Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KISHILIK TARIXIDA INSONPARVARLIK G‘OYALARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI · Feruza G‘OZIYEVA
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Humanistic ideas have been strengthened in the historical development of various nations and peoples based on important situations, innovations and social approaches. This article discusses the formation of these humanistic ideas in human history. Keywords: humanism, idea, social education, scientist, research, thought, value. Аннотация: Гуманитарные идеи укрепились на основе важных ситуаций, обновлений и социальных подходов, испытанных различными нациями и народами в их историческом развитии. В данной статье говорится о формировании этих гуманитарных идей в личной истории. Ключевые слова: гуманизм, идея, социальное образование, аллома, исследование, мысль, ценность. Shaxsda insoniylik fazilatini yuzaga chiqarish, rivojlantirish masalasi tarbiya g‘oyalari shakllangan, pedagogik fikrlar dastlabki vujudga kelgan paytdan boshlab tadqiq etilgan. Shaxsda insonparvarlik fazilatini shakllantirish, rivojlantirish masalasi o‘z mazmuni, ijtimoiy roliga ko‘ra klassik xususiyatga ega. Ya’ni ushbu masala Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 179 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT barcha zamon va makonlarda shaxs tarbiyasini tashkil etishda markaziy o‘rin egallagan. Insoniyat tarixidagi ilk insonparvarlik g‘oyalarining eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikda shakllangan. Aynan shu vaqtda Qadimgi Xitoyda Konfutsiy g‘oyalari keng yoyiladi. Ijtimoiy falsafa tarixida Konfutsiy ilk insonparvar-pedagog va faylasuf sanaladi. Konfutsiy ijtimoiy tarbiyaning asosini belgilar ekan, barcha uchun namuna bo‘la oladigan shaxs qiyofasini yaratadi. “Allomaning g‘oyalarida komil inson o‘zida boshqalarga muhabbatli, shafqatli, insonparvar bo‘lishi; barcha ishda odillik; rasm- rusum, odob-axloq qoidalariga amal qilishi; fahmli, sog‘lom fikrlovchi, bunyodkor bo‘lishi; erkin, halol, vijdonli bo‘lishi”1. Mashhur pedagog va faylasufning ta’limoti to‘liq insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan. Xususan, allomaning “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsangni boshqalarga ham ravo ko‘rma”, “Insonparvar odam – insonlarni yaxshi ko‘radi”, “Ota-onani avaylash, aka-ukalarning so‘ziga quloq tutish – insonparvarlikning asosi”, “Tilida mehribon bo‘lgan kishilarda insonparvarlik oz bo‘ladi”, “Yoshlar o‘z uyida ota- onasini, aka-ukalarini so‘zsiz e’zozlashi, ostona hatlab ko‘chaga chiqqach esa yor-u do‘st va kattalarning hurmati-izzatini joyiga qo‘yishi, ishga mas’uliyat, ehtiyotkorlik bilan yondashishi, bergan va’dasida turishi, xalqiga mehr qo‘yishi va insonparvar kishilarga yo‘ldosh bo‘lishi kerak”, “Insonparvarlik fazilatiga ega bo‘lmagan kishi uzoq vaqt qashshoqlikda ham farovonlikda ham yashay olmaydi. Insonparvar kishiga insonparvarlik huzur bag‘ishlaydi. Aqlli odamga insonparvarlik foyda olib keladi”, “Kimki chin dildan insonparvarlikka intilsa, u hech qachon yomon ishlash qilmaydi”, “Olijanob inson tamaddi qilayotganda ham insonparvarlikka orqa o‘girmaydi. U nihoyatda tig‘iz soniyada ham insonparvarlikka tayanib ish ko‘radi. Jahon kezib sargardonlikda yurganida ham insonparvarlikka amal qiladi””2 kabi qarashlari insonparvarlikning asosi sanaladi. 1 Помелов В. Б. 100 великих педагогов. – М.: Вече, 2018. – С. 10. 2 Конфуций. Суҳбат ва мулоҳазалар. – Т.: Янги аср авлоди, 2014. – 7-41-б. Выпуск журнала №-21 Часть–1_ Март –2025 180 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Rossiyalik tadqiqotchi V.B.Pomelovning fikricha, insonparvarlik qadriyatlari Rim va Yunonistonda yashab o‘tgan avangard pedagoglar, xususan, Suqrot, Aristotel, Platon, Mark Tulliy Sitseron, Mark Fabiy Kvintilian, Kirill va Mefodiy, ta'limotining xarakterli, o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan3. Jumladan, “buyuk alloma Suqrotning ijtimoiy-falsafiy fikrlari markazida inson turadi. Mutafakkir “inson imkoniyatlarini yuqori baholaydi. Tarbiya aynan mana shu imkoniyatlarni amalga oshirishga xizmat qilishi zarur”, deb hisoblaydi. Chunonchi, “Har bir inson – quyosh, faqat unga nur sochishi uchun imkoniyat berish kerak”. A.V.Povilaytisning ta’kidlashicha, “insonparvarlik tushunchasi bizning davrimizgacha bo‘lgan yillarda yuzaga kelgan va hanuzgacha ahamiyatini yo‘qotmagan. Shu bilan birga tushunchaning o‘zi muammoli, bahsli xarakter kasb etadi”4. Mazkur fikrning asosini insonparvarlik masalasini o‘rganishga bo‘lgan yondashuvlarning turlichaligi tasdiqlaydi. Muallif o‘zi tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ko‘rsatkichlariga suyangan holda quyidagicha xulosaga keladi: yuz yillar davomida insonparvarlik g‘oyasining keng targ‘ibida hech bir evolyutsiya yuz bermagan. Gumanizm g‘oyasi dialektikasidagi dinamik o‘zgarishning mohiyatini tahlil qilganda, ta’kidlash joizki, tarixiy rivojlanish jarayonida ro‘y berayotgan hodisa aslida takrorlanishdir, ya’ni insonlarga muhabbat, ularning qadr-qimmatini e’zozlash va huquqlarini himoya qilish muammolariga doimiy qaytishdir. Shu bilan birga, insonparvarlik masalasiga yondashuvda, ayniqsa jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida, uni muayyan davr doirasida hukmron sinf yoki guruh manfaatlariga moslashtirish urinishi kuzatiladi. Qadimgi dunyo falsafasida “insonparvarlik” tushunc
Доказательный фрагмент
«Humanistic ideas have been strengthened in the historical development of various nations and peoples based on important situations, innovations and social approaches.»
Образец извлечения
Демо-превьюHumanistic ideas have been strengthened in the historical development of various nations and peoples based on important situations, innovations and social approaches. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- humanism, idea, social education, scientist, research, thought, tadqiqot, ijtimoiy tarbiya, value., alloma, insonparvarlik, fikr, g‘oya, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025