Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXS VA UNING TOLERANTLIK TUSHUNCHASI
Bahodirova Maftuna Axror qizi · Odilova Nilufar Rasuljon qizi
Современное образование и развитие · 1 · 393-396 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada shaxs va tolerantlik tushunchasi, ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tolerantlikning jamiyatdagi roli, turlari va inson rivojlanishiga ta’siri yoritilib, uning tinchlik va totuvlikni ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Kalit so’zlar: Shaxs, tolerantlik, globallashuv, xulq-atvor, shaxsiy rivojlanish. Kirish.Bugungi globallashuv va madaniyatlararo muloqot davrida tolerantlik tushunchasi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning muhim tamoyillaridan biriga aylandi. Har qanday jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun odamlarning bir- biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, ularning fikr va e’tiqod erkinligini tan olishi zarur. Ushbu maqolada shaxs va uning tolerantlik tushunchasi bilan bog‘liq jihatlar tahlil qilinadi. Shaxs tushunchasi. Shaxs – bu ijtimoiy mavjudot bo‘lib, u jamiyat ichida shakllanadi, o‘ziga xos xulq-atvori, qadriyatlari va dunyoqarashiga ega bo‘lgan individ hisoblanadi. Shaxsning rivojlanishiga ijtimoiy muhit, tarbiya, ta’lim va shaxsiy tajriba katta ta’sir ko‘rsatadi. Insonning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlari doirasida uning ma’naviy-axloqiy fazilatlari shakllanadi. Tolerantlikning mohiyati. Tolerantlik – bu boshqalar fikrini, e’tiqodini, madaniyatini va xatti-harakatlarini hurmat qilish va qabul qilish tushunchasidir. Tolerant inson. Boshqa madaniyat va an’analarga nisbatan ochiq bo‘ladi. Har xil fikrlarga nisbatan bag‘rikenglik bilan yondashadi. Boshqalarning huquq va erkinliklarini hurmat qiladi. Murosaga tayyor bo‘ladi va kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qiladi. Tolerantlik turlari Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 198 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1. Ijtimoiy tolerantlik – jamiyatdagi turli guruhlar o‘rtasidagi hamkorlikni ifodalaydi. 2. Diniy tolerantlik – turli din va e’tiqod vakillarining bir-biriga hurmat bilan yondashishi. 3. Madaniy tolerantlik – turli xalqlarning urf-odatlarini qabul qilish va hurmat qilish. 4. Siyosiy tolerantlik – turli siyosiy qarashlarga ega insonlarning o‘zaro murosaga kelishi. Shaxs va tolerantlikning o‘zaro bog‘liqligi. Har bir shaxs o‘z hayoti davomida turli madaniyatlar, diniy e’tiqodlar va fikr-mulohazalar bilan duch keladi. Tolerantlik insonning axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, jamiyatda totuvlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Agar inson bolalikdan bag‘rikenglik ruhida tarbiya olgan bo‘lsa, u kelajakda jamiyatga foydali shaxs bo‘lib yetishadi. Xulosa. Tolerantlik shaxsiy rivojlanish va jamiyatning barqarorligi uchun zarur bo‘lgan asosiy qadriyatlardan biridir. Har bir inson boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va jamiyatda bag‘rikenglik muhitini yaratishga hissa qo‘shishi lozim. Shunday ekan, tolerantlikni rivojlantirish ham o‘zimizdan, ham atrofimizdagi insonlardan boshlanishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1.Ijtimoiy psixologiya –o’quv qo’llanma 2. Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim tizimidagi faoliyati. Science and innovation, 1(B8), 322-326. 3. Akramova, D. (2022). Oliy ta’lim muassalari talabalarida pedagogik-psixologik moslashuvchanlikni mazmun mohiyati. Science and innovation, 1(B8), 2150-2153. 4. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ РАЗВИТИЯ МЕХАНИЗМОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ГИБКОСТИ У СТУДЕНТОВ КАК ПРОБЛЕМА СОВРЕМЕННОСТИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(8), 19-23. Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 199 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 5. Akramova, D. E. qizi Suvonqulova, MD (2023, January). RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VA MILLIY QADRIYATLAR NAMUNALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIGI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 393-396). 6. Akramova, D. E. qizi Azimova, XD (2023, January). MAKTABGACHA TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARIDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 382-385). 7. Ergashevna, A. D. (2023). TARBIYALANUVCHILARDA MOSLASHUVCHANLIK MEHANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. Journal of new century innovations, 23(2), 169- 173. 8. Акрамова, Д. Э., & Йўлдошева, Н. (2023). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ МАЖМУИ. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 362-364). 9. Акрамова, Д. Э., & Бобомуродова, О. Б. (2023). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ ВА УСУЛЛАРИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 352-354). 10. Akramova, D. (2022). ACTIVITIES OF FUTURE TEACHERS- PSYCHOLOGISTS IN THE SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATION. Science and Innovation, 1(8), 322-326. 11. Акрамова, Д. Э. қизи Давронова, ЖС (2023, January). ТАРБИЯ ТИЗИМИ ВА УНИНГ ТАРКИБИЙ ҚИСМЛАРИ. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 358-361). 12. Акрамова, Д. Э. қизи Бозорбоева, ДА (2023, January). ЖАМОА–ТАРБИЯ ОБЪЕКТИ ВА СУБЪЕКТИ СИФАТИДА. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 355-357). 13. Ergashevna, A. D. (2025). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE DEVELOPMENT OF SOCIALIZATION IN SCHOOLCHILDREN OF THE PREPARATORY GROUP. SHOKH LIBRARY. Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada shaxs va tolerantlik tushunchasi, ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada shaxs va tolerantlik tushunchasi, ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shaxs, globallashuv, xulq-atvor, shaxsiy rivojlanish., tolerantlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024