К содержанию
РецензированоUZ2025

YURIDIK TA’LIMDA VA HUQUQSHUNOS KASB FAOLIYATIDA ‘SUN’IY INTELLEKT”NING O’RNI VA AHAMIYATI

Avliyoqulov Adham Alisherovich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida ma’lumotlar, sun’iy intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda huquqshunos faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq qilinishi lozim bo’lgan ishlar va uning ravnaqida olib borilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy soha va yuridik tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni har tomonlama hal qilishda va ularni rivoj topdirishda sun’iy intellektning o’rni va roli haqida so’z yuritilgan Kalit so’zlar: IT, Sun’iy intellect, data science, bashoratli model, ma’lumotlar vizualizatsiyasi, psixologiya, kiberxavfsizlik va h.k Hozirgi rivojlanayatgan dunyo taraqqiyotida “sun’iy intellekt”, “data science” ya’ni “ma’lumotlar fani”ning o’rni beqiyos bo’lib, yirik hajmda ishlab chiqilgan ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda ko’pgina sohalarning asosiy tarkibini tashkil etadi. Glaballashayotgan dunyo taraqqiyotini zamonaviy texnologiyalarsiz, yangi texnika, yuqori darajada takomillashgan innovatsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin, albatta. Buni davrning o’zi ham talab qilmoqda. IT sohasida ham “sun’iy intellekt” mavzusi markaziy o’rinlardan joy olib, ko’plab marotaba omma tomonidan turli xil muhokamalarga sabab bo’loyatganligi bejizga emas. Sifatli, qulay va barcha uchun manfaatli ushbu yo’nalish ko’plab kompaniyalarni qiziqtirib qo’ydi va bundan ushbu kompaniyalar sohada o’z taraqqiyot yo’lini qurdi. Kompaniyalar mijozlar talab va ehtiyojlarini qondirish hamda o’z biznes g’oyalarini amalga oshirishda “sun’iy intellekt”dan foydalanishni yo’lga qo’ya boshladilar. Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 58 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bizga ma’lumki, sun’iy intellekt – yirik hajmdagi ma’lumotlarni qayta ko’rib chiqish, qayta ishlash, tendensiya va naqshlarni aniqlash uchun data science, statistika, matimatika va kampyuter fanlarini birlashtirgan fanlar majmuasi hisoblanadi. U bashoratli modellar, ma’lumotlar vizualizatsiyasi hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi. Aynan ushbu jarayonlarning muvaffaqiyatli yurist karerasida o’rni katta bo’lib, yuqori samaradorlikka erishishning poydevori desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki huquqshunos uchun “tahlil qilish” ko’nikmasi asoslangan nutqni ijod etishda, huquqiy muammolarni aniqlashda va ularni analiz qilishda hamda ularga huquqiy yechim topishda, qonun loyihalarini tayyorlashda g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom tamoyiliga hamohang ravishda huquq to’g’risidagi yangi g’oyalarni ishlab chiqish, kuzatuv monitoringi, chuquq tahlil orqali, ayblanuvchi, jabrlanuvchi hamda guvohning ko’rsatmalari yordamida ziddiyatlarni ochish va bartaraf etish, sud versiyasini qurish, opponentlarning aniq asoslanmagan fikrlarini rad etish, rasmiy hujjatlarni puxta va asoslangan tarzda tuzishga yordam beradi. Mazkur ko’nikma va tamoyillarni, turli xil yondashuv va usullarni amalda qo’llash orqali malakali kadrlar o’z kasbining mutaxassisiga aylanishadi. Bashoratli model – huquqshunos va yuristlarning optimal qarorlar qabul qilishlari uchun subyektlar va obyektlarning kelajakda yuz berish ehtimoli mavjud bo’lgan xatti harakat yoki holatni bashorat qilishga qaratilgan usul sinfidir. Bashoratli modellar yordamida huquqshunoslar ma’lumotlar yig’ish usullaridan, qonunchilik nazaryasini qo’llash usullaridan, statistik usullardan foydalanadi hamda kelajakdagi voqealar haqida bashorat qilish uchun hozirgi va tarixiy faktlarni tahlil qiladi. Odatda, modellar ma’lum bir shartlar to’plamiga oid bo’lgan potensial yoxud xavfni baholash, yuzaga kelgan shartnoma va kelishuvlar bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun ular o’rtasidagi bir qator munosabatlarni qamrab olishga xizmat qiladi. Ma’lumotlar vizualizatsiyasi – og’izaki va aqliy tasvirlarni vizual tasvirlarga o’girish jarayoni hisoblanib, huquqshunos, yurist faoliyatining asosiy jabhalaridan biri hisoblanadi. Chunki u g’oyalar va xotiralarni boshqarish, vujudga kelgan vaziyat Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 59 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hamda holatlarni faol tasavvur qilish va tasvirlay olish ko’nikmalarini o’zida mujassamlashtiradi. Ushbu yondashuvlar muvaffaqiyatli yurist va huquqshunos faoliyati karerasida alohida ahamiyatga ega bo’lib, mijozlar bilan bo’lgan munosabatlarda as qotadi. Inson psixologiyasini mukammal o’zlashtirish orqali mijozlar bilan bo’lgan munosabatlarda ularni tushuna bilish, tinglash, ularning muammo va masalalariga samarali yechim topish, paydo bo’lgan kamchiliklarni va yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish mumkin. Ushbu psixologiyada vizualizatsiya og’izaki hamda aqliy tasvirlarni vizual tasvirlarga aylantirish imkonini beradi. Yuridik sohada sun’iy intellektning o‘rni va roli borgan sari kundan kunga ortib bormoqda. Sun’iy intellekt yordamida murakkab bo‘lgan vazifalar, huquqiy yordam va yuridik yechim talab qiladigan holatlar har tomonlama, ko‘p vaqt talab etilmagan holda hal qilinmoqda. Bu, albatta, ijobiy natija, ammo shu bilan birgalikda sun’iy intellektni tartibga solish

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida ma’lumotlar, sun’iy intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda huquqshunos faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq q…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida ma’lumotlar, sun’iy intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda huquqshunos faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bashoratli model, IT, psixologiya, Sun’iy intellect, data science, ma’lumotlar vizualizatsiyasi, kiberxavfsizlik va h.k
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники