42-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bugungi kunda bolalar oʻrtasida ham onkologik kasalliklar koʻp uchramoqda. Ular ichida gemablastozlar qariyb 40% ini tashkil etadi. Shuningdek, markaziy asab tizimi oʻsmalari, neyroblastomalar, buyrak, suyak, yumshoq toʻqimalar, quloq, tomoq, burun, jigar va jinsiy aʼzolar xavfli oʻsmalari uchrab turadi. Insonlarda buning oldini qanday olish mumkin? degan savol tugʻilishi tabiiy. Bolalarda onkologik kasalliklar yuzaga kelishida embrional omillar asosiy oʻrin tutadi. Bolalarda xavfli oʻsma kasalliklarining oldini olish uchun, avvalo, ota-ona sogʻlom boʻlishi, oilada sogʻlom muhit yaratilishi, inson zararli illatlardan xoli boʻlishi, shuningdek, ekologik muhit musaffoligi juda muhim hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, kasallikni davolagandan koʻra, uning oldini olish oson. Xasta boʻlmasdan turib har bir inson onkolog - shifokorga profilaktika uchun hech boʻlmaganda 1-2 yilda bir marta uchrasa maqsadga muvofiq boʻladi. Shunda inson salomatligi bilan bogʻliq koʻpgina nohush holatlarning oldi olinadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1. D. Oʻrazbayeva "Onkologiya sohasida psixologik xizmat" uslubiy qoʻllanma. 2. Y.M.Fayziyev, E.H.Eshboyev "Umumiy va tibbiy psixologiya". 3. X.Q.Shodmonov, X.Sh.Eshmurodov, O.T.Tursunova "Asab va ruhiy kasalliklar". 4. https://uza.uz internet sayti. 5. https://uz.wikipedia.org internet sayti. https://scientific-jl.com/ 4 3 42-son_1-to’plam_Aprel -2025

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada onkologiya, onkologik kasalliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada onkologiya, onkologik kasalliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oʻsma, ibn Sino, radiatsion, nazariy, Gippokrat, klinik, kimyoviy., saraton, gemablastoz, KALIT SOʻZLAR:onkologiya, eksperimental
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники