Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM TIZIMIDA XORIJIY TILLARNING OʻRNI VA DOLZARBLIGI
Fayzullayeva Nodira
Образовательные инновации и интеграция · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimida xorijiy tillarning tutgan oʻrni , ularning strategik ahamiyati, davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy metodik yondashuvlar , xalqaro va milliy sertifikat tizimi , raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar va xalqaro hamkorlikdagi integratsiya jarayonlari yoritib beriladi . Shuningdek Rivojlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida xorijiy tillarni oʻrganish zaruratdan tashqari, taraqqiyot uchun muhim poydevor ekani asoslab beriladi. Kalit soʻzlar: Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun, xorijiy tillar, davlat taʼlim tizimi, raqobatbardosh kadrlar, xalqaro va milliy sertifikat( CEFR , IELTS, TOEFL va boshqalar), xalqaro hamkorlik , madaniyat. Kirish. Har bir davlat singari Oʻzbekistonda ham oʻz taʼlim tizimi va taʼlim turlari mavjud. Ularga mos davlat qonunlari va rivojlantirish uchun yangidan-yangi strategiyalar qabul qilinmoqda . Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida ham maʼlum taʼlim turlari bor va ular quyidagilardir.O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risida qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: 1.maktabgacha ta’lim va tarbiya; 2. umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 3. professional ta’lim; 4.oliy ta’lim; 5.oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 6.kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 7.maktabdan tashqari ta’lim. Yuqorida keltirilgan taʼlim turlari " Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning 7- moddasida keltirilgan. Bu taʼlim turlari bir-biriga uzviy bogʻlangan va bu yoʻnalishlar uchun alohida -alohida davlat taʼlim standartlari mavjud oʻqitish jarayonida. XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, xalqaro aloqalarning kengayishi va fan- texnika yutuqlarining integratsiyalashuvi xorijiy tillarni bilishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. Ayniqsa , rivojlanayotgan davlatlar , jumladan Oʻzbekiston uchun xorijiy tillarni chuqur oʻzlashtirish, ularni taʼlim tizimiga tadbiq https://scientific-jl.com/ 5 7 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi etish global maydondagi pozitsiyasini mustahkamlash vositasi sifatida namoyon boʻlmoqda. Hozirgi kunda yurtimiz qanchalik rivojlanib borayotgan sari, chet tillariga bo’lgan talab shunchalik ortib bormoqda. Buning samarasida ko’pchilik yoshlar chet tillarini o’ziga xos qiziqish va ishtiyoq bilan o’rganishmoqda. Bu jarayon esa bizni yanada yuksalishimizga yordam beradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “ Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug’i, bilmagani muammo”. So‘nggi yillarda xorijiy tillarni o‘rganishga oid siyosiy-huquqiy asoslar yaratilib, ularning amalda tatbiq etilishi ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishiga xizmat qilmoqda. Jumladan, 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli Prezident qarori asosida xorijiy tillarni o‘rganishning yangi bosqichi boshlab berildi. Bu hujjat asosida maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha xorijiy tillarni o‘rgatish majburiy va tizimli tus oldi. Shu sababdan bolalarga bog’cha yoshidan boshlab xorijiy tilarni tanishtirish va bu tillarni turli xil yo’llar va metodlar bilan chet tillarni o’rgatish kabi samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni bola maktab yoshiga qadar chet tili bo’yicha biroz bilimga ega bo’lib, keyinchalik maktabdan osonlik bilan shu tilni chuqurroq bilishi mumkin , bu amalda amalga oshirilayotgan islohotlar hisoblanadi.Eng asosiysi, bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganish bizga juda katta imkoniytlar eshigini ochib bermoqda.Ya’ni siz bironta chet tilini bilsangiz, sizda yangi insonlar bilan tanshish, yangi do’stlar, hamkasblar orttirish va chet ellik shaxslar bilan birga ishlash bilan erkin so’zlashuv qilish imkoniyati yaratiladi. Chet tillarni o’rganishning yana bir ustunlik tomoni shundaki, chet tilini bilish sizning kognitiv va tahliliy qobiliyatingizni yuksaltirishga katta yordam beradi.Hozirgi kunda chet tillarni o’rganishning turli xil yo’llari va metodlari yaratilmoqda. Masalan: innovatsion metodlar yordamida talabalar tezroq va samarali tarzda yangi til ko‘nikmalarini egallaydilar. Shuningdek , o'yinlar va interaktiv faoliyatlar orqali talabalar bir-biri bilan muloqot qilib, tilni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu sababli ,chet til ta’limi jarayonida talabalarning kasbiy malakalarini rivojlantirishda fan o’qituvchisidan mohirlik talab etiladi. O‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar: 1) ta’lim tashkilotlarida ayrim maxsus fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan pedagog xodimlarning lavozim maoshlariga belgilangan tartibda ustamalar beriladi; 2) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimida xorijiy tillarning tutgan oʻrni , ularning strategik ahamiyati, davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy metodik yondashuvlar ,…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimida xorijiy tillarning tutgan oʻrni , ularning strategik ahamiyati, davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy metodik yondashuvlar ,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- IELTS, TOEFL va boshqalar), madaniyat., raqobatbardosh kadrlar, xalqaro hamkorlik, xorijiy tillar, xalqaro va milliy sertifikat( CEFR, davlat taʼlim tizimi, Kalit soʻzlar: Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025