К содержанию
РецензированоUZ2026

ODAMNNING BIOLOGIK ISHI

ODAMNNING BIOLOGIK ISHI · Roʻzimatova Shahloxon Shuxrat qizi · Xusainova Xusnabat Jo’rayevna · Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna · Qurbonov Jamshid Muyiddinovich

Образовательные инновации и интеграция · 1-5 · 2026

Аннотация

Ishda inson organizmining biologik ishining fiziologik xususiyatlari oʻrganiladi hamda biofizik qonunlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, biologik faoliyatning inson salomatligini saqlashdagi oʻrni tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: biologik ish, tizim, qonun, funksiya, inson, organizmi, funksiya, biologiya, biofizika, energiya, fiziologiya. Odamning biologik ish — bu odam organizmida sodir bo‘ladigan barcha hayotiy jarayonlar natijasida bajariladigan fizik va kimyoviy harakatlar majmuasidir. Bu harakatlar tananing tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirida, harakatda, ovqat hazm qilishda, qon aylanishi va nafas olishda ham sodir bo‘ladi. Har bir biologik ishda energiya sarflanadi va bu energiya ATF (adenozin trifosfat) shaklida mavjud bo‘ladi. Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi, organizmda uning o’zgarishi, hazm qilinishi, hosil bolgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi yoki metabolizm deyiladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalaming kimyoviy, mexanik, termik ozgarishi natijasida ulardagi potensial energiyasiga aylanadi. Hosil bolgan energiya hisobiga to’qimalar va azolar ish bajaradi, hujayralar ko'payadi, ularing eskirgan tarkibiy qismlari yangilanadi, yosh organizm o'sadi va rivojlanadi. Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi. Bu energiya moddalar almashinuvi - metabolizm jarayonida olinadi. Organizm hayot faoliyatining moslashishiga yoki o'zgartirilishiga qaratilgan har bir biologik reaksiya fiziologik funksiyalar tufayli amalga oshiriladi va bajarilgan har bir harakat biologik ish hisoblanadi. Tashqi muhit ta'sirini sezish hamma organizmlarga xos xususiyat bo'lib, odamda juda taraqqiy qilgan bo'ladi. Musbat va manfiy ta'sirlovchilar uzoq vaqt mobaynida ma'lum bir izchillik bilan ta'sir etib tursa, ularni qo’llanish ta' sirlovchilaring xiliga qarab hamisha bir fiziologik funksiyaga sabab bo'ladi. Hujayra, to’qima, a'zo yoki organizmning har qanday fiziologik funksiyasi filogenez va ontogenez natijasidir, chunki rivojlanish jarayonida har bir tizilmaning o'ziga xos funksiyalari paydo bo'ladi va ular miqdor va sifat jihatdan o'zgaruvchan bo'ladi. https://scientific-jl.com/ 2 3 4 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Organizm funksiyalari va reaksiyalaining o'zaro bog'langanligi organizm birligi va bir butunligi-funksiyalamni boshqaradigan va uyg'unlashtiradigan ikki mexanizm borligidan kelib chiqadi. Bulardan biri- gumoral yoki kimyoviy mexanizm evolutsion jihatdan eng qadimgi bolib, kimyoviy moddalarni (tuzlarni, gormonlarni va boshqa moddalarni) organizmga qon orqali tarqatadi.Qonda aylanib yuradigan kimyoviy moddalar hamma hujayralarga asta-sekin borib ta'sir etaveradi, to'g'risini aytganda, kimyoviy ta sirlovchilaring tayinli adresi yo'q va turli hujayralarga bir xil ta'sir etmaydi: ba'zi hujayralar bir xil kimyoviy ta'sirlovchilarga, boshga hujayralar esa ikkinchi xil kimyoviy ta' sirlovchilarga ko'proq sezgir bo ladi. Turli kimyoviy ta'sirlovchilar modda almashinuv jarayonlari zanjirining turli zvenolariga qo’shilib, turlicha ta' sir ko’rsatadi. Ikkinchi mexanizm evolutsion jihatdan yoshroq, ya'ni tirik majudotlar evolutsiyasida keyinroq rivojlangan bolib, asab mexanizmi deb ataladi. U turli hujayra, to'qima va a'zolar faoliyatini birlashtirib, uyg'unlashtirib, boshqarib, uni organizm yashaydigan tashqi muhitga moslashtiradi. Asab boshqarilishi mukammalroq, chunki, birinchidan, hujayralar gumoral-kimyoviy yo'ldan ko'ra asab tizimi orqali tezroq o'zaro ta'sir etadi, ikkinchidan, asab impulslari hamisha muayyan «adresatiga» aniq yetib boradi. Biologik ish — bu nafaqat hayotiy zarurat, balki aniq fizik qonunlarga bo‘ysunuvchi jarayon. Organizmda energiya almashinuvi termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq amalga oshadi, bunda energiya mexanik, kimyoviy, issiqlik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi. Bu qonunga ko‘ra, tanaga ozuqa orqali kirgan energiya butunlay yo‘qolmaydi — u mexanik ishga, issiqlikka , yoki zaxiraga aylanadi. Mushak qisqarishi kuch, tezlik va ishga bevosita bog‘liq bo‘lib, mexanik qonunlarga to‘liq bo‘ysunadi. Muskuldagi qisqarish jarayoni Nyutonning harakat qonunlari, yurakdagi bosim o‘zgarishi yoki qon oqimi tezligi Navye–Stoks tenglamalari yordamida ifodalanadi. https://scientific-jl.com/ 2 3 5 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Asab tolalaridagi impulslarning tarqalishi membranalar bo‘yicha ionlar oqimi orqali amalga oshadi. Bu jarayonlar Nernst va Goldman-Xodgkin-Katz tenglamalari bilan ifodalanadi. Hujayra membranasining umumiy potensialini hisoblashda, ayniqsa Na⁺, K⁺, Cl⁻ ionlari harakatini Goldman tenglamasi ilmiy asosda tushuntiradi. Bu formulalar asab impulslarining qanday yuzaga kelishini va biologik ishni boshlovchi markaziy turtkini tushuntiradi. Yurakning siqilishi bilan tomirlar bo‘ylab oqadigan qon Puazeyl qonuni orqali ifodalanadi. Bu qonun orqali yurak biologik ish bajarayotganda, qonni qan

Доказательный фрагмент

«Ishda inson organizmining biologik ishining fiziologik xususiyatlari oʻrganiladi hamda biofizik qonunlar asosida tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ishda inson organizmining biologik ishining fiziologik xususiyatlari oʻrganiladi hamda biofizik qonunlar asosida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
funksiya, biologiya, tizim, Kalit so’zlar: biologik ish, organizmi, qonun, biofizika, fiziologiya., energiya, inson
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники