Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O‘ZBEK TILIDAGI IBORALARNING MA’NODOSHLIGI
Shodmonova Go‘zaloy Muhammadbobirovna · Haqqiyeva O‘g‘ilnor Rashidovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan iboralar va frazeologik birikmalarning semantik o‘xshashligi, ma’nodoshligi va ularning qiyosiy tahlilini o‘rganishni nazarda tutadi. Tadqiqot doirasida ikkala tilning frazeolgik boyligi tahlil qilinadi, turli madaniy va lingvistik kontekstlarda iboralarning qo‘llanilishiga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: Frazeologik birikmalar, iboralarning ma’nodoshligi, lingvistik tahlil, frazeologik ekvivalentlik, semantik o‘xshashlik. Kirish: Ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarini o‘rganish insonda madaniy tushuncha uyg‘otadi. Maqollar, iboralar kabi frazeologik birliklar o‘zi mansub bo‘lgan millatning madaniyatini o‘zida aks ettirganligi sababli ingliz va o‘zbek frazeologiyasini tahlil qilish va qiyoslash har ikkala millatning madaniyati, dunyoqarashlari haqida tushuncha berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari ikkala tildagi frazeologik nozikliklarni bilish insonning muloqot qilish qobiliyatini oshiradi va frazeologik birliklarning asosiy qismi ko‘chma ma‘noda bo‘lganligi sababli ularning o‘xshash va farqli jihatini o‘rganish muloqotdagi ehtimoliy muammolarning oldini olishga yordam beradi. Shu sababli, bu mavzuni o‘rganish nafaqat lingvistik, balki madaniy jihatdan ham dolzarbdir. Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning frzeologik birliklari, ya’ni iboralar, maqollar, matallar va boshqa turg‘un birikmalarni o‘rganadi. Frazeologiyaning asosiy maqsadlaridan biri nutqda avvaldan tayyor bo‘lgan turg‘un birikmalarni avvaldan tayyor bo‘lmagan so‘z birikmalaridan ajrata bilishdir . Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmog‘i Выпуск журнала №-22 Часть–2_ Март –2025 38 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sifatida XX asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo bo‘lgan va keyinchalik o‘zbek tilshunosligida ham rivojlangan. O‘zbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar 1950-yillardan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan o‘rganilgan va bir necha lug‘atlar tuzilgan. Sh. Rahmatullayev, B. Yo‘ldoshev, A. Mamatov kabi olimlar bu sohada muhim ishlar olib borganlar. Asosiy qism. O‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi barqaror birikmalarga –frazeologizimlar, ya’ni iboralar deyiladi. Iboralarning o‘ziga xos xususiyatlari: 1. Iboralar bir so‘roqqa javob bo‘ladi. Masalan: Ko‘ngli ochiq-qanday? 2. Bir gap bo‘lagi vazifasida keladi. Masalan: Ko‘ngli ochiq odam- aniqlovchi 3. Bitta umumiy ma’no beradi. Masalan: Ko‘ngli ochiq- xususiyat, bitta belgi. 4. Iboralar ham xuddi so‘z kabi shakl ma`no butunligiga ega. 5. So‘zning shakliy tomoni-tovush, iboraning shakliy tomoni- so‘z. O‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar (idiomalar) ko‘plab o‘xshashlik va farqlarga ega. Bu birliklar tilning boyligini va madaniy xususiyatlarini aks ettiradi. Har ikkala tilda ham frazeologik birliklar ko‘pincha metaforik ma’noga ega. Masalan, ingliz tilidagi “Open mind” ( turli fikrlar va qarashlarga nisbatan ochiq fikrli) va o‘zbek tilidagi “Oq ko‘ngil” iboralari o‘xshash ma’noni ifodalaydi . Ingliz tilidagi bu ibora dunyoqarashi keng bo‘lgan insonlarga nisbatan ishlatiladi. O‘zbek tilida esa Oqkoʻngil(lik) – yumshoq koʻngillik, rahmdillik, koʻngilchanlik mazmunini anglatadigan tushuncha. Oqkoʻngillik kishilardagi eng yaxshi ijobiy xislatlarni ifodalaydi. Masalan, Said Ahmadning “Ufq” romanida Jannat xola juda ochiq ko‘ngil inson sifatida tasvirlanadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi “tongue-til” komponentli iboralar madaniyatni ifodalashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, ingliz tilidagi “hold your tongue” (tilini tiyish) iborasi va o‘zbek tilidagi “tilini tiyib turmoq” iborasi o‘xshash bo‘lsa- Выпуск журнала №-22 Часть–2_ Март –2025 39 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT da, har bir madaniyatda bu iboralar turli kontekstlarda qo‘llaniladi. Ingliz tilidagi “hold your tongue” iborasi odatda salbiy ohangga ega bo‘lib, birovning o‘rinsiz joyda gapirganini to‘xtatish ma’nosida ishlatiladi. Bu ibora asosan jiddiy vaziyatlarda, rasmiy yoki nizoli suhbatlarda qo‘llanadi. Misol uchun, bu ibora birovni mulohaza qilishga yoki ortiqcha gaplarni to‘xtatishga undaydi. Ingliz madaniyatida ko‘pincha bunday iboralar ogohlantirish xarakteriga ega bo‘lib, gapiruvchining bevosita keskinlikka to‘la his-tuyg‘ularini aks ettiradi. O‘zbek tilidagi “tilini tiyib turmoq” iborasi esa, ko‘proq hurmat va odob me’yorlariga asoslangan. O‘zbek madaniyatida gapirish odobi va kattalarga hurmatga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun bu ibora o‘zaro hurmat, muloyimlik va ehtiromni ifodalaydi. Bundan tashqari, bu ibora og‘irroq suhbatlarda ko‘proq katta yoshlilarga hurmat ko‘rsatishni ta’kidlab qo‘llaniladi. O‘zbek madaniyatida odamlar o‘z so‘zlarini boshqarishda odobga katta e’tibor berishadi, va “tilini tiyib turmoq” iborasi ko‘pincha ijtimoiy qoidalarga ri
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan iboralar va frazeologik birikmalarning semantik o‘xshashligi, ma’nodoshligi va ularning qiyosiy tahlilini o‘rganishni nazarda tutadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan iboralar va frazeologik birikmalarning semantik o‘xshashligi, ma’nodoshligi va ularning qiyosiy tahlilini o‘rganishni nazarda tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Frazeologik birikmalar, iboralarning ma’nodoshligi, lingvistik tahlil, semantik o‘xshashlik., frazeologik ekvivalentlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014