К содержанию
РецензированоUZ2026

SOYA O‘SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI HAMDA XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI

XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI · Asqarov Hasanboy Xoldorovich · Najmiddinova Shahnoza Madaminjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article provides information on the origin of foreign and local varieties of soybean (Glycine maxim), a member of the legume family, its distribution on Earth, its role in the global food industry, biological classification, growth and development, and cultivation. Keywords: legume family, food, industry, soybean, importance in the food industry, soybean varieties, economic importance in the market. O‘zbekistonda ham so‘ngi yillarda soya o‘simligini yetishtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Masalan, soya ekinlari maydonini kengaytirish, tuproq-iqlim sharoitiga mos keluvchi, zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish hamda uni yetishtirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilinmoqda. Bundan asosiy sababi esa soyaning keng tarmoqda ishlatilishi hisoblanadi. Asosan soya oziq ovqatda, texnikada, sut, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, konserva tayyorlashda keng miqyosda qo‘llaniladi. Bundan tashqari chorva mollari va parranda hayvonlar uchun sifatli oziq vazifasida foydalaniladi. Soyaning bunday ko‘p sohada ishlatilishi uning tarkibi bilan bog‘liq. Ya’ni soya o‘simligi tarkibida 30-52%, oqsil 17-27% moy, 20% https://scientific-jl.com/ 9 4 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi gacha karbon suvlar mavjud hisoblanadi. Soya o‘simligining oqsil boshqa dukkakdoshlar oilasi vakillaridan ozroq farq qiladi, ya’ni suvda yaxshi eriydigan, yengil hazm bo‘ladigan yuqori sifatli bo‘lib tarkibida glitsin aminokislotalar ko‘p bo‘ladi hamda aminokislotalar tarkibi bo‘yicha go‘sht oqsiliga juda yaqin hisoblanadi. Soya o‘simligi oqsillarning asosiy 70% qismini globulinlar tashkil qiladi hamda qo‘shimcha funksiyalarga ega hisoblanadi. Soya o‘simligi oqsilining boshqa bir qismini albuminlar tashkil qiladi. Ular sutruktura va fermentativ funksiyalarni bajaradi. Soya o‘simligining ahamiyatli jihatlaridan yana biri donidan yog‘ olinishidir. Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, jahon miqyosida o‘simliklardan olinadigan moyning 40% soya o‘simligi moyi hissasiga to‘gri keladi. Soya tarkibidagi uglevodlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, uglevodning asosiy qismini kraxmalsiz polisaxaridlar tashkil qiladi. Lekin uning tarkibida oligosaxaridlar ham mavjud hisoblanadi. Soya o‘simligi bir qator zamonaviy tekshirish usullaridan so‘ng olimlarning fikriga ko‘ra, soya janubiy-sharqiy Osiyo va sharqiy Afrika, Avstraliya mintaqasidan kelib chiqqan degan farazni olg‘a sursa, boshqa bir olimlar esa soyaning asl kelib chiqshini Xitoyning ba’zi hududlaridan, Koreya yarim orolidan Nepal, Hindiston va Yevropaning ba’zi hududlaridan kelib chiqqan deyilgan xulosaga kelishgan. Yuqoridagi olimlar farazlarini jamlaydigan bo‘lsak, soyaning asl kelib chiqishi Xitoy provinsiyalariga va Koreya, Yaponiyaga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida Argentina ekin maydoni bo‘yicha birinchilikni qo‘ldan boy bermaydi. Ushbu mamlakatda soyaning ekin maydoni 19418,8 ming gektarni tashkil etadi . Hosildorlik jihatidan esa 25,3 s/ga ,yalpi hosildorlik esa 49309 mln tonnani tashkil qiladi. Boliviya ham Argentinadan qolishmaydigan ekin maydoniga ega hisoblanib, 1237700 ming gektar, hosildorligi 18,9 s/ga, yalpi hosildorligi 2347,2 mln tonnani tashkil etadi. Braziliyada ekin maydoni 27964,9 ming gektar, hosildorlik 29,3 s/ga, yalpi hosildorlik 81699,7 mln tonnani tashkil qiladi. Kanadada ekin maydoni 1819600 ming gektar, hosildorlik 28,5 s/ga, yalpi hosildorlik 598400 mln tonna hisoblanadi. Xitoy bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Rossiyadan oldinda turadi, ya’ni 6600 ming gektar ekin maydoniga,18,9,s/ga hosildorlikka, 125000mln tonna yalpi hosildorlikka ega hisoblanadi. Rossiyada ekin maydoni 1202900ming gektar, hosildorligi 13,6s/ga, yalpi hosildorlik 1636 mln tonna, AQShda 30700 ming gektarni, hosildorligi 29,1 s/ga, yalpi hosildorlik esa 89483 mln tonnani tashkil etsa, Ukrainada ekin maydoni 1351ming gektarni hosildorlik 20,5s/ga, yalpi hosildorlik 2774,3 mln tonnani tashkil etadi. Soya dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub bo‘lib, bir yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi. Xalq xo‘jaligida madaniy turi (Glycine Max) keng miqyosida tarqalgan. Yovvoyi turi (Glycine ussuriensis Rge) tabiatda tarqalgan. Madaniy turi 4 ta kenja tiplarga bo‘lingan: 1) Korea turi -G ssp.karajensis; 2) Manjuriya turi- G ssp. Manshuria; 3) Hind turi- G ssp.indica; 4) Xitoy turi -G ssp.Chinesis. Xitoy, Hindi-Xitoy, Yaponiya, Koreya MDH da tarqalgan. Bu turlar bir-biridan o‘sish davri, dukkagi, bargini kattaligi, urug‘ining https://scientific-jl.com/ 9 5 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi kattaligi, shakli, va tupining shakli bilan o‘zaro farq qiladi. Soya o‘smligining ildizi o‘q ildiz tizmiga ega bo‘lib, yaxshi rivojlangan ildiz sitemasi mavjud. Yon ildizlar ancha uzun bo‘lib 2 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Ildiz tizimida boshqa burchoqdoshlar vakillari singari tugunak bakteriyalar simbioz holda yashaydi. Soya o‘smligining poyasi dag‘al ser tuk, tik o‘sadigan, usti qirrali balandlig

Доказательный фрагмент

«This article provides information on the origin of foreign and local varieties of soybean (Glycine maxim), a member of the legume family, its distribution on Earth, its role in the global food industry, biological cla…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on the origin of foreign and local varieties of soybean (Glycine maxim), a member of the legume family, its distribution on Earth, its role in the global food industry, biological cla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
legume family, food, industry, soybean, importance in the food, oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, soya o‘simligi, sanoat, Kalit so‘zlar: dukkakdoshlar oilasi, bozordagi iqtisodiy ahamiyati., oziq-ovqat, soya o‘simligi navlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники