Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TINCHLIK – ENG ULUG‘ NE’MAT: TINCHLIK UCHUN KURASHGAN MILLIY QAHRAMONLAR XOTIRASI
Ergasheva Mohizarbegim Elmurod qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
The article emphasizes the invaluable role of peace in human life and its importance for the development and stability of society. We also honor the memory of the courage of national heroes who gave their lives for the independence and peace of our country, and their selfless service to the cause of peace. Аннотация: В статье подчеркивается неоценимая роль мира в жизни человека и его значение для развития и стабильности общества. Мы также чтим память мужества национальных героев, отдавших свои жизни за независимость и мир нашей страны, и их бескорыстное служение делу мира. Kalit so‘zlar: tinchlik, urush, xotira, Sobir Rahimov, Zebo G‘anieva, Sharof Rashidov, Shodi Shoimov, G‘alaba bog‘i. Keywords: peace, war, memory, Sobir Rakhimov, Zebo Ganieva, Sharof Rashidov, Shodi Shoimov, Victory Park. Ключевые слова: мир, война, память, Собир Рахимов, Зебо Ганиева, Шароф Рашидов, Шоди Шоймов, Парк Победы. Kirish: Bugungi kunda dunyo uchun „noyob“ bo‘lib borayotgan tinchlik – insoniyatning eng buyuk orzusidir. U nafaqat ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni, balki har bir insonga ichki osoyishtalikni, xavfsizlikni va farovonlikni taqdim etadi. Notinchliklarga sabab bo‘lgan urush necha millionlab odamlarning yostig‘ini quritib, insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar soldi, bolalarni otasidan, otalarni farzandidan judo qildi. Beshavqat bo‘lgan urushlar odamlarni yo‘q qildi, Yer yuzini vayron qildi, svilizatsiyalar, tarixiy meroslarni qo‘porib tashladi. Shunday vaziyatda urushga qarshi chiqib, tinchlik uchun kurashgan, osoyishtalik yo‘lida jonlarini fido qilganlarni xotirlab o‘tmaklik insoniyatning asosiy burchlaridan biridir. Ularning fidokorona jasorati tufayli bugun dunyo ahli tinch hayot kechirmoqda. Asosiy qism: „Ayni vaqtda, jang maydonlarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan, front orqasida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda sog‘- https://scientific-jl.com/ 1 1 2 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi salomat bo‘lib yurgan muhtaram faxriylarimizga ta’zim qilamiz. Hozirgi tinch- osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Hech shubhasiz, bu dahshatli urush butun insoniyat qatori bizning xalqimizga ham mislsiz kulfat va yo‘qotishlar olib keldi. Ikkinchi jahon urushida yuzlab yurtdoshlarimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, minglab otalarimiz, bobolarimiz jangovar orden va medallar bilan mukofotlandilar. Xalqimiz front ortida fidokorona mehnat qilib urush maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq- ovqat mahsulotlari yetkazib berdi...“1 – deya ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkillashtirgan marosimdagi nutqida. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941–1945) O‘zbekistondan 2 millionga yaqin inson frontga jo‘natilgan. Ulardan 500 mingdan ziyodi urushdan qaytmagan, minglab o‘zbek o‘g‘lonlari jasorat ko‘rsatib, Vatan ozodligi yo‘lida halok bo‘lishgan. Bu davrda O‘zbekiston aholisi 6.8 million nafar bo‘lgan. Ya’ni aholining deyarli 1/3 qismi urushga safarbar qilingan. Vatan ozodligi yo‘lida mardonavor jang qilganlarning bari qahramon. Ammo quyidagilarni ikki karra qahramon deyish mumkin: Sobir Rahimov – birinchi o‘zbek generali. Berlin yaqinidagi janglarda og‘ir yaralanib, halok bo‘lgan. U jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan va Sobir Rahimov nomi bilan Toshkentda ko‘plab ko‘chalar va maktablar atalgan. O‘zbekning „Temir generali“ nomi bilan mashhurdir.2 Zebo G‘anieva – ayol bo‘lsa-da, 129 nafar dushman askarlarini o‘ldirib, Ikkinchi jahon urushida radiooperator, razvedkachi bo‘lib qatnashgan, urush uchun ilmiy faoliyatini tashlab, ko‘ngilli bo‘lib kelgan. Zebo G‘aniyeva snayper bo‘lib xizmat qilgan, ko‘plab fashistlarni yo‘q qilgan. Urushdan keyin ham ilmga qaytib, sharqshunoslik sohasiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.3 Sharof Rashidov – sovet partiyasi vakili, o‘zbek yozuvchisi. O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MQning Birinchi Kotibi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Rashidov O‘zbekiston Respublikasiga rahbarlik qilgan davrda ko‘plab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, shu bilan birga qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarasiz, ekstensiv foydalanish, paxta yetishtirishga haddan tashqari urg‘u berilish kabi ekologik muammolar yuzaga kelgan.4 Rashidov haqida uning zamondoshlaridan biri shunday deydi: „Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu 1 http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-9-may-khotira-va--09-05-2017 2 https://kun.uz/uz/news/2020/06/24/temir-general-ozbek-va-polyak-xalqlari-qahramoni-sobir-rahimovning-hayot- yoli 3 Murmanseva V.S „Ulug‘ Vatan urushidagi sovet ayollari“. M., Fikr, 1974-yil. 4 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil https://scientific-jl.com/ 1 1 3 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi zahoti o
Доказательный фрагмент
«The article emphasizes the invaluable role of peace in human life and its importance for the development and stability of society.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article emphasizes the invaluable role of peace in human life and its importance for the development and stability of society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- peace, war, memory, Sobir Rakhimov, Zebo Ganieva, Sharof, Shodi Shoimov, Kalit so‘zlar: tinchlik, urush, Sobir Rahimov, xotira, G‘alaba bog‘i., Sharof Rashidov, Zebo G‘anieva
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025