Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATEMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
O‘ktamov Madadjon O‘ktam o‘g‘li · Abduraxmanova Nozima Akbar qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
В данной статье анализируется взаимная интеграция математики и искусственного интеллекта, современные проблемы в этой области и пути их решения. При этом выделены основные проблемы, с которыми сталкиваются при развитии технологий искусственного интеллекта - сложность интерпретации математических моделей, качество и объем данных, процесс оптимизации, ограниченность вычислительных ресурсов, трудности адаптации к неизвестной среде. В качестве решения этих проблем предлагаются передовые подходы, такие как интерпретирующий искусственный интеллект (ИИ), методы сбора качественных данных, эффективные методы оптимизации и облегченное моделирование искусственного интеллекта. Практическое применение результатов научных исследований может привести к эффективным результатам в сферах медицины, финансовых технологий, промышленности и образования. Статья направлена на исследование инновационных подходов к дальнейшему развитию искусственного интеллекта и математических моделей. Ключевые слова. Искусственный интеллект, математика, теория вероятностей, линейная алгебра, оптимизация, нейронные сети, интерпретируемый искусственный интеллект (ИИ), качество данных, интерпретация моделей, научные исследования, инновации, алгоритмы, методы оптимизации, анализ, практическое применение. Hozirgi davrda matematika va sun’iy intellekt bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning integratsiyasi yangi innovatsion texnologiyalarni yaratishda muhim rol o‘ynamoqda. Sun’iy intellekt algoritmlarining aksariyati matematik modellar asosida quriladi va ushbu modellarni takomillashtirish sun’iy intellekt tizimlarining yanada samarali ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga, matematika va sun’iy intellektning o‘zaro uyg‘unlashuvi ta’lim, ilm-fan va sanoatda muhim o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada sun’iy intellekt va matematikaning bog‘liqligi, mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritamiz. Matematika sun’iy intellektning asosiy poydevorlaridan biri hisoblanadi. Sun’iy intellekt algoritmlari ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra, differensial tenglamalar va boshqa matematik modellar yordamida ishlab chiqiladi. Quyidagi asosiy matematik yo‘nalishlar sun’iy intellektning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega: Ehtimollar nazariyasi va statistika – sun’iy intellekt modellarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va prognoz https://scientific-jl.com/ 6 8 44-son_2-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qilish uchun ishlatiladi, chiziqli algebra – neyron tarmoqlar, tasvirni qayta ishlash va mashinani o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi, optimallashtirish usullari – sun’iy intellekt algoritmlarining samaradorligini oshirishda va hisoblash jarayonlarini tezlashtirishda qo‘llaniladi, differensial tenglamalar – tabiiy jarayonlarni model qilishda va vaqtga bog‘liq tizimlarni tahlil qilishda ishlatiladi. Matematika va sun’iy intellektning bunday uyg‘unlashuvi natijasida ko‘plab yangi innovatsion texnologiyalar yaratilmoqda, biroq bu sohada hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham mavjud. Endi esa sun’iy intellekt tizimlarini yaratishda duch kelinadigan muammolarni ko‘rib chiqamiz. Bunga misol qilib, matematik modellarni interpretatsiya qilish murakkabligini aytishimiz mumkin. Ko‘pgina sun’iy intellekt (SI) algoritmlari “qora quti” (black box) sifatida ishlaydi, ya’ni ular qanday qaror qabul qilayotgani inson uchun tushunarsiz bo‘lib qoladi. Masalan, neyron tarmoqlar orqali olingan natijalar juda aniq bo‘lishi mumkin, lekin model nima uchun aynan shunday natijaga kelganini tushuntirish qiyin. Bu esa ularning ishonchliligini pasaytiradi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt tizimlari ko‘p miqdordagi sifatli ma’lumotlarni talab qiladi. Biroq, mavjud ma’lumotlar ko‘pincha to‘liq emas yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bu esa algoritmlarning noto‘g‘ri ishlashiga olib keladi. Optimallashtirish jarayonida ham bir qancha muammolar yuzaga keladi. Sun’iy intellekt algoritmlarining samaradorligini oshirish uchun matematik optimallashtirish usullarini yaxshilash talab etiladi. Masalan, chuqur o‘rganish modellarining moslashuvchanligini ta’minlash uchun murakkab optimallashtirish algoritmlarini ishlab chiqish lozim. Sun’iy intellekt modellarining o‘sib borishi bilan hisoblash quvvati va xotira hajmiga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Bu esa yangi turdagi matematik yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Ko‘pgina Sun’iy intellekt modellarini haqiqiy dunyo sharoitida samarali ishlashga moslashtirish muammosi mavjud. Ular yangi yoki o‘zgaruvchan muhitga moslasha olmaydi. Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun bir qancha yondashuvlar ishlab chiqilmoqda. Masalan, sun’iy intellekt algoritmlarini tushunish va ishonchliligini ta’minlash uchun izohlanadigan sun’iy intellekt (Explainable AI) yondashuvlari rivojlantirilmoqda. Bu usul sun’iy intellekt tizimlarining qanday ishlashini tushuntirishga yordam beradi. Ma’lumotlarning sifati va hajmini oshirish uchun sun’iy ma’lumotlar yaratish (data augmentation), ma’lu
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется взаимная интеграция математики и искусственного интеллекта, современные проблемы в этой области и пути их решения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется взаимная интеграция математики и искусственного интеллекта, современные проблемы в этой области и пути их решения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Artificial intelligence, mathematics, probability theory, linear, tahlil, amaliy tatbiq., optimallashtirish usullari, optimallashtirish, innovatsiya, ilmiy-tadqiqot, neyron tarmoqlar, matematika, Kalit so‘zlar. Sun’iy intellekt, model interpretatsiyasi, izohlanadigan sun’iy intellekt (XAI), chiziqli algebra, ma’lumotlar sifati, ehtimollar nazariyasi, algoritmlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026