К содержанию
РецензированоUZ2026

SPORT ETIKASI: G’ALABA VA MAG’LUBIYAT MADANIYATI

Ergashaliyeva Shirinxon Soyibjon qizi

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada sport etikasi tushunchasi, xususan, gʻalaba va magʻlubiyat madaniyati haqida soʻz boradi. Gʻalaba qozongan sportchilar uchun kamtarlik va raqibga hurmat muhim ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, magʻlubiyatni munosib qabul qilish, sabr-toqat va o‘z ustida ishlash sportchining axloqiy yetukligidan darak berishi tushuntiriladi. Sport nafaqat jismoniy kuch sinovi, balki insoniy qadriyatlarni shakllantiruvchi muhim omil sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada bu tamoyillarning sportdagi va hayotdagi ahamiyati yoritiladi. Annotation: This article will talk about the concept of Sports Ethics, in particular, the culture of victory and defeat. It is noted that humility and respect for the opponent are important for athletes who have won. It is also explained that a worthy acceptance of defeat, patience and work on oneself indicate the moral maturity of the athlete. Sport is considered not only as a test of physical strength, but also as an important factor that shapes human values. The article highlights the importance of these principles in sports and in life. Aннотация: Переводчикэта статья посвящена концепции спортивной этики, в частности культуре побед и поражений. Подчеркивается, что для спортсменов-победителей важны смирение и уважение к сопернику. Также объясняется, что адекватное принятие поражения, терпение и работа над собой свидетельствуют о моральной зрелости спортсмена. Спорт рассматривается не только как испытание физической силы, но и как важный фактор формирования человеческих ценностей. В статье будет освещено значение этих принципов в спорте и жизни. Sport nafaqat jismoniy faollik, balki sportchilarning axloqiy va ruhiy yetukligini shakllantiruvchi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Har bir sport bilan Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 268 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shug’ullanuvchi sportchi doimo g’alabaga intiladi, ammo bu yo’lda sportning etikasi va axloqiy qoidalariga amal qilishga majbur. G’alabaning ham, mag’lubiyatning ham o’ziga yarasha etikasi mavjud. G’alabaning etikasi quyidagilar: 1. Tavozelik – g’alaba qozongan sportchi o’zining ustunligini boshqalarga yaqqol namoyish qilishi yoki raqibni kamsitishi sport etikasiga zid hisoblanadi. Haqiqiy sportchi o’z muvaffaqiyatini kamtarlik bilan qabul qiladi va o’z raqibini hurmat bilan munosabatda bo’ladi; 2. O’rnak bo’lish –g’alaba haqiqiy sportni sevguvchi, doimiy ravishda o’z ustida ishlovchi sportchilar uchun ilhom manbai bo’ladi. Har bir sportchi o’zining muvaffaqiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalarga namuna bo’lishi lozim; 3. Hurmat – sportchi nafaqat o’z yaqinlarini, hakamlarni ham va hattoki raqibini ham hurmat qilishi kerak va bu ham har bir sportchi uchun muhim hisoblanadi; 4. Minnatdorchilik – sportchi g’alabaga erishishda nafaqat o’zining shaxsiy mehnati va balki murabbiysi, ota-ona va yaqinlari, jamoadoshlari, uni qo’llab- quvvatlovchi muxlislarining ham o’rni, hissasi borligini his qilishi va ularga bildirgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildirishi lozim; Mag’lubiyat tamoyillari- sabr va matonat, raqibni tabriklash, xatolarni tahlil qilish, emotsiyalarni boshqarish va boshqalar. Har bir tamoyilni o’z tavsifi mavjud. Masalan: sabr va matonat- sportda sportchi doim g’alaba qozonmaydi, o’z navbatida mag’lubiyat ham bo’lib turadi. Bunday vaziyatda muhimi sportchi mag’lubiyatga to’g’ri munosabatda bo’lishi, xatolari va o’z ustida ishlashi lozim. Mag’lubiyatga uchraganda har qanday sportchida ham ruhiy sinish, siqilish bo’lishini anglagan holatda yanada kuchli bo’lishga harakat qilishi kerak. Raqibni g’alabasi bilan tabriklash- haqiqiy sportchi uchun eng kerakli omil hisoblanadi. Bu orqali sportchi raqibini tabriklash bilan birga, uning mehnatini e’tirof aytadi. Emotsiyalarni boshqarish – jahl, jizzachilik, g’azab kabi emotsional holatlar har bir odamda mavjud lekin haqiqiy sportchi jahl, ranjish va turli bahsli vaziyatlarda o’zini bosa oladi, unga kelayotgan nohush holatlar va mag’lubiyatni xotirjamlik va kelajakdagi g’alabalarga Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 269 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ishongan holatda qabul qiladi. Xatolarni tahlil qilish – mag’lubiyatlarni muvaffaqiyat sari qo’yilayotgan eng ishonchli va mustahkam qadamlar sifatida qabul qilgan, o’z xatolarini ko’ra olgan sportchigina eng ulkan marralarni zabt eta oladi. G’alaba va mag’lubiyatga uchragan vaziyatlarda sportchilar o’zini qanday tutishi haqida juda ko’p olimlar o’zining mashhur kitoblarida ham bayon qilishgan. Xususan, Aristotel o’zining “O’rtacha yo’l” konsepsiyasiga ko’ra: “haddan tashqari mag’rurlik yoki haddan tashqari tushkunlik yomonlik belgilaridir. Sportchi haddan tashqari o’zini yuqori tutmasligi, shuningdek, mag’lubiyatni juda ham og’ir qabul qilmasligi lozim” – deya ta’kidlaydi. Immanuil Kant esa “ inson o’z harakatlarini shunday yo’naltirishi kerakki, bu harakatlar universal axloqiy me’yorlarga mos kelsin. Ya’ni agar barcha sportchilar mag’lubiyatni to’g’ri qabul qilsa va g’alabadan so’ng hurmatli bo’ls

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sport etikasi tushunchasi, xususan, gʻalaba va magʻlubiyat madaniyati haqida soʻz boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sport etikasi tushunchasi, xususan, gʻalaba va magʻlubiyat madaniyati haqida soʻz boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
haqiqiy sportchi, mag lubiyatga, mag lubiyatni, sport nafaqat, nafaqat jismoniy, shakllantiruvchi muhim, выпуск журнала
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники