К содержанию
РецензированоUZ1908

MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODINING O’ZBEK MILLIY ADABIYOTIDAGI TUTGAN O’RNI

Olimjonova Nozima Foziljon qizi

Современное образование и развитие · 1908

Аннотация

Maqsud Shaykhzoda was a multi-talented man interested in art, literature, history and philosophy. He was also a skilled translator. His works are our spiritual heritage and wealth. Today, many places are named after Maqsud Shaykhzoda. In addition, medals and scholarships were established in his name. Keywords: life, works, poetry collections, essays, translated books, philosophy, writers' opinions, creative friends. Ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug‘ilgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi. Dastlabki sheʼriy toʻplami — „Loyiq soqchi“ (1932). Shundan keyin shahrining „Oʻn sheʼr“ (1932), „Undoshlarim“ (1933), „Uchinchi kitob“ (1934), „Jumhuriyat“ (1935), „Oʻn ikki“, „Yangi devon“ (1937), „Saylov qoʻshiqlari“ (1938), „Kurash nechun?“ (1942), Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 104 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT „Jang va qoʻshiq“, „Koʻngil deydiki…“ (1943), „Oʻn besh yilning daftari“ (1947), „Yurt sheʼrlari“ (1948), „Zamon torlari“, „Olqishlarim“ (1949), „Yillar va yoʻllar“ (1961), „Sheʼrlar“ (1964) va boshqa sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Shoirning dastlabki ijodida va qisman 50 yillardagi ayrim sheʼrlarida ozarbayjon sheʼriyatiga xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan.Ammo Shayxzoda oʻzbek mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini egallagani sayin uning sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, „Oʻrtoq mulk“ (1933), „Chirogʻ“, „Oʻrtoq“, „Meros“, „Tuproq va haq“ (1936), „Ovchi qissasi“, „Iskandar Zulqarnayn“ (1940), „Oʻn birlar“, „Jenya“, „Oqsoqol“ (1943), „Axmadjonning hikmatlari“, „Uchinchi oʻgʻil“ (1944), „Nurmat otaning tushi“ (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30-40 yillardagi sheʼriyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shayxzoda lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini koʻrgan. U san’at va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqgan. Maqsud Shayxzoda Oqtoshdagi ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921 yili Boku dorilmuallikka o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926 yili Adhem Fayziy tashkilotiga a’zo etilgan «Milliy firqa» tashkilotiga a’zo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928 yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda ham ta’qiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q. Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishlaydi. 1929 yili yosh shoirning o‘zbek tilidagi dastlabki she’ri “Sharq haqiqati” gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi to‘plami “O‘n she’r”, keyinroq “Undoshlarim” Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 105 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935) kabi to‘plamlari nashr etiladi. “Qo‘llar” she’rida qo‘llarda insonning borlig‘ini, uning ichki olamining muhrini ko‘radi. Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qo‘llar” ham “ayovsiz, yovuz, go‘r kabi sovuq, tanbal” qo‘llar ham bor, qisqasi, har bir qo‘l “yurakning navkarlaridir”, yurak neni buyursa, qo‘l shuni ijro etadi deb ta’riflaydi. Maqsud Shayxzoda ijodiy balog‘atidan dalolat beruvchi asarlaridan biri “Toshkentnoma” dostonidir. Adabiy jamoatchilik o‘z vaqtida bu dostonni shoirning adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham,“Toshkentnoma” Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bo‘lib, unda shoir shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bo‘lgan. Dostondagi o‘ziga xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas. Shayxzoda ko‘p qirrali iste’dod sohibi bo`lgan. U she’rlar va dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo‘lgan dramalar ham yaratadi. Shayxzoda umrining so‘ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham, uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi. Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin Manguberdi” (1944) tragediyasida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining jangovar

Доказательный фрагмент

«Maqsud Shaykhzoda was a multi-talented man interested in art, literature, history and philosophy.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqsud Shaykhzoda was a multi-talented man interested in art, literature, history and philosophy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
life, works, poetry collections, essays, translated books, hayoti, ijodiy do`stlari., asarlari, tarjima kitoblar falsafa adiblarning fikri, she`riy to`plamlar, ocherklar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники