К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTAB PSIXOLOGI ISHIDA XULQI OG‘ISHGANLIKNI DIAGNOSTIKA QILISH VA PSIXOKORREKSIYA QILISH USULLARI

Mamajonova Mashhura Xabibulloyevna · Oilaviy ta’sir · Ijtimoiy moslashuv.

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur ishda maktab psixologining xulqi og‘ishgan o‘quvchilarga nisbatan olib boradigan diagnostik va psixokorreksion ishlari haqida so‘z boradi. Maktab psixologi o‘quvchining xulqi va psixologik holatini tahlil qilib, uning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini aniqlaydi va unga mos keladigan ta’lim va tarbiya usullarini ishlab chiqadi. Shuningdek, oilaviy sharoit, o‘quvchining ijtimoiy munosabatlari va psixologik xususiyatlarining ta’siri, shaxsning axloqiy rivojlanishi va uning atrofdagilar bilan aloqalari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchining salbiy xulqini to‘g‘ri yo‘naltirish uchun psixokorreksiya va psixologik maslahatlar yordamida samarali yechimlar taqdim etiladi. Ushbu ish, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va psixologik yordam ko‘rsatish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Kalit so'zlar: Maktab psixologi, Xulqi og‘ishgan o‘quvchi, Psixodiagnostika, Psixokorreksiya, Oilaviy ta’sir, Ijtimoiy moslashuv. Shaxsning og‘ishgan (nome’yoriy) xulqi tushunchasiga aniqlik kiritishdan avval, insonning umumiy psixologik holati va xulq-atvori qanday mezonlar asosida baholanishini aniqlashtirish zarur. Ko‘plab fanlarda inson xatti-harakatlarini “me’yoriy” va “anomal” ko‘rinishlarga ajratish qabul qilingan. Bu holatda, shaxsning normal xulqi deb, umumiy jamiyat tomonidan ma’qullangan, og‘riqli yoki salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan, odatda ko‘pchilikda uchraydigan xatti-harakatlar tushuniladi. Bu ikki tushuncha orasidagi aniq chegara ko‘pincha noaniq bo‘lib, biror xulqni “normal” yoki “og‘ishgan” deb belgilash ijtimoiy madaniyat, urf-odat va statistik ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Masalan, ayrim jamiyatlarda keng tarqalgan, jamoa tomonidan odatiy deb qabul qilingan xatti-harakat boshqa muhitda og‘ishgan yoki noto‘g‘ri xulq sifatida baholanishi mumkin. Shuning uchun bu holatda kontekst va statistik mezonlar muhim o‘rin tutadi. Psixologiyada eng keng tarqalgan me’yor belgilash usullaridan biri — statistik mezon. Bu mezon bo‘yicha populyatsiyada kamida 50% dan ko‘p hollarda uchraydigan xatti-harakat me’yoriy, ya’ni odatiy hisoblanadi. Shu tarzda, juda kam uchraydigan yoki jamiyat tomonidan salbiy baholangan holatlar anomaliya, ya’ni og‘ishgan xulq deb qaraladi. Misol uchun, agar bir jamiyatda katta yoshli aholi orasida https://scientific-jl.com/ 1 6 44-son_4-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi chekish keng tarqalgan bo‘lsa, bu holat u yerda me’yoriy hisoblanishi mumkin. Aksincha, boshqa bir jamiyatda kamdan-kam uchraydigan xatti-harakat nomaqbul yoki og‘ishgan deb qaraladi. Demak, shaxsning og‘ishgan xulqi — bu jamiyat tomonidan qabul qilingan normal me’yorlardan chetga chiqadigan, ijtimoiy, psixologik yoki huquqiy jihatdan muammo tug‘diradigan xatti-harakatlar majmuasidir. Bu turdagi xulq: ijtimoiy me’yorlarga zid bo‘ladi, odatda jamoa tomonidan rad etiladi yoki salbiy baholanadi, ko‘pincha tashqi yoki ichki muammolarning (ruhiy holat, oilaviy muhit, ijtimoiy bosim) oqibati bo‘ladi. Og‘ishgan xulq doirasiga tajovuzkorlik, yolg‘on gapirish, qochib yurish, o‘g‘rilik, doimiy qarshilik ko‘rsatish, zo‘ravonlik, va hatto ayrim holatlarda ijtimoiy jihatdan qabul qilingan, ammo muayyan kontekstda zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar ham kiradi. Shaxs xulq-atvorini statistik va ijtimoiy mezonlar asosida baholash og‘ishgan xulqni aniqlashda muhim vositadir. Statistik mezonlar inson xulqining jamiyatda uchrash chastotasi asosida “me’yoriy” yoki “anomal” (og‘ishgan) deb baholanishini belgilaydi. Biroq har doim ham tez-tez uchraydigan xatti-harakat me’yoriy deb qabul qilinmaydi. 1. Xavf darajasi va ifodalanganlik darajasi Masalan, spirtli ichimlikni me’yorida iste’mol qilish ayrim jamiyatlarda ijtimoiy me’yor sifatida baholanishi mumkin. Ammo bu harakat ortiqcha bo‘lsa, ya’ni suiiste’mol darajasiga yetsa, u og‘ishgan xulq hisoblanadi. Demak, faqat chastota emas, xatti-harakatning hayotga xavfi, shaxsiy va ijtimoiy oqibatlari ham og‘ishganlik mezoni sifatida baholanadi. Shuningdek, agar harakat shaxs yoki boshqalarning hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizligiga bevosita tahdid tug‘dirsa, u chastotasidan qat’i nazar, anormal va og‘ishgan deb baholanadi. Bunda “axloqiy chekka”ga chiqish emas, balki shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan muvofiqlashmasligi muhim bo‘ladi. 2. Og‘ishgan xulq va ijtimoiy moslashuv Og‘ishgan xulq aksar hollarda ijtimoiy moslashuvning buzilishi bilan kechadi. Bunday shaxslar jamiyat me’yorlariga moslasha olmaydi, ya’ni ijtimoiy talab va kutuvlarga javob bera olmaydilar. Ba’zan, moslashmaganlik — og‘ishgan xulqning sababi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin, ba’zida esa bu oqibatdir. Har ikki holatda ham shaxsda disbalansli ijtimoiy mavjudlik kuzatiladi. 3. Tibbiy va psixologik chegaralar Og‘ishgan xulq har doim ham psixik kasallik yoki tibbiy patologiya bilan bog‘liq emas. U tibbiy me’yorlar bilan chegaradosh bo‘lsa-da, mustaqil tibbiy holat emas. Ya’ni bu holat ruhiy muvozanat buzilishining belgisi bo‘lishi mumkin, lekin ruhiy kas

Доказательный фрагмент

«Mazkur ishda maktab psixologining xulqi og‘ishgan o‘quvchilarga nisbatan olib boradigan diagnostik va psixokorreksion ishlari haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ishda maktab psixologining xulqi og‘ishgan o‘quvchilarga nisbatan olib boradigan diagnostik va psixokorreksion ishlari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Maktab psixologi, Xulqi og‘ishgan o‘quvchi, Psixodiagnostika, Kalit so'zlar: Maktab psixologi, Ijtimoiy moslashuv., Psixokorreksiya, Oilaviy ta’sir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники