К содержанию
РецензированоUZ2026

TARBIYASI OG’IR O’QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA PSIXOKORREKSION FAOLIYATNING O’RNI

PSIXOKORREKSION FAOLIYATNING O’RNI · Ahmadjonova Mohidil Saminjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan psixokorreksion ishlarda qo‘llaniladigan psixologik yondashuvlar, metodik vositalar va ularning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. O‘quvchi xulqidagi og‘ishlarni aniqlash, ularning psixologik va ijtimoiy ildizlarini aniqlash hamda shaxsiy xususiyatlariga mos individual korreksiya yo‘llarini ishlab chiqishning dolzarbligi asoslab beriladi. Xususan, "Men" timsolining shakllanishi, o‘z-o‘zini anglash, salbiy xulq-atvorni ijobiy yo‘nalishga o‘zgartirishda trening va guruhli mashg‘ulotlarning afzalliklari yoritilgan. “Tarbiyasi qiyin o‘smir” metodikasi asosida olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligi psixologik diagnostika va o‘quvchi shaxsini har tomonlama tahlil qilish orqali aniqlanadi. Maqola amaliyotchi psixologlar, pedagoglar hamda defektologlar uchun metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar, psixokorreksiya, og‘ishgan xulq, "Men" timsoli, psixologik yordam, ijtimoiy normadan og‘ish, trening, shaxsiy rivojlanish, metodik yondashuv, deviant xulq, o‘smir psixologiyasi, korreksion faoliyat. Hayotning murakkab va nozik tabiatini anglash – tarbiyaviy yondashuvlar asosidir. Hayot — o‘zining rang-barang jilolari bilan billurga o‘xshaydi; u e’tibor va parvarish talab qiladi. E’tiborsizlik yoki loqayd munosabat esa bu nozik tuzilmaning darz ketishiga olib kelishi mumkin. Bugungi globallashuv va raqobat muhitida yosh avlodning sog‘lom, har tomonlama barkamol bo‘lib kamol topishi, ularning milliy qadriyatlar, urf-odatlar hamda umuminsoniy axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Zamonaviy jamiyatda axloqiy tanazzul, tajovuzkorlik, huquqbuzarlik, zararli odatlarga berilish kabi salbiy holatlarning keng tarqalayotgani ijtimoiy hayotning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu holatlar, ayniqsa, o‘smirlar va yoshlar orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Shu sababli psixologlar, pedagoglar, sotsiologlar, shifokorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda boshqa mutaxassislar tomonidan ushbu muammo ustida uzoq yillardan buyon izlanishlar olib borilmoqda. Deviant xatti-harakatlar, ya’ni me’yorlardan og‘ishgan xulq-atvor, shuningdek, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar muammosi fanlararo tahlilni talab etadigan, murakkab va ko‘p https://scientific-jl.com/ 1 1 44-son_4-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qirrali sohaga aylanib bormoqda. “Og‘ishgan xulq” tushunchasining “ijtimoiy me’yor” atamasi bilan chambarchas bog‘liqligi ushbu mavzuni yanada murakkablashtiradi. Chunki ijtimoiy me’yorlarning o‘zi jamiyatdan jamiyatga farq qilishi mumkin bo‘lib, har bir shaxsning rivojlanish darajasi va xulqiy ko‘rsatkichlari o‘ziga xosdir. Shu bois, “absolyut me’yor” degan tushuncha real hayotda mavjud emas, bu esa tarbiya jarayonida individual yondashuv zarurligini anglatadi. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimida o‘quvchilar bilan ishlashda turli individual xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar uchraydi. Jumladan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash pedagogik faoliyatning eng murakkab va mas’uliyatli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunday o‘quvchilar bilan samarali ishlash nafaqat didaktik bilim va metodik yondashuvlarni, balki chuqur psixologik tayyorgarlik, maxsus pedagogik texnika va ko‘nikmalarni talab etadi. Tarbiyasi qiyin o‘smirlarning xulq-atvorini korreksiya qilish vazifasi pedagog oldiga keng ko‘lamli, tizimli yondashuvni qo‘yadi. Chunki bunday bolalar bilan ishlashda muammoni faqat o‘qituvchi emas, balki maktab psixologi, ijtimoiy pedagog, ota-onalar va boshqa ijtimoiy institutlar hamkorlikda hal etishi zarur. Bu jarayon o‘smir shaxsining ichki tuzilmalari, oila muhiti, ta’lim muassasasining tashkiliy modeli va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning murakkab tizimidan iboratdir. Bir tizimdagi har qanday o‘zgarish boshqalarda ham bevosita yoki bilvosita o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Pedagog va psixologning tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarda “men- konsepsiyasi”ni shakllantirish va korreksiya qilishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyati samaradorligi, birinchi navbatda, ularning kasbiy pozitsiyasi, yondashuv uslubi hamda nazorat va munosabatning individual xarakteriga bog‘liq. Bu esa o‘quvchiga nisbatan empatiya, sabr-toqat va ishonchli muloqot vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash qadimdan dolzarb muammo sifatida ko‘rilib keladi. Bu borada ko‘plab olimlar – masalan, N.P. Dubinin, B.F. Sergeyev va boshqalar – insonning genetik xususiyatlari, tug‘ma kasalliklar va fiziologik omillar uning xulq- atvoriga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydilar. Shu bilan birga, tashqi muhit, ya’ni ommaviy axborot vositalarining (televizor, kompyuter, internet) salbiy ta’siri, oiladagi ziddiyatlar, katta yoshdagilarning e’tiborsizligi kabi omillar ham muammoning yuzaga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda yondashuvlar ko‘p qirrali

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan psixokorreksion ishlarda qo‘llaniladigan psixologik yondashuvlar, metodik vositalar va ularning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan psixokorreksion ishlarda qo‘llaniladigan psixologik yondashuvlar, metodik vositalar va ularning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixokorreksiya, og‘ishgan xulq, Kalit so‘zlar: Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники