Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQ QO‘LYOZMALAR MARKAZI FONDIDA SAQLANAYOTGAN “ARBA’IN” ASARLARI XUSUSIDA
Pulatova Malohat Rixsibayevna.
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В этой стате даются определение и описание рукописей, инвентарний номер которих 3200 и 3294. Эти рукописи произведений «Арбаин» принадлежат перу Шарафиддина ан Нававий и хранятся в фондах институте восточних рукописей имени Абу Райхана Беруни. Annotation: Definitions and description of manuscripts by number of inventory 3200 and 3294 are given in this article. These manuscripts of “Arbain” belong to Sharafiddin an-Navaviu and are kept in funds of Centre of Oriental Manuscripts named after Abu Rayhon Beruniy under Tashkent State Institute of Oriental Studies. Kalit so‘z: qo‘lyozma, arba’in, kalafon, poygir, nastaliq, xattot, xattotlik. Opornie slova: rukopis, arbain, kalofon, paygir, nastalik, palligraf, kalligrafiya. Word combinations: manuscripts, arbain, colophone, poygir, type of letter, poligraph, calligraphy. Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 127 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Islom dinining mohiyati va ahamiyati – insoniyatning botiniy va zohiriy olamini poklashdan iboratdir. Hadislarda islom dini ahkomlari, ya’ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabilardan tashqari axloq, odob, ta’lim-tarbiyaga doir ko‘rsatmalar ham katta o‘rinni egallagan. Shu sababli Sharq mumtoz adabiyotida “Arba’in” yozish an’ana bo‘lgan va arba’in asarlar xalq orasida keng tarqalgan bo‘lib, sevib o‘qilgan. Abu Rayhon Beruniy nomli instituti qo‘lyozmalar qo‘lyozmalar fondida arab, fors va turkiy tillarda yozilgan bir necha o‘nlab “Arba’in” asarlarining qo‘lyozma nusxalari va ularga yozilgan turli sharhlar saqlanmoqda. Jumladan, Muhyiddin Yahyo bin Sharofuddin an-Navaviyning (inv. № 3294-I, inv. № 2439-IV, inv. № 4079-III, inv. № 3200-III, inv. № 8124-I, inv. № 4826-I, inv. № 6437-II, inv.№ 6437-III, inv. № 2131-IV, inv. № 4602-II, inv. № 6262-III, inv. № 8181-II raqamli qo‘lyozma nusxalari) “Arba’in” asari, Jalol bin Muhammad bin Ubaydulloh al-Qoyiniy al- Buxoriy al-Hiraviy (inv.№3294-VI)ning “Arba’in fil ahloq” asari, Usfuriy Muhammad bin Abu Bakr (inv.№ R:5791-VI)ning “Arba’in Usfuriy”si, Majdiddin Sharof bin al-Muyid al-Bog‘dodiyning (inv.№ 3294-III) “Arba’in” asari, Abdulazim al-Qaviy bin Abdulloh al-Mahtadiyning (inv.№ 4990-III) “Arba’in fil ahloq”, Muhammad Nomrodning (inv.№ 12184-II, 12184-III) “Chil hadis manzuma”si, Abu Tohir Muhammad bin Hasan Aliy Ushiyning (inv. № 12484-II) “Arba’in hadisan”, Sayid Ahmad Vasliy Samarqandiyning (inv. № 10337-II) “Chihil hadis” va Muhammad al-Jazariy ash-Shofiyning (inv. №522-II) “Arba’in masoil”, Abduljalil ibn Muhammad Ibrohimning (inv. №5937-I) “Chihil hadis tarjimasi”, Ash-Shayx Muhammad al-Omosaviyning (inv. №5715) “Arba’in al-mavsum bi shifai al-qulub” asari, Amir Sayid (bin) Aliy Shahob Hamadoniyning (inv. №12613-XXV) “Chihil hadis dar sifat fuqaro” va (inv. №12613-XXVI) “Arba’in al-Oliy”, (inv. №12613- XXVII, inv. №480-XXX) “Chihil hadis” asarlari, shuningdek, Abdullatif bin Shayx Sulaymon Turbatiyning (inv. №11587-V) “Chil hadis manzuma” asari, Mir Shayx ibn Nuriddin Muhammad Puroniyning (inv. №4535-II, inv. №4535- III, inv. №3636-III, inv. №3636-VI, inv. №3636-VII) “Chil hadis” asari hamda Muhayyir va Puroniyning (inv. №682-II) “Chil hadis” asarlari va ularning bir Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 128 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT necha nusxalarda mavjud. Shu bilan birga muallifi noma’lum arba’inlar ham talaygina. Arba’in asarlari nusxalari ichida Muhyiddin Yahyo bin Sharofuddin an- Navaviyning “Arba’in” asari turli davrlarda turli xattotlar tomonidan eng ko‘p ko‘chirilgan asar ekanligi aniqlandi. Shu sababli ushbu maqolamizda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharq qo‘lyozmalari markazi fondida saqlanayotgan an-Navaviyning inv. №3200 raqamli va inv. №3294 raqamli qo‘lyozma nusxalarining tavsifini berishni maqsad qildik. Mashhur islom olimi, hofiz, faqih, muhaddis –يوونلا نيدلا فرش نب ئيحي نيدلا يحم Muhyiddin Yahyo bin Sharofuddin an-Navaviy 631/1233 yil Damashqdagi Navo shahrida tug‘ilgan. U 19 yoshidan Damashqning “Ravohiya” madrasasida zamonasining eng mashhur olimlaridan fiqh, hadis, usul kabi turli ilmlarni egallagan. Shuningdek, 665 yildan Damashqning “Dorul hadis al-Ashrafiya” madrasasida dars bergan. Uning 20dan ortiq yozgan kitoblari bor. Sharofuddin an-Navaviy 676/1278 yil Damashqdagi Navo shahrida vafot etgan1. Sharq qo‘lyozmalari institutining asosiy fondida inv. № 3200-III raqami ostida saqlanayotgan Sharofuddin an-Navaviyning يوونلا نيعبرلاا- “al-Arba’in an- Navaviy” asari e’tiborli, to‘liq va qadimiy qo‘lyozma nusxalardan hisoblanadi. Asarning yozilgan yili noma’lum. Navaviy bu asarni yaratishdan ko‘zlagan maqsadi haqida asar muqaddimasida shunday yozadi: “Qirq hadis” yozgan olimlarning ba’zilari aqoidga oid, dinning turli masalalari – zuhd, odob, nasihat va boshqa mavzudagi hadislarni to‘plashgan. Ularning barchasi juda go‘zal yozilgan. Alloh ulardan rozi bo‘lsin. Men esa bu mavzularning hammasidan ham muhimroq bo‘lgan bir mavzuda qirq hadis to‘plashni ma’qul ko‘rdim. Y
Доказательный фрагмент
«В этой стате даются определение и описание рукописей, инвентарний номер которих 3200 и 3294.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой стате даются определение и описание рукописей, инвентарний номер которих 3200 и 3294. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xattotlik., xattot, arba’in, kalafon, nastaliq, qo‘lyozma, poygir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025