К содержанию
РецензированоUZ1908

MAQSUD SHAYXZODA IJODINING O’ZBEK ADABIYOTIDAGI TUTGAN O’RNI

TUTGAN O’RNI · Olimjonova Nozima Foziljon qizi

Современное образование и развитие · 1908

Аннотация

Maqsud Shayxzoda nafaqat yetuk ijodkor, balki chuqur bilimli tadqiqotchi ham edi. Uning adabiyotshunoslik sohasida qilgan xizmatlari beqiyosdir. Bundan tashqari u mohir tarjimon ham bo`lgan. Uning yaratgan asarlari manaviy merosimiz va boyligimiz hisoblanadi.Hozirgi kunda juda ko`p joylarga Maqsud Shayxzoda nomiga berilgan. Bundan tashqari uning nomiga medal , stipendiyalar ham ta`sis etilgan. Kalit so`zlar: hayoti , asarlari , she`riy to`plamlar , ocherklar, tarjima kitoblar , falsafa adiblarning fikri , ijodiy do`stlari. Ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug‘ilgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi. San’at va adabiyotni yuksak qadrlagani bois, Oqtosh ziyolilari bilan turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ana shu davralarda suhbatlarda eshitdi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otdi. Hali alifboni tanimagan bo‘lajak shoir chamasi besh yoshlik davrlarida sakkiz-o‘n misrali masal yoza boshlagan. Shayxzoda Oqtoshdagi maktabda ta’lim oldi. Maqsud ziyrakligi, tirishqoqligi tufayli muallimlar e’tiborini qozondi va 1921-1925 yillar davomida Bokudagi Oliy pedagogika institutida sirtdan o‘qidi. Shu yillari u she’rlarini qoralay boshlagan. Bo‘ynoqdagi pedagogika bilim yurtida jamiyatshunoslik fanidan dars bergan Shayxzoda Ozarbayjonni Sho‘rolar davlatidan ajratib olishga urinishda ayblanib, 1928-yilda Toshkentga surgun qilinadi. U Toshkentda hayotining har tomonlama yangi, bahor Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 95 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tarovatidek toza va beg‘ubor davrini boshlashga ahd qiladi, ism-sharifiga jindek tahrir kiritib, Shayxzoda taxallusini qabul qiladi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk marotaba ana shu guruhglarda eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921 yili Boku dorilmualliminiga o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926 yili Adhem Fayziy tashkilotiga a’zo etilgan «Milliy firqa» tashkilotiga a’zo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928 yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda ham ta’qiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q. Muhimi shundaki, Shayxzoda «tole doim erkalamaganiga» qaramay, umrining oxiriga qadar o‘zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko‘rsatdi va O‘zbekiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoldi. Ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug‘ilgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi. Maqsud Shayxzoda san’at va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqgan. Dastlabki sheʼriy toʻplami — „Loyiq soqchi“ (1932). Shundan keyin shahrining „Oʻn sheʼr“ (1932), „Undoshlarim“ (1933), „Uchinchi kitob“ (1934), „Jumhuriyat“ (1935), „Oʻn ikki“, „Yangi devon“ (1937), „Saylov qoʻshiqlari“ (1938), „Kurash nechun?“ (1942), „Jang va qoʻshiq“, „Koʻngil deydiki“ (1943), „Oʻn besh yilning daftari“ (1947), „Yurt sheʼrlari“ (1948), „Zamon torlari“, „Olqishlarim“ (1949), „Yillar va yoʻllar“ (1961), „Sheʼrlar“ (1964) va boshqa sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Shoirning dastlabki ijodida va qisman 50 yillardagi ayrim sheʼrlarida ozarbayjon sheʼriyatiga xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan. Ammo Shayxzoda oʻzbek mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini egallagani sayin uning sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 96 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT roʻy bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, „Oʻrtoq mulk“ (1933), „Chirogʻ“, „Oʻrtoq“, „Meros“, „Tuproq va haq“ (1936), „Ovchi qissasi“, „Iskandar Zulqarnayn“ (1940), „Oʻn birlar“, „Jenya“, „Oqsoqol“ (1943), „Axmadjonning hikmatlari“, „Uchinchi oʻgʻil“ (1944), „Nurmat otaning tushi“ (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30-40 yillardagi sheʼriyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shayxzoda lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy quril

Доказательный фрагмент

«Maqsud Shayxzoda nafaqat yetuk ijodkor, balki chuqur bilimli tadqiqotchi ham edi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqsud Shayxzoda nafaqat yetuk ijodkor, balki chuqur bilimli tadqiqotchi ham edi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hayoti, tarjima kitoblar, ijodiy do`stlari., asarlari, she`riy to`plamlar, ocherklar, falsafa adiblarning fikri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники