Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOZOR SEGMENTATSIYASI SAMARADORLIGI
BOZOR SEGMENTATSIYASI SAMARADORLIGI · Toshtemirova Muxlisa Said qizi (Toshkent kimyo texnologiya instituti) · Xo’jamurodov Asqar Jalolovich (Toshkent kimyo texnologiya institute, dotsenti)
Образовательные инновации и интеграция · 1950
Аннотация
Bozor segmentatsiyasi, tadbirkorlik sub'ektlariga mijozlarni yaxshi tushunish, marketing strategiyalarini maqsadli kuchlarga moslashtirish va mijozlar bilan eng yaxshi aloqalar o'rnatish imkoniyatini beradi. Bunda, demografik xususiyatlar (masalan, yosh, jins, daromad darajasi, ta'lim darajasi), xarajat va xarajat xususiyatlari, tarjima va xaridorlik odatlari, talablar va ehtiyojlar kabi faktorlar foydalanishi mumkin. Bozor segmentatsiyasi, tadbirkorlar uchun mijozlarni tahlil qilish, turli segmentlarga qarab tadbirkorlik strategiyalarini belgilash va mijozlarga moslashtirilgan xizmatlarni taklif etishda yordam beradi. Bu tadbirkorlarga mijozlarning istaklari va talablari asosida eng yaxshi natijalarni olish imkoniyatini beradi. Maqola bozor segmentatsiyasini amaliyotda qanday qo'llash va o'z kompaniyangiz uchun mos segmentatsiya strategiyalarini ishlab chiqish bo'yicha foydali ma'lumotlar taqdim etadi. Kalit so'zlar: bozor, bozor segmentatsiyasi, talab, taklif, raqobat makrosegment, mikrosegment. Marketing tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o'rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda iste'molchini tahlil etish- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. Bu tushunchani tarixi 1950-yillarda AQSH ga borib taqaladi. Bozor segmentatsiyasi tushunchasi 1950- yillarda marketing nazariyasida muhim burilish nuqtasi sifatida paydo bo'ldi. Bu yondashuv iste'molchilarni turli guruhlarga ajratish orqali kompaniyalarga mahsulot va xizmatlarini aniqroq maqsadli auditoriyaga yo'naltirish imkonini berdi. 1950-yillarda segmentatsiya asosan demografik omillar - yosh, jins, daromad, ta'lim darajasi kabi mezonlarga asoslangan. bu davrda kompaniyalar keng auditoriyaga mo'ljallangan reklama kompaniyalarini olib borar, ammo iste'molchilarning turli ehtiyoj va xulq- atvorini chuqur tahlil qilish imkoniyatlari cheklangan edi. 1956-yilda marketing olimi Wendell R.Smith "Product Differentiation and Market Segmentation as Alternative Marketing Strategies" nomli o’z maqolasida bozor segmentatsiyasi tushunchasini birinchi marta ilmiy asosda ta'riflab berdi. Uning ta'kidlashicha, bozor segmentatsiyasi mahsulot va marketing harakatlarini https://scientific-jl.com/ 1 5 4 44-son_2-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi iste'molchilarning aniq ehtiyojlariga moslashtirish orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. 1960-yillardan boshlab, marketing mutaxassislari demografik omillar bilan bir qatorda psixografik omillar ham hisobga ola boshladilar. bu yondashuv iste'molchilarning hayot tarzi, qadriyatlari, qiziqishlari kabi jihatlarni o'rganishga yo'naltirildi. 1970-yillarda esa bozor segmentatsiyasi yanada rivojlanib, kompaniyalar iste'molchilarning xulq-atvori, xarid tendensiyalari, brendga sodiqligi kabi omillarni tahlil qilishga e'tibor qaratdilar. Vaqt o'tishi bilan segmentatsiya usullari yanada rivojlanib, demografik, psixografik va xulq-atvoriy omillarni o'z ichiga oldi. Bugungi kunda bozor segmentatsiyasi marketing strategiyalarining ajralmas qismiga aylangan. U uch tarkibiy qismga bo'linadi: -bozor segmentasiyasi; -iste'molchi talabi sabablarini o'rganish; -qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko'ra har xil talab qo'yadigan iste'molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo'llashga asoslanadi, ya'ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o'ziga xos bir talab namoyon bo'ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. Bozorda xaridorlarning ma'lum bir tovarga bo'lgan talablari xilma-xildir, har bir xaridorni o'zining didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma'lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya'ni bozor segmentasiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga talabni qat'iyligini ta'minlaydi. Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq- atvorilari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi. Bozor segmentatsiyasining to'rtta asosiy turi mavjud: Geografik segmentatsiyasi - bu mijozlaringizning joshlashgan manziliga qarab samarali ravishda ajratishga imkon beradi. Ushbu maqsad juda mashhur va keng tarqalgan, chunki mijozlarning aksariyati ularning yashash joylari ta'sirida bo'lishadi. Bu xalqaro korporatsiyat uchun ideal, ya'ni turli xil mamlakatlarda yashovchi mijozlar turli xil ehtiyoj va xohishlarga ega bo'lib, ularnu marketing kompaniyasiga aniq yo'naltirish mumkin. Demografik segmentatsiyasi - bu iste'molchilarni daromadlar darajasi, yoshi, jinsi, millati, kasbi-kori, oilaviy ahvolllari bo'yicha guruhlarga ajratish. Ya'ni bu mijozlarning istaklari va ehtiyojlariga bevosita javob berishga imkon beradi. https
Доказательный фрагмент
«Bozor segmentatsiyasi, tadbirkorlik sub'ektlariga mijozlarni yaxshi tushunish, marketing strategiyalarini maqsadli kuchlarga moslashtirish va mijozlar bilan eng yaxshi aloqalar o'rnatish imkoniyatini beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBozor segmentatsiyasi, tadbirkorlik sub'ektlariga mijozlarni yaxshi tushunish, marketing strategiyalarini maqsadli kuchlarga moslashtirish va mijozlar bilan eng yaxshi aloqalar o'rnatish imkoniyatini beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bozor, bozor segmentatsiyasi, talab, taklif, raqobat makrosegment, mikrosegment., Kalit so'zlar: bozor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026