К содержанию
РецензированоUZ2025

XXI ASRDA O‘QITUVCHINING ROLI VA ZAMONAVIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Образовательные инновации и интеграция · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalardan ta’lim tizimida qay tarzda foydalanilayotgani, ko‘pgina manbalar, shu jumladan, maktab ta’lim tizimiga ham elektron jihozlarning kirib kelishi jarayonida o‘qituvchining roli qay darajaga tushgani yoki, aksincha, yuksalganini aniqlash haqida batafsil tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiya, elektron manbalar, pedagog, ta’lim tizimi, sun’iy intellekt, gadjetlar, zamonaviylik. РОЛЬ ПЕДАГОГА В 21 ВЕКЕ И ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ Aннотация. В данной статье рассматривается подробный анализ того, как в настоящее время используются развивающиеся цифровые технологии в системе образования, чтобы определить, насколько снизилась или, наоборот, возросла роль учителя в процессе внедрения электронных устройств во многие ресурсы, в том числе и в систему школьного образования. Ключевые слова: цифровые технологии, электронные ресурсы, учитель, педагог, система образования, искусственный интеллект, гаджеты, современность. THE ROLE OF THE TEACHER IN THE 21ST CENTURY AND THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION Annotation. This article will analyze in detail how digital technologies that are currently developing are used in the educational system, how many sources, including the school education system, determine to what extent the role of the teacher in the process of penetration of electronic equipment has fallen or, conversely, have risen. Keywords: digital technology, electronic resources, teacher, educator, educational system, artificial intelligence, gadgets, modernity. https://scientific-jl.com/ 2 7 3 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ta’lim insonning axloqiy tarbiyasiga va uning har tomonlama kamolotga yetishi uchun yordam berishi lozim. O‘qitilayotgan har bir narsa ta’lim jihatdan ma’lum bir qiymatga ega bo‘lishi bilan birga, axloqiy ahamiyatga ham egadir. Ta’lim jarayoniga eng ko‘p o‘z hissasini qo‘shadigan insonlar, shubhasiz — o‘qituvchi, pedagoglardir. Taniqli va hurmatga sazovor o‘qituvchilar turli davrlarda va barcha xalqlarda bo‘lgan. Misol tariqasida chexiyalik pedagog-gumanist Y.A. Komenskiyni keltirishimiz mumkin. U o‘z xalqiga dunyoning to‘plangan donoligini berishni orzu qilgan. Maktab uchun o‘nlab darsliklar, 260 dan ortiq pedagogik asarlar yozgan. Bugungi kunimizda maktablarga buyuk chexiyalik pedagogning nomi bilan kirib kelgan “dars”, “sinf”, “ta’lim” kabi so‘zlarni har bir o‘qituvchi qo‘llab kelmoqda. Mashhur nemis yozuvchisi I. Gyotening fikricha, “Bizga ta’lim berayotganlar haqli ravishda bizning o‘qituvchilarimiz deb ataladilar, ammo bizni o‘qitayotganlarning har biri ham bu nomga loyiq emas”. Demak, hamma ham o‘qituvchi degan sharafli nomga loyiq bo‘la olmas ekan. O‘qituvchi deganda ko‘z oldimizga kimni keltirishimiz lozim yoki, boshqacharoq qilib aytganda, XXI asr o‘qituvchisi qanday xususiyatlarga va qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak? XXI asr o‘qituvchisi … Bizning fikrimizcha, uning oldida kelajak talabi va asrlar davomida shakllanib kelgan jamiki fikrlar, tushunchalarni uyg‘unlashtirishdek ulkan vazifa turibdi. Shu o'rinda Konfutsiyning ham bir fikri bor: “Eskini o‘zlashtirgan, yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi”, ya’ni pedagog ham tarix, madaniyat va millatning qadriyatlarini unutmasligi va shu bilan birgalikda zamonaviy texnologiya va ta’lim sohalaridan xabardor bo‘lishi lozim. Zamonaviy o‘qituvchi moslashuvchan bo‘lishi lozim, chunki kundan-kunga yashash tarzimiz, hayotimiz tezlashib bormoqda, yangidan-yangi ma’lumotlar oqimi oshib bormoqda. Kezi kelganida o‘qituvchi ham rassom, ham artist, kerak bo‘lsa ham musiqachi va shoir ham bo‘la oladi. Aynan shuning uchun ham o‘qituvchi hayotda bir yo‘nalishga tushib olishi kerak, negaki o‘qituvchi — bu boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan shaxs, u bizga nafaqat o‘z sohasidan va fanidan, balki hayotdan ham, boshqa jamiki yaxshiliklardan ham saboq beruvchi hisoblanadi, ya’ni o‘qituvchining maqsadi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiribgina qolmay, bundan tashqari, har bir bolaga hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam berish, o‘zlarini to‘g’ri baholay olishlarini o‘rgatishdan ham iborat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zamonaviy o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga ishonarli do‘st sifatida qolishi kerak, barcha narsalarga diqqatli va barchaga birdek adolatli bo‘la olayotganligi undan maslahat olishlari, uning mehri va chin yurakdan qayg’urib g’amxo‘rlik qilishida ham namoyon bo‘ladi. “O‘qituvchi qattiqqo‘l va talabchan bo‘lishi bilan birga, adolatli bo‘lishi ham kerak, faqat shundagina u o‘z o‘quvchilari orasida obro‘ qozonishi mumkin”, — deb ta’kidlaydi mashhur nemis pedagogi Adolf Disterveg. https://scientific-jl.com/ 2 7 4 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Zamonaviy o‘qituvchi faqatgina o‘quvchilarga dars berish bilangina cheklanib qolishi kerak emas, balki o‘zi ham ulardek o‘qib-o‘rganishi lozim. Bosh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalardan ta’lim tizimida qay tarzda foydalanilayotgani, ko‘pgina manbalar, shu jumladan, maktab ta’lim tizimiga ham elektron jihozlarning kirib kelis…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalardan ta’lim tizimida qay tarzda foydalanilayotgani, ko‘pgina manbalar, shu jumladan, maktab ta’lim tizimiga ham elektron jihozlarning kirib kelis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital technology, electronic resources, teacher, educator, pedagog, Kalit so‘zlar: raqamli texnologiya, sun’iy intellekt, ta’lim tizimi, elektron manbalar, zamonaviylik., gadjetlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники