К содержанию
РецензированоUZ2026

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO’LGAN BOLALARNI O’QITISH UCHUH INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI TASHKIL ETISH, UMUMTA’LIM MUASSASALARINI MAXSUS MOSLAMALAR (KO’TARISH QURILMASI, PANDUS, TUTQICH VA BOSHQALAR), SHUNINGDEK TEGISHLI KADIRLAR ( MAXUS PEDAGOG, BOLALAR

Xo’jamurodova Nasiba · Djurayeva Sohiba

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Inklyuziv ta’lim-bu barcha bolalarning, jumladan, alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarning ham bir xil maktab va sinfxonalarda, teng sharoitlarda ta’lim olishni ta’minlaydigan yondashuvdir. Shuningdek, alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bollarni o’qitish zamonaviy ta’limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Inklyuziv ta’lim yondashuvi ushbu bolalarni umumiy ta’lim muassasalariga jalb qilish va ularga teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Ammo, inklyuziv ta’lim samarali bo’lishi uchun muassasalar maxsus moslamalar bilan ta’minlanishi, shuningdek, malakali kadrlar bilan to’ldirilishi lozim. Kalit so’zlar: Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar, inklyuziv ta’lim tizimi, umumta’lim muassasalari, maxsus moslamalar, maxsus pedagog, mutaxassislar. Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar kelajak avlodning barkamol bo’lib ulg’ayishi, hech kimdan kam bo’lmay dunyoni zabt etishi kabi muhim masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, yetim va ota-ona qaramog’isiz qolgan, nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida O’zbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni bo’lgan kishilarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta’minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun uzviylik va uzluksizligini ta’minlash borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan inklyuziv ta’limni ham joriy etish ham ma’lum bir rejalarni amalga oshirishning asosidir. Ushbu ta’limning hayotga tadbiq etilishidan maqsad jamiyatdan https://scientific-jl.com/ 1 3 7 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi chetda qolayotgan, o’z o’rnini topishga qiynalayotgan, o’z qobig’iga o’ralib, dunyo yutuqlaridan bexabar qolayotgan, jamiyatning ma’lum masalalarini hal etishdan yiroqda bo’lgan insonlarni jamiyatda o’z o’rinlarini topishga ko’maklashishdan iboratdir. Bu borasida Suleymenova R.A fikricha Agarda nogiron bollarning o’z jamoalari va butun jamiyat ijtimoiy hayotiga jalb etishimkoniyatlari rad etilsa ularning imkoniyatlari keskin kamayadi. Degan fikrni bildirdi [BMT 1975-yilda «Nogiron shaxslar huquqlari to’g’risida»gi Deklaratsiya 21-bet]. Ushbu fikrlar ham alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan bolalarning jamiyatdan uzilgan holda barcha imkoniyatlarini nomoyon qilgan holda yashay olmasligini isbotlaydi.Inklyuziv ta’limning maqsadi esa bu kabi kamchiliklarga barham berishdan iborat. Albattta,bu ishlarni amalga oshirish oson emas. Inklyuziv ta’limga jalb qilingan bolalar uchun ularning qay taraflama yordamga muhtojligiga qarab ular uchun kerakli barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Ular uchun moslashtirilgan holda dastur hamda rejalar tuziladi o’quv jarayonlari ham ularga moslashtiriladi. Qaysi azosida nuqsoni (ko’rish, eshitish,tayanch-harakatida, nutqida va hokazo) mavjudligiga qarab maktab maxsus moslamalar bilan jihozlantiriladi.Ularning ta’lim jarayonini o’zlashtirishda yordam berish maqsadida maxsus pedagog va psixologlar bilan ta’minlanadi. Inklyuziv ta’lim sinflarida o’quv ta’lim jarayoni quyidagicha tashkil etiladi:inklyuziv ta’lim sinflaridajami o’quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. Ushbu sinflarda umumiy o’rta ta’lim dasturlari bo’yicha ommaviy tarzda o’qiyotgan o’quvchilar bilan birga maxsu(korreksion)dasturlar asosida o’qiyotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan o’quvchilar soni 3 nafardan oshmasligi kerak. Inklyuziv ta’lim sinflariga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi o’quvchilar qabul qilinadi. Maktablarda inklyuziv ta’lim sinflari soni parallel sinflarda ikkitadan ortiq tashkil etilmaydi. Inklyuziv ta’lim sinflarda o’qitish va tarbiyalash jarayoni o’quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. O’quvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning o’ziga xosligini hisobga olgan holda davlat ta’lim standartlariga muvofiq baholanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quv rejasi va dastur asosida maxsus korreksion tuzatish usullaridan foydalanilgan holda olib boriladi. Inklyuziv ta’lim sainflarining o’quvchilariga individual ta’lim adsturlarini o’zlashtirishga yordam ko’rsatish maxsus pedagoglar va tyutorlar tomonidan amalga oshiriladi. Har bir inklyuziv ta’lim sinflari ochilgan maktab uchun alohida maxsus pedagog shtat birliklari ajratiladi. [26-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining https://scientific-jl.com/ 1 3 8 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi ,29.12.2023-y,09/23/705/1000-son] O’quvchilar bilan individual ta’lim dasturlarini o’zlashtirish ,maxsus pedagoglar tomonidan ta’lim jarayonidagi barcha darslarda , sinfda tashqari boshqa ta

Доказательный фрагмент

«Inklyuziv ta’lim-bu barcha bolalarning, jumladan, alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarning ham bir xil maktab va sinfxonalarda, teng sharoitlarda ta’lim olishni ta’minlaydigan yondashuvdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Inklyuziv ta’lim-bu barcha bolalarning, jumladan, alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarning ham bir xil maktab va sinfxonalarda, teng sharoitlarda ta’lim olishni ta’minlaydigan yondashuvdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar, maxsus pedagog, inklyuziv ta’lim tizimi, umumta’lim muassasalari, Kalit so’zlar: Inklyuziv ta’lim, maxsus moslamalar, mutaxassislar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники