Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOJXONA TIZIMIDA TRANZIT OPERATSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISH
B/x polkovnigi B. Abduganiyev (Ilmiy rahbar: Bojxona instituti) · G’aniyev Diyorbek (Bojxona instituti 4-kurs kursanti)
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Межстрановые транзитные связи сформировались как один из важнейших экономических и геополитических факторов в истории человечества. Через них издревле осуществлялось движение товаров, людей, информации и культур. Развитие транзитных систем в основном тесно связано с торговыми путями, инфраструктурой, международными политическими отношениями и технологическим развитием. Kalit so’zlar: transport logistikasi, Rim yo’llari, tranzit tashuvlar rivojlanish tarixi, avtomobil transporti, Buyuk ipak yo’li, mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni. Ключевые слова: транспортная логистика, римские дороги, история развития транзитных перевозок, автомобильный транспорт, Великий шелковый путь, экономика страны. Tranzit aloqalarining G‘arbda shakllanishi uzoq tarixiy jarayonlarning mahsuli bo‘lib, qadimgi davrlardan to zamonaviy zamongacha uzluksiz rivojlanib kelgan. Antik davrda Rim imperiyasi tomonidan qurilgan keng ko‘lamli yo‘l tarmoqlari G‘arb dunyosida dastlabki mintaqalararo tranzit tizimining asosini yaratdi. "Rim yo‘llari" deb atalgan bu tarmoqlar harbiy, savdo va ma'muriy maqsadlarda xizmat qilgan bo‘lib, imperiyaning barcha qismlarini bir-biri bilan bog‘lab turardi. Shu tariqa, transport0 va aloqa tizimi iqtisodiy va siyosiy birlashuvni ta'minlagan muhim omilga aylandi. O‘rta asrlarda, feodal tarqoqlik sharoitiga qaramay, tranzit aloqalari o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Yevropada yirik savdo markazlari va yarmarkalar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar mintaqalararo iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirdi. Ayniqsa, Shimoliy Yevropa savdo ittifoqi — Ganza ittifoqi — dengiz va quruqlik tranzitining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Shu davrda Ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arb o‘rtasida amalga oshirilgan savdo ham G‘arbiy mintaqalarda tranzit tizimining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. https://scientific-jl.com/ 2 5 4 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi XV–XVI asrlarga kelib, Buyuk geografik kashfiyotlar davri G‘arbda tranzit aloqalarining yangi bosqichini boshlab berdi. Yangi dengiz yo‘llarining ochilishi natijasida Atlantika okeani orqali Yevropa, Afrika va Amerika o‘rtasida o‘zaro tranzit munosabatlari shakllandi. Portugaliya, Ispaniya, Angliya va Gollandiya kabi davlatlar yangi savdo yo‘llarini egallab, xalqaro tranzit tizimining rivojlanishiga yo‘l ochdilar. XVIII–XIX asrlarda Sanoat inqilobi transport vositalarining keskin rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Temiryo‘llarning qurilishi, bug‘ kemalarining paydo bo‘lishi va yo‘l infratuzilmasining modernizatsiyasi Yevropada tez va samarali tranzit aloqalarini yaratdi. Bu davrda xalqaro savdo hajmi ortdi, shaharlar o‘rtasida muntazam yo‘lovchi va yuk tashish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Temiryo‘l va port infratuzilmalari orqali sanoat mahsulotlari tezda kerakli bozorga yetkazib berila boshlandi. XX asrga kelib, avtomobil transporti va aviatsiyaning rivojlanishi tranzit aloqalarining yangi shakllarini yuzaga keltirdi. Yevropada magistral avtomobil yo‘llari tizimi, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin kengaytirildi. Yevropa Ittifoqi tuzilishi bilan esa a'zo davlatlar o‘rtasidagi tranzit erkinligi kuchaytirildi, chegaralardagi to‘siqlar sezilarli darajada kamaytirildi. XX–XXI asrlarda logistik markazlar, konteyner tashish tizimi va zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tranzit aloqalari yanada global tus oldi. Bugungi kunga kelib, G‘arbda tranzit aloqalari nafaqat iqtisodiy jarayonlarni, balki siyosiy va madaniy integratsiyani ham ta'minlovchi asosiy omillardan biriga aylangan. Xalqaro transport yo‘llari va multimodal tashish tizimlari orqali G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va savdo hajmi doimiy ravishda ortib bormoqda.[1] Eng qadimgi tranzit yo‘llaridan biri bu — Buyuk Ipak yo‘li bo‘lib, u Markaziy Osiyo orqali Xitoyni Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘lagan. Bu yo‘l nafaqat tijoratni rivojlantirgan, balki xalqlar o‘rtasida madaniy va ilmiy almashinuvga xizmat qilgan. Shuningdek, qadimgi Misr, Hindiston va Mesopotamiya hududlarida ham daryo va dengiz yo‘llari orqali mintaqaviy savdo-tranzit tizimlari mavjud bo‘lgan.O‘rta asrlarda tranzit aloqalar kengayib, dengiz savdosi rivojlandi. XV-XVI asrlarda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Yevropa davlatlari Osiyo va Afrika bilan dengiz orqali bog‘lana boshladi. Portugaliyaliklar va ispanlar tomonidan yangi dengiz yo‘llari ochilib, global savdo tarmog‘i paydo bo‘ldi. Bu davrda tranzit faqat quruqlikda emas, balki okeanlar orqali ham amalga oshirila boshladi. XVIII-XIX asrlarda Yevropada boshlangan sanoat inqilobi natijasida transport vositalari rivojlanib, tranzit aloqalar tubdan o‘zgardi. Temiryo‘l tarmog‘ining paydo bo‘lishi mamlakatlararo yuk tashish tizimini tezlashtirdi va iqtisodiy integratsiyani kuchaytirdi. Bu davrda xalqaro tranzit tizimlarining huquqiy va iqtisodiy asoslari shakllana boshladi. XX asrda avtomobil va aviatsiya vositalarining ommalashuvi tranzit aloqalarining yangi bosqichini boshlab berdi. 1944 yildagi Chikago konvensiyasi xalqaro havo transporti
Доказательный фрагмент
«Межстрановые транзитные связи сформировались как один из важнейших экономических и геополитических факторов в истории человечества.»
Образец извлечения
Демо-превьюМежстрановые транзитные связи сформировались как один из важнейших экономических и геополитических факторов в истории человечества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- транспортная логистика, римские дороги, история, Ключевые слова: таможенный транзит, международный опыт, таможенная система Узбекистана, внешняя торговля, таможенный контроль, логистика., транзитные операции
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024