К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLALARDA O'TISH DAVRI INQIROZLARI

Nug’manova Xurliman Sabitovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarning o'sish mobaynida ularda kuzatiladigan o'zgarishlar va “men” konsepsiyasi rivojlanishi va ularning yuqori bosqichga ko'tarilishida xulq-atvorlari tahlil qilinadi. Bolalarning o'yin xizmati, mehnat xizmatidan ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash ishlari haqida ma'lumot keltirilgan. Annotation: This article analusez the changes observed in children during their growth and the development of the concept of “ I” and their behavior as they move to a higher level. Information is provided about the work of preparing children for social life from the play service to the labor service. Kalit so’zlar:Muloqot, Kommunikatsiya, Kooperatsiya, refleksiya, anotomo, o’quv situatsiyasi, faoliyat, intensiv, aksentuatsiya, senzitiv. Key words: Dialogue, comunication, cooperation, reflection, anatomy, learning situation, activity, intensive, accentuation, sensitive. Chaqalolik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug’iladi. Unda zarur fiziologik funkciyalarning kechishi uchun zarur bo’lgan shartsiz reflekslari, himoyarefleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning rivojlanishining zarursharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyaciya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emocional harakat paydo bo’ladi. Oyoqi va qo’llari bilan tipirchilayboshlaydi. Bu reakciya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo’lishi chaqaloqlik davri tugaganligini bildiradi. Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 74 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Go’daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o’z ichiga oladi. Bu yosh davrda etakchi faoliyat kattalar bilan emocional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o’ldirash belgilari paydo bo’ladi. Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi. O.Bryune ma`lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat`iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko’rsatadilar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan kat`iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o’tirishni o’rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bulib, bola ko’p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go’dak predmetlar bilan oddiy manikulyaciya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi. Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari, masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana boshlaydi. Bu yosh davri nutqning rivojlanishidagi senzitiv davri hisoblanadi. 1,5 yoshgacha bola 100 tacha, 2 yoshgacha 300 tacha, 3 yoshgacha 1500 so’zni o’zlashtiradi. Tilning grammatik tuzilishinio’zlashtirish bir necha bosqichga bo’linadi. 1. Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo’lib, nutq amorif so’z o’zaklardan iborat. 2. 3 yoshgacha davrda esa ona tilining grammatik tuzilishini o’zlashtira boshlaydi. Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi. Выпуск журнала №-20 Часть–5_ Февраль –2025 75 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini engil o’zlashtirib oladi. Tadqiqotchi E.K.Kaverlanning tajribasida tasdiqlanganidek bolaning predmetlarni tushunishi quyidagi tartibda yuz beradi: 1) bola eng avval predmetlarning nomlanishini; 2) katta odamlarning va o’yinchoqlarning nomlarini o’zlashtiradi; 3) tana a`zolarining nomlarini o’zlashtiradi. Ilk bolalik davrida bola shaxsi shakllanishi boshlanadi. Bolada “men o’zim” konsepciyasi vujudga keladi. Bu yosh davri 3 yoshlilar krizis davrining yuzaga kelishi bilan tugaydi. Krizisning sababi bolada ma`lum darajada mustaqillikka ehtiyojning paydo bo’lishi, kattalarning esa eski munosabatlar tipini saqlab qolishidir. Maktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv o’sishi davom etadi. Bosh miya og’irligi 1350g-gacha etadi, ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy situaciyasi o’zgaradi. O’yin faoliyati etakchi faoliyat turidir. Rolli o’yinlar jarayonida ular katta odamlarning barcha vazifa va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Rolli o’yinlarni vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalarning o'sish mobaynida ularda kuzatiladigan o'zgarishlar va “men” konsepsiyasi rivojlanishi va ularning yuqori bosqichga ko'tarilishida xulq-atvorlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalarning o'sish mobaynida ularda kuzatiladigan o'zgarishlar va “men” konsepsiyasi rivojlanishi va ularning yuqori bosqichga ko'tarilishida xulq-atvorlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dialogue, comunication, cooperation, reflection, anatomy, o’quv situatsiyasi, senzitiv., Kommunikatsiya, aksentuatsiya, Muloqot, intensiv, anotomo, faoliyat, refleksiya, Kooperatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники