Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’QUVCHILARNI SOG’LOM RUHIY MUHITDA TARBIYALASHDA MAKTAB PSIXOLOGLARINING ROLI
MAKTAB PSIXOLOGLARINING ROLI · Hamraliyeva Nabirahon A'zamjonovna · Farg'ona biloyati Oltiariq tumani MMTBga
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Bugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq, o’zgаruvchаn zаmоnаviy mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа yangichа yondаshuv zаrurаti mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа kеldi. Endilikdа zаmоnаviy o’quvchi – o’qitishdа аn’аnаviy tа’lim-tаrbiya usullаridаn fоydаlаnib emаs, bаlki ulаrgа mustаqil bilim оlish hаmdа egаllаgаn bilimlаrini tаkоmillаshtirishgа intilish mаlаkаlаrini shаkllаntirishi hаmdа o’rgаtishi zаrur. Ushbu maqolada pedagogikada bol alarning sog’lom ruhiy muhitda tarbiyash usullari tadqiq etilgan. Kalit so’zlar: pedagogika, nutq madaniyati, sog’lom muhit, innovatsiya, pedagogik mahorat, tarbiya, xarakter. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yish har bir inson hayotida muhim burilish nuqtasidir. Bu davr — bolalikning beg‘ubor va erkin onlari asta-sekinlik bilan tartibli va maqsadli hayotga o‘zgaradigan bosqichdir. Endi bola faqatgina oilaviy burchlar doirasida emas, balki shaxsiy rivojlanishi va jamiyat oldidagi mas’uliyatlari yo‘lida ham faol bo‘lishi kerak bo‘lgan davrga qadam qo‘yadi. Bu o‘zgarish bolaning oiladagi roli kamaydi degani emas, aksincha, u yanada muhimlashadi. Endilikda bola nafaqat o‘zining xulqi va harakati bilan oilaviy qadriyatlarni ichki muhitda ifodalaydi, balki tashqi muhitda — maktabda, tengdoshlari orasida va boshqa ijtimoiy munosabatlarda — oilasining obro‘sini ham himoya qiladi. Bola shaxsi shakllanayotgan bu davrda uning o‘zini tutishi, yondashuvi va harakatlari nafaqat o‘zining, balki oilasining qadr- qimmati va tarbiyasi haqida ham guvohlik beradi. Psixologik nuqtayi nazardan qaralganda, har bir inson o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan farq qiladi. Bu farqlilik, avvalo, insonning individual psixologik xususiyatlarida — xarakterida namoyon bo‘ladi. Xarakter – bu shaxsga xos bo‘lgan, uning turli faoliyatlarda va hayotiy sharoitlarda qanday yo‘l tutishini belgilovchi, psixik jihatdan barqaror sifatlar yig‘indisidir. Psixologiyada xarakter — bu shaxsning faoliyat usullarida ifodalanuvchi, ma’lum sharoitlarda doimiy namoyon bo‘ladigan va shu sharoitlarga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi individual sifatlar tizimi sifatida talqin etiladi. Bu fazilatlar bola maktabga qadam qo‘ygan kundan boshlab, har kuni sinovdan o‘tadi: u qanday o‘rganadi, o‘z https://scientific-jl.com/ 2 2 44-son_4-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi tengdoshlariga qanday munosabatda bo‘ladi, ustozlarga qanday hurmat ko‘rsatadi — bularning barchasi uning shaxsiy xarakterini yuzaga chiqaradi. Shu bois, maktab faqat bilim beradigan emas, balki inson xarakterining poydevorini mustahkamlovchi asosiy muhitlardan biri hisoblanadi. Ruhiy muhiti sog‘lom bo‘lgan oilada voyaga yetgan bola uchun maktabga birinchi bor borish hayajonli bo‘lishi mumkin, biroq bu jarayon u uchun og‘ir sinovga aylanish ehtimoli kam. Chunki bunday oilalarda bola emotsional jihatdan barqaror, psixologik tayyor va ijtimoiy jihatdan faol bo‘ladi. Bunday bolalar yangi muhitga nisbatan tezroq moslashadi va yangi sharoitni o‘ziga yaqin qabul qiladi. Maktab — bu umumiy tartib va teng munosabatlar muhitidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchiga teng e’tibor bilan qaraydi, bolalar esa jamiyatning teng huquqli a’zolari sifatida o‘z o‘rinlarini egallashadi. Shu bois, ota-onalar farzandining maktabga borishini ortiqcha e’tiborlantirib, uni erkalatish yoki ortiqcha muhofaza qilishdan saqlanishlari kerak. Maktabga borish — bu bolaning hayotiy yo‘lida tabiiy va zarur bosqich bo‘lib, unga bolaga shaxsiy burch sifatida qarash o‘rgatilmog‘i lozim. Agar bola maktabdagi vazifalarini o‘zining mas’uliyati, shaxsiy burchi sifatida qabul qila boshlasa, bu unda o‘ziga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantiradi. O‘z burchini anglaydigan bola ichki tartib, mas’uliyat va irodaga ega bo‘ladi. Psixologiyada tan olingan haqiqat shuki: o‘zini hurmat qilmagan inson boshqalarni ham hurmat qila olmaydi. Shuning uchun bola shaxsiyatini shakllantirishda uning o‘ziga bo‘lgan munosabati — o‘zini anglash, qadrlash va o‘z ustida ishlashga intilish — juda muhim o‘rin tutadi. Bu jarayonda maktab va oila tarbiyasining yagona yo‘nalishda, o‘zaro hamkorlikda olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Agar maktab va oila bolaga nisbatan bir xil yondashuv, bir xil talab va qadriyatlar tizimini taqdim etsa, bola shaxsiyati uyg‘un, izchil va barqaror rivojlanadi. Aks holda, bola ikki qarama-qarshi muhit o‘rtasida adashib qoladi, bu esa uning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, tarbiyaning har ikki — oilaviy va maktab bosqichlarida ham bir-birini to‘ldiruvchi, izchil yondashuvlar qo‘llanishi lozim. Faqatgina shu yo‘l bilan bola o‘zini hurmat qiladigan, ongli, mustaqil fikrlaydigan va jamiyatda faol ishtirok etuvchi shaxs sifatida shakllanadi. Har bir bolaning o‘ziga xos individual xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning rivojlanishiga psixologik va fiziologik omillar ta’sir qiladi. Bu xususiyatlar orasida qobilyat eng muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u bolaning turli faoliyatlarga bo‘lgan salohiyatini va i
Доказательный фрагмент
«Bugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq, o’zgаruvchаn zаmоnаviy mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа yangichа yondаshuv zаrurаti mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа kеldi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq, o’zgаruvchаn zаmоnаviy mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа yangichа yondаshuv zаrurаti mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа kеldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, innovatsiya, sog’lom muhit, pedagogik mahorat, nutq madaniyati, xarakter., Kalit so’zlar: pedagogika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024