К содержанию
РецензированоUZ2026

AVTOMOBIL YO‘LLARINING RIVOJLANISHIDA BUYUK IPAK YO‘LINING AHAMIYATI

YO‘LINING AHAMIYATI · Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna · Mamadaliev Kamronbek Oybek o‘g‘li · Nurlanaliev Aqjo‘l Talgat o‘g‘li

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanish tarixi, uning hozirgi kundagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatiga ta’siri haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: avtomobil yo‘llari, Buyuk Ipak yo‘li, yo‘l tarmog‘i, yo‘llar, TRASEKA, toifa, loyiha,rivojlanish, avtomobil yo‘li. ANNOTATION This article describes the history of the development of the Great Silk Road and its impact on the current state of the road network. Keywords: roads, Great Silk Road, road network, roads, TRACECA, project, development, road. Miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘lib, milodning XVI asriga qadar faoliyat ko‘rsatgan Buyuk Ipak yo‘li shu davr ichida Sharq va G‘arb xalqlarining keng miqyosdagi o‘zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yo‘l orqali olib borilgan xalqaro savdo aloqalari asnosida yuzaga kelgan an’analar tenglik va taraqqiyot uchun asos bo‘lib xizmat qildi. YuNESKO tomonidan “Buyuk Ikap yo‘li-muloqot yo‘li” dasturining ishlab chiqilishi Yevropadagi 30 dan ortiq stakchi davlatlarning ilmiy-madaniy faoliyati uchun yo‘nalish bo‘ldi. Respublikamiz hududlarida ham ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida ko‘pgina tarixiy-madaniy obidalar, qadimgi yo‘llar va yo‘nalishlar aniqlandi, milliy va ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o‘rganildi. “Buyuk Ipak yo‘li-muloqot yo‘li” dasturining asosiy vazifasi Sharq va G‘arb xalqlari o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatgan hamda rivojlantirgan bu yo‘lni xalqlarning birodarlik, o‘zaro hamkorlik va samimiy muloqot yo‘liga aylantirishdan iboratdir. Buyuk Ipak yo‘li XV-XVI asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar davri boshlangandan so‘ng o‘z-o‘zidan so‘na boshladi, chunki, tuya va otga suyangan karvon G‘arbiy Yevropaning yelkanli kema va karavellalari bilan tenglasha olmas edi. Ammo uning insoniyat taraqqiyotidagi ijobiy roli shubhasizdir. Shu jumladan, Buyuk Ipak https://scientific-jl.com/ 5 5 44-son_4-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi yo‘li Markaziy Osiyoning, va birinchi navbatda, Vatanimiz Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy ko‘tarilishida jiddiy o‘rin tutgan. Buyuk Ipak yo‘lining tarixini o‘rganish – mustaqil O‘zbekiston tarixini o‘rganishning tarkibiy va uzviy qismidir. Mustaqil O‘zbekiston tarixini to‘laqonli qilib yoritmoq uchun Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan davlatlarning qadimiy arxiv materiallarini o‘rganmoq, savdo-tijorat, boshqa mamlakatlardan keltirilgan va boshqa mamlakatlarga jo‘natilayotgan ashyolar ro‘yxatlarini tiklash orqali Vatanimizning Buyuk Ipak yo‘li davrida qo‘shni mamlakatlar va xalqlarga, insoniyat moddiy va ma’naviy madaniyatiga qilgan xizmatini ko‘rsatmoq zarur. Bu-bizning insoniyat va xalqimiz oldidagi burch va vazifamizdir. Buyuk Ipak yo‘li Sharqu G‘arbni bog‘lab turgan, siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan voqelikdir. Uning tarixiy ahamiyatini hisobga olib, birinchi marta Bryussel uchrashuvida Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog‘aydigan «Yevropa-Kavkaz-Osiyo» transport yo‘lagi — TRASEKA ni barpo etish masalasi ko‘rib chiqildi va shu bo‘yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Aytish mumkinki, ayni shu uchrashuv Buyuk Ipak yo‘lini tiklash borasidagi dastlabki amaliy qadam bo‘ldi. Darvoqe, tarixda Mashriqdan Mag‘ribga, Mag‘ribdan Mashriqqa o‘ttan yo‘llar ko‘p bo‘lgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra turlicha nomlangan. Jumladan, «Lazurit yo‘li», keyinroq «Shoh yo‘li», «Buyuk Ipak yo‘li»... Bugun esa — TRASEKA deb atalmoqda. Buyuk ipak yo‘li Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilot (YUNESKO) tomonidan tuzilgan umumjahon merosi ro‘yxatidan joy oldi. E’tiborli jihati, qadimda va o‘rta asirlarda Sharqiy Osiyoni O‘rta Er dengizi bilan bog‘lagan mashhur karvon yo‘li o‘z davrining yirik savdo markazlari sanalgan va bugungi kunda O‘zbekiston hududida joylashgan shaharlar orqali o‘tganini ko‘rsatadi. Buyuk Ipak yo’li dunyoga mashhur Buxoro, Samarqand, Qo‘qon va O‘sh shaharlari orqali Qashqardan o‘tib, yo‘nalishini davom ettirgan. Bu yo‘nalish Yevropa qit’asini Osiyoning okean sarhadlari bilan bog‘laydigan va xalqaro miq’yosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim arteriya hisoblanadi. Hozirda esa “Transkontinental yo‘nalishi” deb nom olgan Buyuk Ipak yo‘lini tiklash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinishidan, transport yo’lagi bo’yicha xalqaro anjumanlarda qatnashib, shartnomalar, bitimlar tuzilishi, ayniqsa “Evropa - Kavkaz - Osiyo” transport yo‘lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan maqsad portlarga, dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va O‘zbekistonning ravnaqiga hissa qo‘shishdir (1-rasm). “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi” ma’lumoti bo‘yicha umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining viloyatlar kesimidagi taqsimoti 1 va 2 - jadvallarda keltirilgan [1]. https://scientific-jl.com/ 5 6 44-son_4-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 1-rasm. Buyuk Ipak yo’lining O‘zbekiston hududida o‘tgan qismi 1-jadval.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanish tarixi, uning hozirgi kundagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatiga ta’siri haqida bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanish tarixi, uning hozirgi kundagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatiga ta’siri haqida bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
roads, Great Silk Road, road network, roads, TRACECA, project, rivojlanish, yo‘llar, avtomobil yo‘li., yo‘l tarmog‘i, TRASEKA, toifa, loyiha, Buyuk Ipak yo‘li, Kalit so‘zlar: avtomobil yo‘llari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники