Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIYOSIY MATNLAR TARJIMA JARAYONIDA TIL BIRLIKLARINING O‘ZGARISH XUSUSIYATLARI
O‘ZGARISH XUSUSIYATLARI · Kamolova Barchinoy Zaynobiddinovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada siyosiy matnlarni tarjima qilish jarayonida til birliklarining o‘zgarish xususiyatlariga oid muhim masalalar yoritiladi. Shuningdek, tarjima jarayonida tilning grammatik, leksik, va stilistik o‘zgarishlari, shuningdek, siyosiy terminologiya va kontekstning tarjimadagi ta’siri tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: siyosiy matnlar, tarjima, til birliklari, o‘zgarish xususiyatlari, grammatik o‘zgarishlar, leksik o‘zgarishlar, stilistik o‘zgarishlar, terminologiya, kontekst, tarjimon metodologiyasi Hozirgi vaqtda siyosiy tarjima sohasiga talab juda katta. Bu, asosan, xalqaro hamkorlikning turli sohalarda tez sur’atlar bilan rivojlanishi, jamiyatdagi o‘zgarishlarning kuchayishi va dunyo miqyosidagi siyosiy hodisalarning tobora ahamiyat kasb etishi bilan bog‘liq. Bugungi kunda siyosiy matnlarni tarjima qilish ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u nafaqat targ‘ibot vositasi, balki jamoaviy e’tiborni jalb qilish uchun zarur qurolga aylanmoqda. Xalqaro aloqalar kengayib borishi bilan, har yili xorijiy auditoriyaga mo‘ljallangan siyosiy matnlar soni ortmoqda. Bu matnlar orasida davlat, partiya va jamoat arboblarining nutqlari, xalqaro tashkilotlar va hukumatlarning nashrlari, shuningdek, tinchlikni saqlash, qurol-yarog‘ni kamaytirish, tinchlik uchun kurashi va iqtisodiy aloqalar haqida yozilgan maqolalar mavjud. Umumiy tarjima turlari tasnifiga ko‘ra, ikkita asosiy tur ajratiladi: yozma va og‘zaki tarjima. Ushbu ishda aynan yozma tarjimaning jihatlari o‘rganilishi kerak bo‘lganligi sababli, uning turli xil xususiyatlarini va tarjima qilinadigan materiallarning janriga qarab ajratish maqsadga muvofiqdir. Выпуск журнала №-20 Часть–4_ Февраль –2025 415 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Yozma tarjima tushunchasi, ilmiy-texnik tarjima, hujjatlar tarjimasi, gazeta va axborot materiallari tarjimasi, moliyaviy tarjima, reklama tarjimasi, film tarjimasi, badiiy tarjima va gazeta-jurnaldagi jamoat-publitsistik materiallarning tarjimasini o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha, ommaviy-siyosiy tarjima deb, gazeta-jurnal materiallarining tarjimasi tushuniladi1. Tarjima turining funksional va kommunikativ yo‘nalishiga ko‘ra, uchta asosiy tur ajratiladi: badiiy, maxsus va ommaviy-siyosiy (umumiy)2. Ushbu tasnif har bir tarjima turining obyektlarini va vazifalarini aniqlashga, shuningdek, mos keladigan metodlarni tanlashga imkon beradi. Siyosiy matn Jamoat-siyosiy Siyosiy ma'ruza Gazeta matni matni matnlari Shuningdek, ushbu tasnifga ko‘ra, ommaviy-siyosiy tarjima gazeta va publitsistik matnlar, shuningdek, nutqlar va bayonotlarning tarjimasini o‘z ichiga oladi. Bular, manbaning xususiyatiga qarab, axborot, siyosiy yoki ijtimoiy yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha matn turlari "media matnlar" deb ataladi, shuning uchun ushbu tarjima turi ham Media Translation deb nomlanadi. Ommaviy-siyosiy tarjimaning xususiyatlaridan biri shundaki, u badiiy (harakat joyi va ishtirokchilari tasviri) va maxsus tarjima (ma'lum terminologiyaning mavjudligi) elementlarini o‘zida birlashtiradi. Bundan tashqari, ommaviy-siyosiy tarjimani informativ tarjima sifatida ham ta'riflash mumkin, ya'ni uning asosiy 1 Занковец О.В. Электронный учебно-методический комплекс по учебной дисциплине «общественно- политический перевод» для специальности «современные иностранные языки (перевод)». -Минск, 2015 - С.18 2 Ko‘rsatilgan manba, -B.2-6. Выпуск журнала №-20 Часть–4_ Февраль –2025 416 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT vazifasi — ma'lumotlarni yetkazish, badiiy-estetik ta'sir ko‘rsatish emas3. Biroq, informativ xususiyatiga qaramay, tarjimada badiiy elementlar ham mavjud bo‘lishi ehtimoli bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, siyosiy tarjima uchta asosiy turga bo‘linadi: 1) ommaviy-siyosiy matnlarning tarjimasi, 2) publitsistika, 3) siyosiy ma’ruzatarjimasi. Ushbu kategoriyaning umumiy xususiyatlari, tarjima qilinayotgan materialning tashviqot yoki targ‘ibot yo‘nalishi, ya'ni jamiyat fikrini shakllantirish yoki o‘zgartirishga qaratilganligi, shuningdek, uning axborot beruvchi xususiyati va tilidagi munozara elementlari (tildagi klishe, ritorik tuzilmalar, so‘zlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi, gazeta jargonlari, ommaviy-siyosiy atamalar, baholovchi so‘zlar, sleng va xalqona so‘zlar) bilan bog‘liq. Tarjimon ko‘pincha asl matnning uslubini gazeta yoki jurnal uslubiga moslashtirishga majbur bo‘ladi. Ilmiy-texnik matnlarning neytral tilidan farqli o‘laroq, gazeta maqolalarining tili ko‘pincha emotsional jihatdan boy bo‘lib, u badiiy adabiyot tiliga yaqinlashadi. Unda obrazli taqqoslashlar, metaforalar, idiomalar, kulgi, sarxizma, ironiya kabi elementlarni uchratish mumkin. Shuning uchun, ommaviy-siyosiy matnlarni tarjima qilishda, faqat siyosiy va ijtimoiy yo‘nalishni emas, balki barcha emotsional elementlarni ham o‘quvchiga yetkazish juda muhim. Shuningdek, ommaviy-siyosiy tarjima informativ tarjima bo‘lib, uning asosiy maqsadi axborotlarni yetkazishdir, badiiy-estetik ta'sir ko‘rsatish emas. Shu bilan birga, gazeta matni ilmiy-texnik matndan fa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada siyosiy matnlarni tarjima qilish jarayonida til birliklarining o‘zgarish xususiyatlariga oid muhim masalalar yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada siyosiy matnlarni tarjima qilish jarayonida til birliklarining o‘zgarish xususiyatlariga oid muhim masalalar yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- stilistik o‘zgarishlar, tarjimon metodologiyasi, til birliklari, terminologiya, siyosiy matnlar, kontekst, leksik o‘zgarishlar, grammatik o‘zgarishlar, tarjima, o‘zgarish xususiyatlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025