К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDULLA ORIPOVNING "ESLASH" SHE’RI TAHLILI

Shoxijaxon Islomov · Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev · XIU o‘qituvchisi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Poetry is one of the most powerful means of reflecting human thinking, emotional experiences and life experiences. The poem "Remembering" is about the dangers and trials in human life and the philosophy of overcoming them, and it describes the complex ways of life. In this article, we will scientifically analyze the poetic and philosophical features of the poem. Key words: spiritual experience, fear, salvation, life trials, memory. Abdulla Oripov ijodi o‘zbek she’riyatining eng yorqin sahifalaridan biri bo‘lib, u jamiyatdagi o‘zgarishlarni, insoniyatning o‘zligini izlashni va vatanparvarlikni o‘z asarlarida aks ettirgan. Uning asarlari ham badiiy, ham falsafiy jihatdan katta qiymatga ega bo‘lib, ular nafaqat o‘zbek, balki xalqaro miqyosda ham o‘z o‘rnini topgan. Abdulla Oripovning she’rlari ko‘plab mavzularni qamrab olgan: milliy g‘urur, vatan sevgisi, inson hayotining ma’nosi, tabiat va uning go‘zalligi, ijtimoiy adolatsizliklar va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalar. Uning she’rlarida ko‘p hollarda xalqning og‘ir tarixiy yo‘li, ular duch kelgan og‘irliklar va umidlar tasvirlanadi. U o‘z asarlarida qat’iyat, iroda va insonning haqqoniylikni izlashdagi kurashini ta’kidlagan. Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 290 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT "Eslash" she’ri inson hayoti davomida duch keladigan xavf-xatarlar va sinovlar haqida hikoya qiladi. Muallif bir necha marta o‘limga juda yaqin bo‘lgani, ammo har safar omon qolganini eslaydi. Ushbu sinovlar faqat tabiiy ofatlar yoki hayvonlar bilan bog‘liq emas, balki insonlar orasidagi xiyonat va g‘araz ham she’rdagi asosiy tahdidlardan biri sifatida tasvirlanadi. She’rning har bir bandi hayotiy xavfli holatni tasvirlash bilan boshlanadi va muallifning undan qanday qutulganini ta’kidlash bilan yakunlanadi. Bu esa inson hayotidagi o‘zgarishlar va sinovlar doimiyligini ko‘rsatadi. She’rda bir nechta muhim poetik usullar qo‘llangan. She’rning har bir bandi "Eslasam, entikib ketaman hamon" satri bilan yakunlanadi. Ushbu usul takrorlanuvchi ruhiy kechinmalarni kuchaytirib, o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatadi. "Bir qadam narida jarlik – halokat" – hayot yo‘llarining xavfli ekanligi, qaltis lahzalar inson hayotining ajralmas qismi ekanligini bildiradi. "Baloyi azimday quturdi to‘lqin" – tabiiy ofatlar va hayotning beqarorligi ifodalanadi. "Umrimni egovlab yedilar butun" – insonning umrini atrofdagi yovuz niyatli kishilar asta-sekin yemirishi tasvirlanadi. Bu yerda insoniy hayotga bo‘lgan kinoyaviy qarash mavjud. She’rda ko‘plab antitezalar uchraydi, ya’ni qarama-qarshi ma’noli tushunchalar orqali ta’sir kuchaytiriladi: – Hayot va o‘lim o‘rtasidagi nozik chiziq: "Qanday o‘tgan edik u yo‘ldan omon?" – Yaxshi va yomon insonlar o‘rtasidagi tafovut: "Nokaslar ham bo‘ldilar yo‘ldosh" – Qo‘rquv va najot o‘rtasidagi bog‘liqlik: "To‘rtta bo‘ri bizni olgandi o‘rab, Ufqda to‘rt otliq ko‘rindi birdan". She’rda vaqt tushunchasi chuqur aks ettirilgan. Har bir bandda eslash (xotira) asosiy mavzu sifatida gavdalanadi. Bu esa she’rga retrospektiv (o‘tgan voqealarni eslash) ruh bag‘ishlaydi. Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 291 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ijodkor hayotni imtihon sifatida ko‘radi. "Tiriklik aslida imtihon ekan…" misrasi bu fikrni ochiq ifodalaydi. Hayot inson uchun to‘sqinliklar bilan to‘la bo‘lsa- da, ulardan o‘tish inson irodasiga bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi. She’rda insonning tirik qolish instinkti juda kuchli ekani ko‘rsatilgan. U qanday vaziyatda bo‘lishidan qat’iy nazar, yashash uchun kurashadi va najot topadi. She’rning oxirgi bandi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga alohida urg‘u beradi: – Ba’zi insonlar shaxsning hayot yo‘lida yordam bersa, boshqalari unga zarar yetkazishga harakat qiladi. – Muallif hayotining oxirgi yillarida o‘zining barcha sinovlardan o‘tganiga ishora qiladi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, "Eslash" she’ri inson hayoti davomida duch keladigan qiyinchiliklar, xavf-xatarlar va hayot sinovlariga bag‘ishlangan. Unda poetik san’atning turli vositalari orqali muallifning chuqur hissiyotlari ifoda etilgan. She’rning badiiy tuzilishi, takrorlar orqali o‘quvchiga ta’sir qilish usullari va falsafiy ma’nolari uni o‘ziga xos ijodiy namunaga aylantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1. Орипов А. Эҳтиёж фарзанди. – Тошкент.: Ёш гвардия нашриёти.1988. 2. Yo’ldoshev Q, Qodirov V, Yo’ldoshbekov J. Adabiyot, Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – Toshkent.: O’zbekiston, 2019. 3. Oripov A. Tanlangan asarlar. – Toshkent.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiya-dorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2019. 4. Afoqova N. Abdulla Oripov lirikasida badiiy san'atlar: – Toshkent. 1997. 5. Ashurova G. Abdulla Oripov she'riyatida an'ana va badiiy falsafa (obraz, g'oya va tasvir). Toshkent. 2008. 6. Begimqulov D. She'riyatimiz yulduzi. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. – Toshkent. 2000. Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 292

Доказательный фрагмент

«Poetry is one of the most powerful means of reflecting human thinking, emotional experiences and life experiences.»

Образец извлечения

Демо-превью

Poetry is one of the most powerful means of reflecting human thinking, emotional experiences and life experiences. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spiritual experience, fear, salvation, life trials, memory, najot, ruhiy kechinma, memory., qo‘rquv, xotira., hayot sinovlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники