Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PO‘LAT SOLIYEV – O‘ZBEK TARIXSHUNOSLIGIDAGI ILMIY MAKTAB ASOSCHISI
Jalilov Asqar Yo‘ldosh o‘g‘li · UZBEK HISTORIOGRAPHY (POLAT SOLIYEV IS THE FOUNDER OF THE SCIENTIFIC SCHOOL OF)
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
В данной статье мы рассмотрим важные аспекты научной деятельности Полата Маджидовича Солиева, видного ученого, работавшего в первой половине XX века, великого представителя нашей узбекской национальной историографии, просвещенного ученого, крупного историка, внесшего уникальный вклад в развитие области узбекской национальной историографии, и основателя первой узбекской национальной историографической школы, а также уникальные черты его свободных и независимых мыслей и наблюдений в его научных исследованиях как основателя узбекской национальной историографической школы... Ключевое слово: узбекская национальная историография начала ХХ века. Узбекская национальная историография в первой половине XX века. Пулат Маджидович Солиев — основоположник узбекской национальной школы историографии. KIRISH… XX asr boshlariga kelib, ya'ni jadidlar nomi bilan mashhur bo'lgan turkistonlik ma'rifatparvarlar, ziyolilar toifasi asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, Turkistonda (O'zbekistonda) ham ilm-fan ravnaqi uchun, taraqqiyisi uchun hukmron chor (Sarskoe Rassiya) hukumati hamda ularning malayi sifatida " faoliyat yuritgan" mahalliy amaldorlarga, shuningdek, eskilik tarafdorlari bo'lgan bir guruh ruhoniy qatlamlarining qattiq qarshiliklariga, tinimsiz davom etgan tazyiqlariga qaramasdan, Turkistonda (O'zbekistonda) ilm-fanni rivojlantirish uchun tinimsiz harakat etishgan edi... ASOSIY QISM… Mana shunday ulug' yo'lda sharaf bilan jonbozlik ko'rsatgan dastlabki tarixshunos olimlarimizdan biri bo'lgan zot, ilk o'zbek tarixchisi, Turkistonda (O'zbekistonda) dastlabki tarixchilik maktabi (Birinchisi desak ham aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz...) asoschisi, buyuk o'zbek va tatar xalqlarining buyuk farzandi Po'lat Soliyev hisoblanadi... Po'lat (Bulat, Bekbulat, Po'lat) Majidovich Soliyev (1882- 1938-yillarda yashagan) haqida qisqacha ma'lumot beradigan bo'lsak, avvallo, XIX asr asrning ikkinchi yarimlariga kelib, bir vaqtlar dunyoning eng qudratli xalqlari hisoblangan turkiylarning ma'lum bir elatlari (urug'i-qabilalari) Chor Rossiyasining bosqinchilik siyosati natijasida o'z yerlariga egaligi huquqlaridan hamda o'z erki- https://scientific-jl.com/ 2 3 2 44-son_2-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ozodligidan mahrum etilib, Podsho Rossiyasining tarkibida qaram va mute xalqlar sifatida qolgan bir davrda tavallud topgan edi (Milodiy XIX asrning ikkinchi yarimlarida, to'g'rirog'i 1882-yilga kelib, turkiy xalqlardan Qirim-tatarlar, boshqirdlar, yoqutlar, Chuvashlar, o'zbeklar, qozoqlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar Podsho Rossiyasi tomonidan vassal (qaram va mute) xalqlarga aylantirilgan edi... ).Po'lat Majidovich Soliyev 1882-yil Podsho Rossiyasi tarkibidagi qadimdan turkiy xalqlar yashab kelgan Astraxan (O'zbekiston tarixidagi XVII asr boshlaridagi Ashtarxoniylar aynan mana shu hududlaridan kerib kelgan edi... Uning yana bir nomi Xojitarxon nomi bilan ham atalgan...) guberniyasida (qaram o'lkasida) asli buxorolik o'zbeklarning mang'it urug'idan bo'lgan Majid Soli isimli dehqonchilik bilan shug'ullanadigan kishi oilasida tug'ilgan edi... Shu o'rinda, bir masalaga to'xtab o'tadigan bo'lsak, ya'ni Turkistondan (O'zbekistondan) anchagina olis bo'lgan Astraxanda (Xojitarxonda) buxorolik o'zbeklarning mang'it urug'idan bo'lgan kishi yoki bir asrdan avvalgi hamyurtlarimiz qanday bu yerlarga borib qolishdi ekan?... Bunda biz ikki taxminiy xulosamizni o'rtaga tashlaymiz: birinchisi - milodiy XVI asrlarda Buxoro va Samarqand hududlaridan ko'plab mahalliy o'troq o'zbeklar Astraxanga (Xojitarxonga) yoki Volgabo'yi va Sibirbo'yi yerlariga savdo-sotiq qilish uchun borib, shu yerlarda savdogarlik faoliyati yuritish uchun yashab qolishgan.... Ikkinchisi esa Podsho Rossiyasining XIX asrning ikkinchi yarimlarida (60-70-yillarida) o'zbek xonliklariga qarshi harbiy bosqinchilik yurishlari natijasida ko'plab o'zbek oilalari Buxoro amirligidan Volgabo'yi va Sibirbo'yi yerlariga ko'chib o'tishgan bo'lishi ham mumkin..1 . Po'lat Majidovich Soliyev mana shunday oilada tug'ilgan edi... Otasi asli dehqon bo'lsa-da, biroq asli ilm- ma'rifatga qayishuvchan inson bo'lganligi sababli ham farzanlarini ilm olishga judayam kuchli rag'bat bildirganligi ma'lumdir... Po'lat Majidovich Soliyev dastlab ilmini Astraxandagi o'zlari yashayotgan qishloqdagi eski maktabda keyinroq esa ziyoli inson Aburahmon Umerov tashabbusi bilan tashkil etilgan madrasada o'qib, Qozon shahridagi Muhammadiya va G'oliyada tahsil olib, bir vaqtning o'zida bir qancha tillarni: Arab, fors-tojik, turk (o'zbek) rus tillarini puxta bilish darajasiga erishganligi tarixdan ma'lumdir... Po'lat Majidovich Soliyev faoliyatida dastlab ilm-ma'rifatga oshno bo'lish hamda ilm-ma'rifatni targ'ib qilish kabi yuksak jadidona tashabbus shakllana boshlanadi... Shuning uchun ham bu ziyoli zot XX asr boshlarida Turkistonga (O'zbekistonga) safar qilib, bu jabirdiyda o'lkada ilm-ma'rifat uchqunlarini yoqish harakatiga kirishadi... Shu o'rinda yana bir savol tug'iladi: Nega aynan Jadidchilik
Доказательный фрагмент
«В данной статье мы рассмотрим важные аспекты научной деятельности Полата Маджидовича Солиева, видного ученого, работавшего в первой половине XX века, великого представителя нашей узбекской национальной историографии,…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье мы рассмотрим важные аспекты научной деятельности Полата Маджидовича Солиева, видного ученого, работавшего в первой половине XX века, великого представителя нашей узбекской национальной историографии,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zi: XX asr boshlari o‘zbek milliy tarixchiligi. XX asr birinchi yarimlarida o‘zbek milliy tarixshunosligi. Po‘lat Majidovich Soliyev – o‘zbek milliy tarixchilik maktabi asoschisi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026