К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDULLA ORIPOV SHE‘RIYATIDA ONA TIMSOLI ( “ONAJON” SHE’RI MISOLIDA)

SHE’RI MISOLIDA) · Marjona Nabiyeva · Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev · XIU o‘qituvchisi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Abdulla Oripov's poem "Mother" is composed of one of the most innocent forms of human feelings, mother's love, deep suffering and filial love caused by her absence. This work is one of the most beautiful and close to the heart examples of the poet's work, which reflects on the highest values of human life. Key words: Dream and reality, poetry, mother figure, loyalty, dream. Abdulla Oripov XX asr o‘zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biri hisoblanadi. Ona haqida she’rlar va umuman ona obrazi shoir ijodidagi ayol obrazining yanada jozibadorligini mukammallashtiradi va bu timsolni oliy maqomlarga olib chiqadi. Shoirning “Onamga xat”, “Onajon”, “Ona”, “Alisherning onasi”, “Onamni eslab” singari she’rlarida ona timsolining orqali gavdalantirilishi har bir insonning qalbiga chuqur yetib boradi. Masalan, bunga misol qilib shoirning “Onajon” she’rini olishimiz mumkin. Bu she’r shoirning mumtoz asarlari sarasiga kiradi. Abdulla Oripovning ushbu she’ri ona siymosi, uning beqiyos mehri, fidokorligi va farzand hayotidagi o‘rnini yuksak darajada aks ettiradi. Shoir onasining vafotidan keyingi iztiroblarini yurakdan his qiladi, uning tushlariga kirib, o‘z yoniga Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 282 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT chaqirishi, mehr bilan bag‘riga tortishi tasvirlanadi. Bu faqat shoirning shaxsiy kechinmalari emas, balki har bir insonning boshidan o‘tadigan ona yo‘qotish iztirobi, ruhiy bo‘shliq va armondir. Shoir onaning qadr-qimmati, uning shafqati va fidokorligini yuksak baholaydi. Ayniqsa, onaning vafotidan oldin ham farzandining baxti haqida qayg‘urgani, uning kelajagini o‘ylagani, o‘zining o‘limidan-da ortiq farzandining hayotini ustun qo‘ygani chuqur falsafiy ma’noga ega. She’r shoir uchun ona siymosi nafaqat hayotda, balki o‘limdan keyin ham muqaddas ekanini ko‘rsatadi. She’r uch qismdan iborat bo‘lib, har biri ona va farzand o‘rtasidagi rishtalarni turlicha yoritadi. Onaning tushlarga kirishi, ona mehri va ayriliq iztirobi aks etgan birinchi qismda shoir tushlarida onasini ko‘radi. U o‘zini tush va haqiqat o‘rtasida azobda his qiladi. Onasi unga oq mato tutgan holda uni chaqiradi, bu esa o‘lim va ona mehri o‘rtasidagi nozik bog‘liqlikni anglatadi. Ona mehr bilan bolalikni eslatadi, beshik va allani yodga soladi. Lekin birdaniga tush dahshatga aylanadi – shoirga onaning yo‘qligi ayon bo‘ladi va u uyg‘onib ketadi. “Qo‘llarida oq elpig‘ich” – oq mato hayot va o‘lim o‘rtasidagi ramziy belgidir. “Yotar payting bo‘ldi-ku, der, Kela qol, der, bolajon” satrida esa ona farzandiga tinchlanishini aytadi, lekin aslida bu uning o‘lim sari chorlayotganidan darakdir. Onaning fidokorligi va oxirgi vasiyati bilan boshlanuvchi ikkinchi qismda ona umrining so‘nggi damlarida ham faqat farzandining kelajagini o‘ylaydi. U hatto o‘zining o‘limidan ko‘ra farzandining to‘yini muhimroq deb biladi. Shoir onaning bu fidokorligini yurakdan his qiladi va uning shafqati oldida ojizligini anglaydi. Ona o‘z hayotidan kechib, farzandining kelajagini o‘ylashi orqali uning kelajak baxtiga ishora qiladi: “Sen otamga pul beribsan Yostig‘imning ostidan Aytibsanki onasizlik Kelmasin hech uyiga Sarf qilingiz, menga emas, Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 283 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Abdullaning to‘yiga”. [A.Oripov, 2000:107] “Yo‘qmidi hech o‘zga gaping, – Nola qilib so‘ylasang…” – Shoirning o‘z onasiga nolasimon murojaati, iztirobini yanada kuchaytiradi. She’rning so‘nggi – uchinchi qismida shoir onasining so‘zlarini yodga oladi. Onasi unga shoir bo‘lishni orzu qilganini aytgani, shoir esa o‘zini onasi istaganday yuksak shoir bo‘lishga munosib deb bilmaydi. Uning iztiroblari faqat onani sog‘inish bilan cheklanmay, balki unga munosib bo‘lish istagi bilan ham bog‘liq edi: “Onajonim, senga bo‘lsin, Senga bo‘lsin...” – bu so‘zlar onaga bo‘lgan cheksiz hurmat va mehrni aks ettiradi. Bu she’r hayotning eng og‘riqli haqiqatlaridan birini – onani yo‘qotish iztirobini yoritadi. Shoir inson hayotining o‘tkinchiligi, o‘limning mohiyati haqida mulohaza yuritadi. Xulosa qilib aytganda, Abdulla Oripovning “Onajon” she’ri inson qalbining eng chuqur tuyg‘ularini aks ettiruvchi, ona mehri va farzand iztirobi haqida yozilgan eng samimiy she’rlardan biridir. Shoir o‘z kechinmalarini oddiy shaxsiy dard sifatida emas, balki butun insoniyatga xos ona va farzand o‘rtasidagi ilohiy bog‘liqlik sifatida ifodalagan. She’r o‘qigan odamga ona qadri, uning mehribonligi va fidokorligi haqida chuqur fikr yuritishga undaydi. Bu she’r faqat bir shoirning ijodi emas, balki har bir kishining yuragidagi eng nozik tuyg‘ularni aks ettiradigan umrboqiy ona siymosini ulug‘lovchi yuksak falsafiy asardir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Oripov A. “Tanlangan asarlar” – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti. 2000 2. Maqsuda Ergasheva “Abdulla Oripov she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari” maqolasi. Ziyo.net.uz 3. Quronov D. “Adabiyotshunoslikka kirish”. – Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2019 Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Мар

Доказательный фрагмент

«Abdulla Oripov's poem "Mother" is composed of one of the most innocent forms of human feelings, mother's love, deep suffering and filial love caused by her absence.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdulla Oripov's poem "Mother" is composed of one of the most innocent forms of human feelings, mother's love, deep suffering and filial love caused by her absence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dream and reality, poetry, mother figure, loyalty, dream, sadoqat, Tush va haqiqat, she’riyat, dream., orzu, ona siymosi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники