Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ICHKI YONUV DVIGATELLARINI ASOSLASH
To‘xliyev Azamat Mingboyevich
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This paper presents a systematized method for calculating automobile and tractor engines. The method for heat calculation of internal combustion engine working processes, based on the general principles of thermodynamics and thermochemistry, comprehensively encompasses the physical essence of phenomena occurring in the engine cylinder in a logical sequence. It provides a holistic understanding of the working processes of internal combustion engines. The method is based on examining the theoretical cycle, as the actual cycle taking place in the cylinders of a running engine is not sufficiently described theoretically due to the inadequacy of calculation methods and the complexity of the processes occurring therein. https://scientific-jl.com/ 6 1 44-son_4-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Keywords: Engine, thermodynamics, thermochemistry, cylinder, internal combustion engine, isochoric process, isobaric process, fictive, indicator. Kirish. Termodinamika va termokimyoning umumma’lum holatlarga asoslangan ichki yonuv dvigatellari ishchi jarayonlarining issiqlik hisobi metodi dvigatel silindrida sodir bo‘ladigan voqeliklaring fizik mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yetarli darajada qamraydi va IYOD ishchi jarayoni haqida yaxlit tasavvur beradi. Metod “hisobiy sikl” deb nomlanuvchi siklni ko‘rishga tayanadi, chunki ishlayotgan dvigatelda amalga oshadigan haqiqiy sikl, silindrda kechayotgan jarayonlarning hisobi yetarli darajada takomillashmaganligi tufavli, hozircha uni aniq bayon qilinishining imkoniyati yo‘q. 1.Yonishning real jarayoni izoxora cy va izobara yz bo‘yicha issiqlik fiktiv kiritilishi bilan almashtirilgan issiqlik aralash kiritiladigan hisobiy siklning indikator diagrammasi keltirilgan). 2. Siqish ac va kengayish zb jarayonlari o‘zgarmas ko‘rsatkichli politropa bo‘yicha kechadi. 3. Gaz almashish jarayonlarining ishi nolga teng. Sikl berk bo‘lishi izoxora bo‘yicha kengayish oxirida ba nuqtalar orasida sodir bo‘ladi. 1-rasm. Issiqlik aralash kiritiladigan dizel hisobiy siklining sxemasi. Qolganlari bo‘yicha sikl parametrlari: siqish darajasi, havo ortiqligi koeffitsiyenti, ishchi jism issiqlik sig‘imining haroratga bog‘liqligi va boshqalar real siklga mos keladi. l-rasmda dizel hisobiy siklining sxemasi keltirilgan. Hisobiy sikli haqiqiy jarayonlar soddalashtirilganiga qaramasdan, professor V.l Grinivetskiy metodi hisoblarning amaliyot uchun qoniqarli darajada aniqligini ta’minlaydi. Dvigatelda jarayonlar borishining real sharoitlarini hisobga oluvchi bir qator tajribaviy koeff'itsiyentlarning kiritilishi bilan bunga erishiladi. Bu metod quyidagi asosiy masalalarni yechish imkonini heradi: https://scientific-jl.com/ 6 2 44-son_4-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 1.Hisobiy siklning xarakterli nuqtalarida ishchi jism holati parametrlarning qiymatlarini aniqlash va siklning, haqiqiyga yaqinlashgan, indikator diagrammasini qurish dvigatelni dinamik hisobi uchun asos vazifasini о‘taydi. 2.Alohida jarayonlar kechishining sifatini baholovchi qator parametrlar qiymatlarini aniqlash va ularga real faktorlarning ta’sirini ko‘rsatish. 3.Dvigatelning indikator va effektiv ko‘rsatkichlarini aniqlash, ular mos ravishda gazlarning ishiga aylangan yonilg‘i issiqligining ulushi bo‘yicha dvigatel takomillashganligi darajasini va dvigatelning butunicha effektivligini baholash. 4.Dvigatelning asosiy o‘lchamlari - silindr diametri va porshen yo‘lini aniqlash, bu loyihalanayotgan dvigatelning berilgan qator parametrlarini hisobga olgan holda talab qilingan nominal (to‘liq) quvvat va aylanishlar sonining olinishini ta’minlaydi. 5.Nadduvli dizellar uchun turbinalar va kompressordagi ishchi jism parametrlarini hamda gaz dinamik hisobini bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarni aniqlash, nadduv agregatlari asosiy oqar qismlarini profillash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarni aniqlash. 6.Issiqlik hisobi natijalari tashqi issiqlik balansi bandlarini hisobiy aniqlashning asosida yotadi, ular suv va moy nasoslar va sovutkichlarini, issiqlik yo‘qotilishlarni utilizatsiya qilish uchun qurilmalarni va boshqalarni loyihalash uchun zarur. Issiqlik hisobi, odatda, ishchi jarayoni eng qulay sharoitlarda kechayotgan dvigatelning faqat nominal ish rejimi uchun o‘tkaziladi. Shu bois, alohida ta’kidlash bo‘lmaganda, ishchi jarayonning hamma miqdoriy qiymatlari dvigatelning nominal ish rejimiga taalluqli bo‘ladi. IYODning hisobiy sikli ketma-ket kechadigan beshta: kiritish siqish, yonish, kengayish va chiqarish jarayonlaridan tarkib topadi. Issiqlik hisobining asosiy qismi ham mos ravishda shu tartibda bajariladi Lekin, hisobda qiymatlari tajribaviy ma’lumotlardan tanlab olinadigan qator parametrlardan foydalanilganligi sababli, hisoblashni boshlashdan oldin ushbu parametrlarni asoslash va tanlab olish kerak. Ushbu masalani muvaffaqiyatli bajarish IYOD ishchi jarayoni nazariyasi bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishshni talab qiladi. Bu parametrlar orasidagi o
Доказательный фрагмент
«This paper presents a systematized method for calculating automobile and tractor engines.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis paper presents a systematized method for calculating automobile and tractor engines. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Engine, thermodynamics, thermochemistry, cylinder, internal, ichki yonuv dvigateli, izobora, izoxora, Kalit so‘zlar: Dvigatel, fiktiv, termodinamika, indikator., silindr, termokimyo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026