К содержанию
РецензированоUZ2026

ENG QADIMGI DAVRLARDA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR

Kamolova Mashhura Otabek qizi · Alisher Navoiy nomidagi IDUM

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida ta’lim- tarbiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishi, qadimgi davrlarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashdagi an’anaviy usullar, shuningdek, o‘sha davrlarga oid pedagogik qarashlar tahlil qilinadi. Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rimdagi pedagogik meros, ularning hozirgi ta’lim tizimiga ta’siri yoritiladi. Maqola qadimiy madaniyatlarda axloqiy, mehnat va harbiy tarbiyaning ustuvor yo‘nalish bo‘lganligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya, qadimgi davrlar, pedagogik fikrlar, qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim, tarbiya usullari, ijtimoiylashuv, axloqiy tarbiya, tarixiy tajriba. Insoniyat jamiyati tarixida ta’lim va tarbiya muhim o‘rin tutib kelgan. Qadimgi davrlarda ham bolalarni jamiyatga moslashtirish, mehnat va hayot faoliyatiga tayyorlash ehtiyoji mavjud bo‘lgan. Shunday ekan, ilk ijtimoiy tuzumlardayoq ta’lim- tarbiya tizimi shakllanib, o‘ziga xos shakl va usullarni egallagan. Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Eramizdan oldingi I ming yillik o‘rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Ovisto, Xorazm, so‘g‘d, Kushon, run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoyda qog‘ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o‘nlik sonlarning paydo bo‘lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo‘lishning o‘ylab topilishi ta’lim sohasi uchun muhim yangilik bo‘ladi. Eng qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikrlar. Bugungi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldinhayot kechirgan bo‘lib, ular o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mas’uliyatli yo‘lni https://scientific-jl.com/ 7 6 44-son_3-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi bosib o‘tgan. Birinchi tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug‘chilik davriga kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz bobokalonlarimizning boy qadimiy madaniyatga ega ekanligidan darak beradi. Markaziy Osiyodagi arxeologik topilmalar va yozma manbalarning guvohlik berishicha, dastlabki ibtidoiy jamoa va keyinchalik quldorlik tuzumi davrida ham Turon hududida ijtimoiy-madaniy hayot rivojlangan. Ayniqsa, Qadimgi Xorazm, Farg‘ona, Zarafshon vodiylarida dehqonchilik, hunarmandchilik va meʼmorchilik madaniyati jahonga maʼlum va mashhur bo‘lgan. Quldorlik tuzumining dastlabki bosqichlaridanoq, Turon zaminida xalqlarning maʼnaviy va maʼrifiy hayotida hamda diniy eʼtiqodlarida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ayni paytda, o‘ziga xos turmush tarzi, anʼana, rasm- rusumlar, urf-odatlar hamda taʼlim-tarbiya shakllandi. Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bugungi avlodgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” kabi asarlari, O‘rxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o‘rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o‘rin olganligidan xabar beradi. Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o‘y- fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko‘pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar – “Avesto”, Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali ma’lumdir.“Avesto” kim tomonidan yaratilgani borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib, mashhur sharqshunos olim E.E. Bertelsning fikriga ko‘ra, asar 1278-yilda Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yaratilgan. Mazkur fikr “Zardushtnoma” dostonida bayon etilgan ayrim qarashlar asosida paydo bo‘lgan.1 Qadimgi Sharq — Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda ta’lim diniy va amaliy yo‘nalishda olib borilgan. Misrda bolalar yozuv, matematika va axloqiy me’yorlarga o‘rgatilgan. Xitoyda Konfutsiy ta’limoti asosida odob-axloq, kattalarga hurmat, ijtimoiy mas’uliyat targ‘ib qilingan. Bu davrda tarbiyaning asosiy maqsadi itoatkor, mehnatkash va jamiyat qoidalariga mos shaxsni shakllantirish bo‘lgan. Qadimgi Yunoniston taraqqiy etg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida ta’lim- tarbiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishi, qadimgi davrlarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashdagi an’anaviy usullar, shuningdek, o‘sha davrl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada insoniyat jamiyatining ilk bosqichlarida ta’lim- tarbiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishi, qadimgi davrlarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashdagi an’anaviy usullar, shuningdek, o‘sha davrl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloqiy tarbiya, tarixiy tajriba., qadimgi davrlar, Rim, qadimgi Sharq, pedagogik fikrlar, ijtimoiylashuv, Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya, tarbiya usullari, Yunoniston
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники