Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEVROZ BUZILSHI VA DAVOLASHDA UMUMIY QONUNIYATLAR
Muxtorova Xakikat Karimjonovna
Образовательные инновации и интеграция · 3 · 1980
Аннотация
В данной диссертации кратко изучены виды неврозов, наблюдаемых у отдельных лиц. Приведены клинические симптомы невроза, диагностика, лечение и меры профилактики. Ключевые слова: психогенные факторы, дистимическое расстройство, обсессивно-компульсивное расстройство. ABSRACT In this dissertation, the types of neuroses observed in individuals are briefly studied. Clinical symptoms of neurosis, diagnosis, treatment and preventive measures are given. Keywords: psychogenic factors, dysthymic disorder, obsessive-compulsive disorder. Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish, (qadimgi yunon. νεῦρον «asab» dan yangi lot. neurosis) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o’rnashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta’riflanadi. Turli hil hollarda psixogen omillar bu nizolar (ichki yoki tashqi), psixologik travmaga olib keladigan vaziyatlar ta’siri, stress yoki uzoq vaqt mobaynida emotsional va aqliy jarayonning zo’riqishi hisoblanadi. [1] «Nevroz» termini hozirda Amerika Qo’shma Shtatlarida professional psixiatrik jamiyat tomonidan ishlatilmaydi. Amerika psixik buzilishlar diagnostik va statistik qo’llanmasining DSM-III 1980-yilda uchinchi nashridan boshlab «nevrozlar» bo’limi bekor qilindi. Misol uchun, depressiv nevroz o’rniga distimik buzilish, obessiv- kompulsiv nevroz o’rniga obessiv-kompulsiv buzilish, ipoxondrik nevroz o’rniga ipoxondriya kiritildi terminlari orqali DSM-IV holatida o’zgartirilgan. [2] P. Pavlov o’zining fiziologik ta’limoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qo’z’g’atuvchilar ta’siri tufayli miya po’stlog’ida o’ta zo’riqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida https://scientific-jl.com/ 2 8 2 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo’llash ko’p bahs-munozaralarga olib keldi. Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga to’sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan qolaversa, uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlar sharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi. Avsrtyalalik psixoanalitik Zigmund Freydning uzoq vaq iszlanishlari va kuzatishlari bo’yicha, nizolarni «Id»ning instinktning talablarni jamiyatdagi odobaxloq va me’yorlarni nazarda tutadigan «Super ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda ko’rgan. [1] Vegetotomirli distoniya — bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Aqlga bo’ysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan farqli o’laroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning a’zolari va tizimlari faoliyatini ta’minlaydi. [1] Nevrotik buzilishlarning ruhiy va jismoniy belgilari Emotsional tushkunlik (ko’pincha aniq sabablarsiz) Ijtimoiy aloqadagi muammolar Noadekvat o’zini baholash: past yoki haddan ziyod yuqori Tez-tez tashvish, qo’rquv hissi, «biron narsaning tashvishli kutilishi», fobiya, vahima hurujlari, vahimali buzilishlar. Ko’pincha sinizm qayd qilinadi. Kayfiyatning barqarorsizligi yani, tez-tez va keskin o’zgaruvchanligi. Qo’zg’aluvchanlik (nevrastenyia). Stressga nisbatan yuqori sezuvchanlik — ahamiyatsiz stressli voqeaga odamlar umidsizlik yoki tajovuzkorlik bilan munosabat bildirishadi. Psixotravmatik vaziyatga ko’p to’xtalib qolish. Ishlamoqchi bo’lganda tezda charchab qolish — xotira, e’tibor va fikrlash qobiliyatlari susayishi Baland tovushlarga, yorqin nurlarga, harorat o’zgarishiga sezgirlik. Uyquning buzilishi: odamning ortiqcha qo’zg’alganligi sababli uxlab qolish qiyin kechadi; uyqu yuzaki, tashvishlantiruvchi, tetiklik bermaydigan bo’ladi; ertalab ko’pincha uyquchanlik kuzatiladi. Xavotirlar, qon bosimining pasayib ketishi tufayli bosh aylanishi va ko’z qorong’ulashishi. Jismoniy og’riqni psixologik boshdan kechirish (psixalgiya), ipoxondriyagacha olib boradigan o’z sog’lig’iga haddan ortiq g’amxo’rlik. https://scientific-jl.com/ 2 8 3 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ba’zan — libido va erektsiyaning pasayishi. [1] Nevroz kasalligini davolash Nevrozlarni davolashning ko’p usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz terapiyaga asoslanadi. Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning ko’plab yo’nalishlari va usullari mavjud. Ular patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi (ular faqat patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bo’lib, o’zlari faqat alomatlarni yeng
Доказательный фрагмент
«В данной диссертации кратко изучены виды неврозов, наблюдаемых у отдельных лиц.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной диссертации кратко изучены виды неврозов, наблюдаемых у отдельных лиц. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psychogenic factors, dysthymic disorder, obsessive-compulsive, distimik buzilish, Kalit so’zlar: psixogen omillar, obessiv-kompulsiv buzilish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014