Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO AMIRLIGIDA HARBIY BOSHQARUV VA QO‘SHIN TA’MINOTI
Toirov Azamatxo‘ja Axtam o‘g‘li
Образовательные инновации и интеграция · 2010
Аннотация
Buxoro amirligining harbiy boshqaruv tizimi birinchi bor kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Harbiy unvonlar ierarxiyasi, harbiy boshqaruv idoralari, harbiy rahbarlarning siyosiy tizimdagi o‘rni aniq tarixiy dalillar asosida yoritildi. O‘zbekiston tarixshunosligida harbiy boshqaruvga doir ilmiy qarashlarni boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarixiy tajribani zamonaviy boshqaruv tizimlarida inobatga olish, o‘quv darsliklar va maxsus kurslar uchun ilmiy asos yaratadi. Kalit so‘zlar: Qo‘shin boshqaruvi, harbiy qo‘shin ta’minoti, qurol-aslaha, harbiy holat. Kirish. Buxoro – O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan madaniy markazlaridan biri bo‘lib, uning siyosiy, ijtimoiy, harbiy va ma’muriy hayoti tarixshunoslik fanida alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biridir. Ayniqsa, Mang‘itlar sulolasi davrida shakllangan Buxoro amirligining harbiy boshqaruv tizimi o‘zining murakkab tuzilmasi, unvonlar ierarxiyasi va davlat mudofaa siyosatidagi o‘rni bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi natijasida milliy tarixni chuqur va tizimli yondashuv asosida qayta o‘rganish, tarixiy davlatlar tajribasini ilmiy asosda tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi: “O‘z tarixini bilmaydigan millatning kelajagi yo‘q. Biz avlodlarimizni o‘z tarixini chuqur biladigan, uni g‘urur va iftixor bilan ardoqlaydigan qilib tarbiyalashimiz kerak”1. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Bu borada dastlabki umumiy tarixiy ma’lumotlar J.Shodiyev tomonidan yozilgan “Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi” (2010) nomli o‘quv qo‘llanmada keltirilgan. Abdurahimova N.A., Isakova M.S., Suleymanova Z.M.ning “Davlat muassasalari tarixi” (2007) asarida davlat boshqaruvi tizimiga doir umumiy ma’lumotlar berilgan. Otamurotova R. tomonidan yozilgan magistrlik dissertatsiyasi (Otamurotova R. Buxoro amirligidagi harbiy mansab, unvon egalari va ularning vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasi. Urganch: Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat Universiteti, 2015.)da harbiy mansab va unvonlar tahlil qilingan bo‘lsa-da, ular faoliyat yuritgan tizimning batafsil 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 19-mart kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida aytgan nutqidan. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti – www.prezident.uz https://scientific-jl.com/ 8 5 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi o‘rganilishi mavjud emas. M.Mamadaliyevning bakalavrlik ishi (Mamadaliyeva M. Buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati. Bakalavr bitiruv malakaviy ishi. Namangan: Namangan Davlat Universiteti, 2016.)da esa markaziy boshqaruv yoritilgan, biroq harbiy tizim yuzaki ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, L. Kostenko (Костенко Л.Ф. Средняя Азия и воэнная организация Буxарского xанства. – Ташкент: Издателъство АН УзССР, 1955.), M.L’ko (Воэнное дело в Буxаре в ХIХ веке. – Москва: Воэнно-исторический сборник, 1960.) kabi xorijiy mualliflarning asarlarida qo‘shinlarning holati, unvonlar va harbiy tayyorgarlik darajasiga doir qimmatli kuzatishlar mavjud. Qo‘shin maoshi. Buxoro amirligida qo‘shinlarning moddiy ta’minoti ularning egallagan o‘rniga qarab belgilangan. Qo‘shin ta’minoti pul yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali amalga oshirilgan. Masalan, Amir Nasrullo tomonidan joriy etilgan qo‘shin moddiy ta’minotiga ko‘ra, Buxoro amirligi qo‘shinlarining oliy amaldori - qo‘shinning bosh qo‘mondoni daromadi yiliga 2000 tillani tashkil etgan bo‘lsa, yuzboshi oyiga 6 tilla, qorovulbegi 4,5 tilla, panjboshi 85 tanga, uning yordamchisi — panjboshi-xurd esa 50 tanga miqdorida maosh olgan2. Manbalar tahlilining ko‘rsatishicha, Buxoro amirligida XIX asrning birinchi yarmida qo‘shin ta’minotida pul va oziq ovqat ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan. Buxoroda sipohlar yoki ko‘ra olamon deb ataladigan nomuntazam qo‘shin askarlari yiliga 6 tilla maosh olganlar. Ularga pichan sotib olish uchun 1 tilla pul, shuningdek, 5 botmondan jo‘xori va bug‘doy berilgan. Bundan tashqari, harbiy harakatlar davrida mansabidan qat’i nazar, har kuni harbiylarning barchasiga amir xazinasidan 1tilladan ustama puli berib borilgan3. Harbiy harakatlar davrida yarador bo‘lgan sipohiylarga ham amirning farmoyishi asosida alohida mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu pullar evaziga askar tabiblarga murojaat etishi mumkin bo‘lgan4. Lekin qo‘shinning maoshi miqdori boshqa soha vakillarinikiga nisbatan kamroq bo‘lgan. Bu holatni jadid allomasi Fitrat shunday tavsiflaydi: “... sarbozlar oyiga 20 tanga maosh olgan. Sarboz bo‘lmagan kezlarda, ya’ni hammollik qilsa kuniga 5 tilla ishlab olgan, shunda bir oylik daromadi 150 tillani tashkil qilgan. Ba’zida jinoyatchilar jazo chorasi tariqasida sarbozlikka yuborilgan”5. Harbiy yurishlarning boshlanishi va e’lon qilinishi bilan askarlar o‘zlari uchun ijaraga ot olar edilar. Bunday qo‘shinda harbiy intizomga har doim ham rioya qilinavermas edi. Qo‘shin t
Доказательный фрагмент
«Buxoro amirligining harbiy boshqaruv tizimi birinchi bor kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBuxoro amirligining harbiy boshqaruv tizimi birinchi bor kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qurol-aslaha, harbiy holat., Kalit so‘zlar: Qo‘shin boshqaruvi, harbiy qo‘shin ta’minoti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025