Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHI, XULQ- ATVOR QOIDALARI. BIXEVIORIZM.
O‘g‘ilxon Tolibjonovna Vaxabova · Jo’rayeva Zuhra Xusanboy qizi (Andijon davlat pedagogika instituti talabasi)
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
In this article, we provide information about the psychological development of children. Mainly, behavioral rules in children are explored. In addition, we also study several main ideas and functions of the concept of behaviorism. KEYWORDS: Psychological development, cognitive development, emotional, social, speech, moral development, sensorimotor, preoperational, concrete operational, formal operational, behaviorism. АННОТАЦИЯ: В данной статье мы представляем информацию о психическом развитии ребенка. В основном рассматриваются правила поведения у детей. Кроме того, изучаются основные идеи и функции концепции бихевиоризма. https://scientific-jl.com/ 3 1 8 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Психическое развитие, когнитивное развитие, эмоциональное, социальное, речевое, моральное развитие, сенсомоторный, дооперационный, конкретно-операциональный, формально-операциональный, бихевиоризм. Quyida bolaning psixik rivojlanishining asosiy jihatlari, boshqichlari keltirilgan. 1. Aqliy rivojlanish. Dastlab sensor motor ( hissiy- harakat) bosqichida boshlanadi. ( 0- 2 yosh) Keyinchalik fikrlash, xotira, eʼtibor, tasavvur qilish kabi aqliy jarayonlar rivojlanadi. ( Preoperatsion bosqich 2-7 yosh) Piagenning nazariyasiga koʻra, bolada fikrlash qobiliyatini rivojlanishi koʻriladi. ( Konkret operatsion bosqich 7- 11 yosh ) Abstrakt fikrlash va gipotezalarni sinab koʻrish qobilyati rivojlanadi. ( Formal operatsion bosqich. 12 yoshdan boshlab) . 2. Emotsional rivojlanish. Tugʻilgan paytdan boshlab bola his qilish va ifoda qilishga qodir. ( Masalan, yigʻlash) Vaqt oʻtishi bilan quvonch, gʻazab, qoʻrquv kabi hissiyotlarni tushunish va boshqarishni oʻrganadi. Onasi bilan iliq munosabat muhim rol oʻynaydi. 3. Ijtimoiy rivojlanish. Dastlab bila faqat yaqin insonlari ( ota ona ) bilan aloqada boʻladi. Soʻngra, boshqa bolalar bilan oʻynashni oʻrganadi, jamoada harakat qilish koʻnikmalarini shakllantiradi. 4. Nutq rivojlanishi Psixik rivojlanish nutq bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutq orqali bola oʻz fikrini ifoda etadi, boshqalarni tushunadi va bilim oladi. Nutqning rivojlanishi orqali fikrlash ham rivojlanadi. 5. Axloqiy rivojlanish. Oʻz xatti – harakatlari uchun masʼuliyat his qilishi shakllanadi. Empatiya, hamdardlik, boshqaning holatini tushunish rivojlanadi. Lawrence Kohlbergning axloqiy rivojlanish nazariyasiga koʻra, bolalar axloqiy qarorlar qabul qilishda 3 bosqichdan oʻtadilar : 1. Prekonvensional bosqich: jazo yoki mukofot asosida qarorlar qabul qilish 2. Konvensional boshqich: jamiyat qoidalari va boshqalarning fikrlariga asoslanish. 3. Postkonvensional bosqich: abstrakt axloqiy prinsiplarga asoslangan qarorlar qabul qilish. https://scientific-jl.com/ 3 1 9 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bola uchun xulq- atvor qoidalari muhim tarbiyaviy meʼzondir. Bu qoidalar bilan jamiyatda toʻgʻri tutishni, boshqalarga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, oʻzini tuta bilishni taʼminlaydi. Tarbiya – koʻp qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir. Bolani oʻrab olgan muhitning hammasi odamlar, narsalar, hodisalar uning ongida, xulq- atvorida maʼlum iz qoldirdi, uni oʻzgartiradi va oʻstiradi. Ota onalik burchi mana shu oʻsishni ziyraklik bilan boshqarib berishlikdir. Asosiy xulq- atvor qoidalari: Kattalarga hurmat koʻrsatish Yolgʻon gapirmaslik Tinch muhitda muloqot qilish Sabrli boʻlish, navbat kutish Yordam soʻrash va yordam berish. Bu qoidalar ota ona va oʻqituvchi tomonidan muntazam tushuntirilishi va doimiy nazorat qilinishi lozim. Bixeviorizm – bu psixologiyada inson va hayvonlarning xulqi- atvorini kuzatish va oʻrganish orqali tushiniladigan yoʻnalish. U yigirmanchi asr boshlarida paydo boʻlgan va asoschilari J.B. Watson, B.F. Skinner va Ivan Pavlov kabi olimlardir. Asosiy gʻoyalari: Ichki ruhiy holatlar emas, balki faqat tashqi kuzatiladigan xatti-harakatlar muhim. Oʻrganish tajriba va taʼsir asosida shakllanadi. Mukofot va jazo – asosiy taʼsir vositalaridir. Bixeviorizmda tarbiya quyidagicha kuzatiladi: toʻgʻri xatti-harakat mukofotlanadi, xato xatti-harakat jazolanadi. Masalan, bola oʻyinchoqlarni yigʻa olsa unga maqtov beriladi, aksi boʻlsa ogohlantirish beriladi. Xulosa qilib aytganda, bolaning psixik rivojlanishi murakkab va bosqichli jarayon boʻlib, har bir yosh davrda oʻziga xos xususiyatlarda namoyon boʻladi. Bu rivojlanishga sogʻlom oilaviy muhit, sifatli taʼlim, mehr va eʼtibor muhim taʼsir koʻrsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nishonova Z va Alimova G. “ Bolalar psixologiyasi va uni oʻqitish metodikasi”: M; Toshkent– 2006 yil 4- bet 2. Jean Piagenning “Kognitiv rivojlanish “ nazariyasi 3. Lawrence Kohlbergning “ Axloq nazariyasi” 4. B.Umarov. Psixologiya. “ Voris nashriyoti”. Toshkent. 2012. 255- bet. https://scientific-jl.com/ 3 2 0 44-son_3-to’plam_May-2025
Доказательный фрагмент
«In this article, we provide information about the psychological development of children.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, we provide information about the psychological development of children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Psychological development, cognitive development, emotional, preoperatsion, ijtimoiy, axloqiy rivojlanish, konkret operatsion, formal operatsion, emotsional, nutqiy, sensor- motor, KALIT SOʻZLAR: Psixik rivojlanish, bixeviorizm., kognitiv rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025