Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RUXIY SALOMATLIK JISMONAN SOG‘LIQ GAROVI
Muxtorova Xakikat Karimjonovna · Mukhtorova Haqiqat Karimjonovna (Buxoro davlat tibbiyot instituti)
Образовательные инновации и интеграция · 3 · 2026
Аннотация
The article explores the relationship between the psyche and diseases, factors influencing the occurrence of diseases, as well as measures necessary for their prevention. Keywords: disease, psyche, stress, neurosis, fear, calmness, complaint, emotion Ruhiyat-bu insonning ichki dunyosi, uning hissiyotlari, fikrlari, tajribalari va harakatlarini belgilaydigan murakkab va ko‘p qirrali tushuncha deb qaralsa kasalliktushunchasiga organizmning normal faoliyatini buzilishi, turli alomatlar va shikoyatlarni keltirib chiqaradigan holat hisoblanadi. Mashxur Abu Ali ibn Sino 1000 yil oldin “Sog‘lom kishilarning sog‘ligi” to‘g‘risida asar yozgan va ushbu asarning axamiyati xozirgi kunda xam nafaqat saqlanib qolgan, balki “eng muxim va eng dolzarb” masala sifatida, dunyo olimlari tomonidan tan olinmoqda. Ushbu arda ham bevosita sharqning buyuk tabibi e’tirof etgan rux va tananing uzviyligi masalasi tibbiyotda o‘z isbotini topgan. Ma’lumki, inson o‘z xayoti davomida turli xil salbiy xolatlarga duchor bo‘ladi, kayfiyati buziladi, og‘ir axvolga tushib qolganda nima qilishini bilmay qoladi va ayrim xollarda u yomon oqibatlarga olib keladi. Ruxiy xolatlar salbiy asoratlari inson tanasini kasallanishiga olib keladi. Ruhiy salomatlik insonning jismoniy va emotsional sog‘lig‘iga katta ta’sir ko‘rsatadi. Inson tanasining sog‘lom bo‘lishi nafaqat ruhiy kasalliklarni, balki ko‘plab psixologik omillarni ham o‘z ichiga oladi. Jumladan bugun isnonlarimizni juda ko‘p bezovta qilayotgan ruhiy kasalliklar turli xil bo‘lib, ularga depressiya, ruhiy tushkunlik, shizofreniya , nevrozlar, stresslar va boshqa ko‘palab diagnozlar qo‘yish mumkin. Odatda ushbu ruhiy kasalliklar insonning ishchanligi, https://scientific-jl.com/ 2 8 8 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi emotsional holati va kundalik hayotiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazishi natijasida ba’zan salbiy oqibatlar bilan ham yakunlanadi. Ruhiy salomatlik bu faqat kasalliklardan voz kechish emas aksincha inson o‘z ruhiy xolatini anglab, har kungi muammolarni yengib o‘ta olishi, samarali ishlashi, jamiyatga o‘z hissasini qo‘shadigan to‘laqonli hayot kechirish holati sanaladi. Nima uchun ruhiy salomatlik shunchalik muhim, degan xaqli savol tug‘ilishi tabiiy. Ruhiy salomatlik bizning jismoniy salomatligimizga, kundalik munosabatlarimizga, faoliyatimizga, o‘qishimizga va hayotimizning tartibli kechishiga ta’sir qiladi. Kuzatishlar natijasiga ko‘ra kishilarda ruhat sog‘lom bo‘lish stress bilan kurashish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va zararli odatlardan saqlanishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida kundalik faoliyatimizda mehnat samaradorligini oshirishga, hayotdan zavqlanishga, to‘laqonli yashaga erishishga yordam beradi. Ruhiy salomatlikka ta’sir qiladigan ko‘plab omillar mavjud bo‘lib ular orasida genetika tufayli ba’zi ruhiy kasalliklar avlod ajdodlarda ham rivojlanishiga sabab bo‘lsa, atrof-muhit ta’sirida stress, ijtimoiy izolyatsiya, stigma va diskriminatsiya kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari hayot tarzimizning noto‘g‘ri tashkil etilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, uyquning yetishmasligi, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilish, jismoniy faoliyatning kamligi ham ruhiy salomatlikni yomonlashtirishi mumkin. Agar ruhiyat va kasallik o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak u juda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib bu bog‘liqlikni ikki tomonlama taxlil etish mumkin bo‘ladi. 1. Ruhiy holatning jismoniy salomatlikka ta’siri: stress , depressiya, qo‘rquv va xavotirlar, ruhiy kasalliklar (shizofreniya, bipolyar buzilish va boshqalar) jismoniy kasalliklar xavfini oshiradi. 2. Jismoniy kasallikning ruhiy holatga ta’siri: og‘riqlar, surunkali kasalliklar, jarrohlik amaliyotlari ba’zi dori-darmonlar ruhiy holatga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham ruhiyat va kasallik o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash kerak, chunki bu vaziyatda shifokorning bemorni davolash samaradorligini oshiradi, tibbiyotda bemorning ruhiy holatni hisobga olib, davolash yaxshi natija beradi. Kasallikni davolashdan ko‘ra oldini olish muxim, kishining ruhan sog‘lomligi unda yuzaga keladigan turli kasalliklar xavfini kamaytiradi hamda insonning hayot sifatini yaxshilaydi. Demak har birimiz yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda o‘z ruhiy salomatligimizga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak. Buning uchun esa hissiyotlarimizni jilovlay olishimiz, sog‘lom hayot tarzini tanlashimiz, to‘g‘ri ovqatlanishimiz hamda yetarlicha uxlashimiz va muntazam ravishda jismoniy mashqlar bajarib zararli odatlardan saqlanishimiz lozim. https://scientific-jl.com/ 2 8 9 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Doimo yaqinlar bilan mazmunli muloqot, oila a’zolarimiz va do‘stlarimiz bilan mustahkam munosabatlarni saqlash, hissiyotlarimizni atrofdagi ishonchli odamlar bo‘lishish, yoqtirgan ishlar bilan shug‘ullanish, sizga quvonch bag‘ishlaydigan va sizni xotirjamlashtirishga yordam beradigan xobbi bilan band bo‘lish
Доказательный фрагмент
«The article explores the relationship between the psyche and diseases, factors influencing the occurrence of diseases, as well as measures necessary for their prevention.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article explores the relationship between the psyche and diseases, factors influencing the occurrence of diseases, as well as measures necessary for their prevention. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- disease, psyche, stress, neurosis, fear, calmness, complaint, emotion, Kalit so‘zlar: kasallik, shikoyat, xotirjamlik, nevroz, qo‘rquv, hissiyot, ruhiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025