К содержанию
РецензированоEN2025

“MAYMUN YETAKLAGAN ODAM” HIKOYASI OBRAZLARI TAHLILI

Yulduz Olimova · Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev · XIU o‘qituvchisi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

It is no secret that there are different opinions about Nazar Eshanqul in literary studies. This is probably related to the writer's personality and unique nature. If you observe his work, you won't notice vices such as "adaptation" to the requirements of the time, and greed for titles and ranks. And most importantly, his characters are also in this mood. The author tried his hand at both realism and modernism, and earned the reader's trust in both. Key words: Komsomol, loneliness, press, photo, value, Pampea. Nazar Eshonqul o‘zbek adabiyotiga o‘zining o‘zgacha yo‘nalishi va o‘z olami bilan kirib keldi. Uning asarlarini tushunish, o‘qish va tahlil qilish uchun hikoyadagi har bir detalga, voqelikka hattoki qo‘shimchalarga ham boshqa rakursdan qarash kerak. Har bir so‘z o‘zida sirli tilsimni va boshqa ma’noni olib yuradi. “Maymun yetaklagan odam” Nazar Eshonqulning adabiyot oshnolari orasida mashhur hikoyalaridan biridir. Asar sarlavhasiyoq odamni o‘yga to‘ldiradi. Odam maymunni yetaklayaptimi yoki maymun odamnimi?! Har kim dunyoni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi deganlaridek, hikoya nomini ham har kim o‘zicha tahlil qiladi. Kimdir Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 293 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT odam maymunni yetaklayapti degan fikrda sobit tursa, yana kimdir buning aksini aytadi. Asar boshida ta’riflangan chol obraziga to‘xtaladigan bo‘lsak, “sharti ketib, parti qolgan” ya’ni hech nimasiz, yo‘qotadigan narsasi yo‘q, ruhsiz bir jasad kabi ta’riflarni eshitamiz. Bu ruhsiz jasadning jahldor ma’budlarga o‘xshatilganligi ham bejiz emasdi. Go‘yo u egnidagi elliginchi yillarning andozasida tikilgan ancha salobatli kiteliga o‘xshab o‘z zamonasining eng zo‘ri edi, hozir esa eski o‘rindig‘i kabi (“hayot chashmasining bir chetidagi unitilgan toshdek”) ko‘rimsiz buyumga aylandi. Asarni bizga hikoya qilib berayotgan talaba aslida o‘z hayot so‘qmog‘ini topa olmagan sargardon kabi edi. Hayotning chigal va murakkab, tushunarsiz, jumboqli yo‘lkalari bizni shu qadar ojizlashtiradiki, buning qanday bo‘lganini bilmay ham qolamiz. Katta hayot o‘yinida yutqazib qo‘yganini sezgan chol atrofdagi odamlarga adovat bilan tikilardi, buni ko‘rgan talabaning yuragi g‘ash tortib ko‘ngli behuzur bo‘ladi, kayfiyati buziladi. Aslida salom-alikdan nariga o‘tmagan bu ikki dunyo odamlarida qanday adovat bo‘lishi mumkin?! Balki, ikkisi ham bir-biriga qaraganda o‘zini ko‘rgandir. Biri ko‘zlari porlab turgan, hali yuzida hayot barqib turgan yoshlikni, biri osilgan qovoqlar orasidagi hayotning tun kabi vahimali va tund nigohlarini o‘zida aks etgan yutqazgan odam qiyofasini ko‘rgandir. Nazar Eshonqul hikoyalaridagi yana bir element diqqatimni tortdi. Ya’ni, “badbo‘y hid”. Cholning avvalgi kasbi tufayli olingan hashamatli uyining har burchagidan chirkin va badbo‘y hid kelardi. Yozuvchi bu hid “qor ostida qolib qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan gulzordan kelardi”, – degandi. Xuddi cholning qachonlardir dengiz mavjlaridek bir-biriga bas qilib tug‘yon urgan nekbin tuyg‘ulari yillar qirg‘og‘iga urilib yo‘qlikka yuz tutgani kabi. Cholga ovqat olib kirgan yigitcha unga e’tiborsiz nazar tashlab, hafsalasizlik bilan bo‘yoq bo‘lgan qo‘llari va ko‘kargan tishlariga termularkan negadir unda ya’na jahldor ma’bud qiyofasini ko‘radi. U asabiy va ro‘dapo cholning rassom ekanligiga ishonmasdi. Chol axlatni ko‘rsatgandek jirkanish bilan ko‘rsatgan suratlar oldiga borar ekan, u chol haqida eshitganlarini xayolidan o‘tkazdi. Chol yigirmanchi yillarda komsomol bo‘lgan, o‘ttizinchi yillarda yangi hayot uchun bosmachilarga Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 294 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qarshi kurashgan, mas’ul vazifalarda ishlab pensiyaga chiqqan. Cholni osmon-u falaklarga ko‘targan yigirmanchi yillar shamoli uni ko‘p narsalardan mahrum qildi. Oilaviy baxt, qadriyat, ishonch, sevgi, otalik va eng muhumi o‘zlikdan. U buni o‘zining rasmlarida yaqqol tasvirlagan deyish to‘g‘ri bo‘lsa, 1926-yilda chizilgan “Maymun yetaklagan odam” tasvirida o‘zida ishonch, qat’iyatli, matonatli, ruhan va jismonan kuchli odam tasviri tushirilgan. Suratdagi bo‘yoqlar yorqin va aniq tasvirlangan. Har bir insonning ichidag ikkita “yaxshi” va “yomon” meni uni har qayoqqa yetaklaydi. Suratdagi ”men” maymun obrazida tasvirlangan va u maymunni quyuq o‘rmondan yetaklab chiqardi. Unga solingan kishan ham tarang tortilgan xuddi hozir uzilib ketadigandek. Vaziyat shu darajaga bordi – kishan uzildi. U mansabga ko‘tarildi, ammo inkor etib ham muhokama etib ham bo‘lmaydigan buyruqlar, kim uchundir yomon ishlar, ayolining xastalik tufayli vafot etishi, yakka-yu yolg‘iz o‘g‘lining ichkilik va ayollarga bo‘lgan mayli va qamalishi uning suratlarida aks etdi. So‘nggi o‘n yillikda tasvirlangan suratlar “Pampeyani eslatardi, sirli maxluqlar, ma’suma qizlar, yalong‘och ayollar, to‘q ranglar va tushunarsiz chizgilar hayotining tushunarsiz va ma’nosiz kechayotganidan dalolat berardi. Chol so‘nggi suratini chizar ekan unda hech nimaga qiziqish qolmagandi. U hayotning rang-barang bo‘yoqlarini ko

Доказательный фрагмент

«It is no secret that there are different opinions about Nazar Eshanqul in literary studies.»

Образец извлечения

Демо-превью

It is no secret that there are different opinions about Nazar Eshanqul in literary studies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Komsomol, loneliness, press, photo, value, Pampea, surat, Pampeya., Pampea., yolg‘izlik, bosmachi, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники