Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O`ZBEKISTONDA AYOLLAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI SAQLASH
HUMAN LIFE. · Pirnazarova Madinabonu Shuhratjon qizi. · Pirnazarova Madinabonu Shukhratjon kizi.
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Atrof-muhitni asrash, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf qilish va turli kasalliklarni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda sanitar-gigienik, epidemiologik va radiatsion xavfsizlik barqaror bo‘lib boshqa davlatlardan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Kalit so’zlar: tibbiy profilaktika ishi, vrach umumiy gigienist epidemiolog, davlat sanitariya nazorati, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar, sanitariya- epidemiologik vaziyat. Insoniyat bugungi kunda juda katta miqdorlardagi fizikaviy, kimyoviy, biologik va ijtimoiy-gigienik omillar ta’sirida yashamoqda, Bu omillarning tabiati va ta’sir etish darajasi u yoki bu ko‘rinishdagi patologiyaning kelib chikishini belgilab beradi. Mas., Butun Dunyo Sog‘liqni saqlash Tashkilotining bergan ma’lumotiga ko‘ra 80% kasalliklarning kelib chiqishi sifatsiz ichimlik suvini iste’mol qilish bilan bog‘liqdir. Shuning uchun aytish lozim-ki, ko‘pchilik kasalliklarni oldini olishda atrof Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 267 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT muhit omillari inson organizmi uchun muvofiq yoki juda bo‘lmasa befarq bo‘lishi lozim. Atrof-muhitni asrash, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf qilish va turli kasalliklarni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda sanitar-gigienik, epidemiologik va radiatsion xavfsizlik barqaror bo‘lib boshqa davlatlardan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Tibbiy profilaktika ishi shifokorlarning mehnati tufayli Respublikamizda vabo, o‘lat, bezgak, kuydirgi, poliomielit kabi o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklar bartaraf etildi. Atrof muhitning shunday parametrlari gigienik me’yorlar, qoidalar, reglamentlari hisoblanadi, ularni ko‘pincha "gigienik normativlar" deb nomlanadi. Ammo shuni hisobga olish kerak-ki, keltirib o‘tilgan barcha gigienik normativlar uchun o‘zining xususiyatlari mavjuddir. Gigienik me’yorlar, qoida bo‘yicha doimo faoliyat ko‘rsatuvchi va inson uchun kerakli omillar hisoblanadi. Mas., ovqatlanishning gigienik me’yorlari, mikroiqlim me’yorlari, suv iste’moli me’yorlari mavjud (jadvallarni ko‘rsatish lozim). Gigienik (sanitar) qoidalar - tabiatda bor bo‘lgan u yoki bu omilga bo‘lgan gigienik talablarning og‘zaki ta’rifi hisoblanadi. Mas., sanitariya qoidalariga suv manbaini tanlashga bo‘lgan talablar yoki suv manbai atrofiga o‘rnatiladigan sanitariya himoya zonalarini aytish mumkin. Sanitariya qoidalari ko‘pincha ularning tarkibiga muayyan gigienik me’yorlarni yoki reglamentlarni kiritilishini taqozo qiladi. Shundan kelib chiqib, eng muhim gigienik normativlardan biri bo‘lgan SanQ va M (sanitariya qoidalari va me’yorlari) nomini aytish mumkin. Gigienik reglamentlar deganda odam organizmiga negativ ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan o‘rnatiladigan me’yorlarni nazarda tutadi. Bu omilning ta’sir ko‘rsatish tabiatiga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi: REK (PDK) - ruxsat etiladigan konsentratsiya (misol , havo, suv, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘ladigan kimyoviy moddalarga 30 o‘rnatilgan REKlar), RED (PDU) - ruxsat etiladigan daraja (misol, shovqin, tebranish va radioaktiv ifloslanishlarning RED lari), RED (PDD) - ruxsat etiladigan doza (mas., ionlantiruvchi nurlarning RED ). Har qanday holatda Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 268 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ham ruxsat etiladigan degan so‘z shu ma’noni beradi-ki, shu miqdordan oshib ketgan sharoitda bu omillar shu odamning o‘zigagina emas, balki uning kelgusi avlodi uchun ham xavfli hisoblanadi. Gigienik normativlar sanitariya-epidemiologiya nazorati faoliyatining asosi hisoblanadi, chunki DSENM ning asosiy vazifalari ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratida gigienik normativlarning bajarilishini nazorat qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi dagi gigienik normativlar. Gigienik normativlarning yaratilish jarayoni - ko‘p bosqichli murakkab ilmiy izlanish natijalari va tashkiliy tarkibga egadir. Ammo, har qanday holatda ham gigienik me’yorlashtirish va reglamentlash quyidagi asos bo‘luvchi prinsiplarga hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak: 1.Gigienik normativlarning davlat xarakteriga ega ekanligi. O‘zbekiston Respublikasi da sanitariya nazorati davlat xarakteriga ega, shuning uchun barcha gigienik normativlar ham davlat xarakteriga egadir. Ishlab chiqilgan har bir normativ ko‘p bosqichli tekshirishlardan (ekspertiza) o‘tkaziladi, O‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasidagi Davlat Sanitariya Nazorati haqidagi Qonun (1992) ga muvofiq qonuniy kuchga egadir. 2.Tekshirilgan omilni amaliyotda qo‘llashdan oldin shu omilga nisbatan ilmiy asoslangan reglament ishlab chiqilishi shart. 3.Xavfsizlik prinsipi (yoki omilning tibbiy-biologik ko‘rsatkichlari): Gigienik normativlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda shu omilni
Доказательный фрагмент
«Atrof-muhitni asrash, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf qilish va turli kasalliklarni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb mavzusi hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAtrof-muhitni asrash, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf qilish va turli kasalliklarni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reproductive health, “Qizlar salomatlik markazlari”, “Ayollar maslahatxona”lari, tibbiyot brigadalari, reproduktiv salomatlik, “Ona va bola skrining”, Perinatal markaz., perinatal centers, family and children's polyclinics, perinatal markazlar, inclusive education, inklyuziv ta’lim, oilaviy va bolalar poliklinikalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025