Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
4K MODELI ASOSIDA TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASH: ZAMONAVIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VA FANLARARO YONDASHUV
FANLARARO YONDASHUV · Karimova E'zozaxon Dilshod qizi
Образовательные инновации и интеграция · 3 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola 4K modeli asosida darslarni loyihalash orqali o‘quvchilarda zarur kompetensiyalarni shakllantirishni o‘rganadi. Maqolada ushbu kompetensiyalarni XXI asrda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar sifatida e’tirof etilgan va ularni rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Kreativlikni ochiq-tugallanadigan topshiriqlar orqali, tanqidiy fikrlashni tahlil va munozara orqali, kommunikatsiyani interaktiv usullar orqali, kooperatsiyani esa hamkorlikda ishlash loyihalari orqali rivojlantirish zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada 4K modelini dars rejalashtirishga integratsiya qilish, o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish va ta’lim jarayonini kompleks yondashuv bilan boyitish muhimligi haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: 4K modeli, kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya, kooperatsiya, darsni loyihalash, kompetensiyalar, XXI asr ko‘nikmalari, innovatsion pedagogika, o‘quv jarayoni. 4K modeli asosida darslarni loyihalash orqali o‘quvchilarda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish Bugungi kunda ta’lim tizimi faqat bilim o‘rgatish bilan cheklanmaydi, balki o‘quvchilarda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Shu ma’noda, 4K modeli (kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va kooperatsiya) ta’lim jarayonida asosiy yondashuvlardan biri sifatida ajralib turadi. Ushbu model, o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, har bir komponenti o‘ziga xos va bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatlarga ega [1]. Darslarni 4K modeliga asoslangan holda loyihalash, o‘quvchilarga faqatgina bilimlarni o‘zlashtirishda emas, balki ularni amaliyotda qo‘llashda ham muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Kreativlikni rivojlantirish orqali o‘quvchilar yangicha fikrlashga, yangi g‘oyalar yaratishga va mavjud muammolarga ijodiy yechimlar taklif qilishga o‘rgatiladi. Tanqidiy fikrlash esa o‘quvchilarga axborotlarni tahlil qilish, ularni baholash va mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi, shu orqali ular har qanday vaziyatda ongli qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi. https://scientific-jl.com/ 8 9 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Komunikatsiya va kooperatsiya kabi kompetensiyalarni rivojlantirish o‘quvchilarga jamoaviy ish ko‘nikmalarini, samarali muloqot qilishni va boshqalar bilan hamkorlikda ishlashni o‘rgatadi. Bu ko‘nikmalar bugungi ish muhitida, shuningdek, ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarurdir. 4K modeliga asoslangan darslar o‘quvchilarda faqat bilimlarni emas, balki ijtimoiy va shaxsiy ko‘nikmalarni ham shakllantiradi, bu esa ularning kelajakda muvaffaqiyatli va raqobatbardosh bo‘lishiga imkon yaratadi. Bunday yondashuv, o‘quvchilarning individual va guruh bo‘lib ishlashda o‘zaro hamkorlikda samarali faoliyat olib borish imkoniyatlarini yanada oshiradi [2]. 4K modeli va uning ta’limdagi o‘rni 4K modeli — bu o‘quvchilarda XXI asr uchun muhim bo‘lgan “yumshoq ko‘nikmalar”ni (soft skills) shakllantirishga yo‘naltirilgan yondashuvdir. Bu model nafaqat o‘quvchilarni o‘zlashtirilgan bilimlar asosida amaliyotda mustaqil harakat qilishga tayyorlaydi, balki ularni noaniq va tez o‘zgaruvchan sharoitlarda qaror qabul qila olishga, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatishga undaydi [3]. 4K — kreativlik (ijodkorlik), tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya (muloqot qilish) va kooperatsiya (hamkorlikda ishlash) kabi kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu komponentlarning har biri o‘ziga xos ahamiyatga ega va bir-birini to‘ldiradi. Kreativlik: yangilik yaratishga intilish Ijodkorlik — bu shunchaki rasm chizish yoki she’r yozish emas, balki har qanday sohada yangi, noodatiy, samarali yechimlar yaratishga bo‘lgan qobiliyatdir. Bugungi kunda ijodiy yondashuv har qanday kasbda zarur bo‘lib qolmoqda: muhandislikda, marketingda, sog‘liqni saqlashda yoki hatto huquqshunoslikda ham yangicha fikrlay oladigan mutaxassislar qadrlanadi. Dars jarayonida o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ochib berish uchun o‘qituvchilar ularni ochiq tugallanadigan topshiriqlarga jalb etishlari, “agar... bo‘lsa nima bo‘lardi?” kabi savollar asosida fikrlashga undashlari, kichik loyihalar ustida ishlatishlari kerak. Masalan, biologiya darsida o‘quvchilar “yangi ekotizim” loyihasini ishlab chiqishlari, tarix darsida esa muqobil voqeliklarni tasvirlash orqali o‘z qarashlarini bildirishlari mumkin [4]. Tanqidiy fikrlash: chuqur tahlil qilish va baholay olish Tanqidiy fikrlash — bu har qanday axborotni shubha bilan, ya’ni ongli ravishda qabul qilish, tahlil qilish, faktlarni solishtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatidir. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va internetda yolg‘on axborotlar (feyklar) ko‘plab tarqalayotgan bir paytda, yoshlarni har bir ma’lumotni mustaqil baholay olishga o‘rgatish hayotiy zaruratga aylangan. Bu kompetensiyani shakllantirish uchun darslarda bahs-munozaralar tashkil qilish, turli manbalardagi ma’lumotlarni
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola 4K modeli asosida darslarni loyihalash orqali o‘quvchilarda zarur kompetensiyalarni shakllantirishni o‘rganadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola 4K modeli asosida darslarni loyihalash orqali o‘quvchilarda zarur kompetensiyalarni shakllantirishni o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘quv jarayoni., kommunikatsiya, XXI asr ko‘nikmalari, innovatsion pedagogika, darsni loyihalash, Kalit so‘zlar: 4K modeli, kompetensiyalar, kreativlik, kooperatsiya, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014