Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SPORT VA GENDER TENGLIGI
Ergashaliyeva Shirinxon Soyibjon qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Maqolada sport sohasida gender tengligining dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi. Ayollar va erkaklar sportidagi tengsizliklar, jumladan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, media e’tibori va professional imkoniyatlardagi tafovutlar ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tashkilotlar va hukumatlar tomonidan gender tengligini ta’minlash uchun olib borilayotgan chora- tadbirlar tahlil qilinib, sportda inklyuzivlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqola sportning gender stereotiplarini yengish va ijtimoiy tenglikni mustahkamlashdagi o‘rnini ham ko‘rsatib beradi. Annotation: The translation program highlights the relevance of gender equality in the field of sports, existing problems and ways to solve them. Inequalities in women's and men's sports are addressed, including differences in financial support, media attention, and professional opportunities. Measures taken by international organizations and governments to promote gender equality are analyzed and recommendations are made to increase inclusion in sport. The article will also show the role of sports in overcoming gender stereotypes and strengthening social equality Aннотация: Переводстатья освещает актуальность гендерного равенства в спорте, актуальные проблемы и пути их решения. Будет рассмотрено неравенство в женском и мужском спорте, включая неравенство в финансовой поддержке, внимании СМИ и профессиональных возможностях. Будут проанализированы меры, предпринимаемые международными организациями и правительствами для обеспечения гендерного равенства, и даны рекомендации по повышению инклюзивности в спорте. Статья также Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 271 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT показывает роль спорта в преодолении гендерных стереотипов и укреплении социального равенства. Sport jamiyatning ajralmas qismi hisoblanib, u inson salomatligini mustahkamlash va insonlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga, ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qiladi. Biroq, sportda gender tengligi masalasi hali ham dolzarb hisoblanadi. Ayollar va erkaklar sportidagi moliyaviy, media va jamiyat tomonidan qabul qilinish borasidagi tafovutlar sezilarlidir. Ayollar sporti erkaklar sportiga nisbatan kamroq moliyaviy qo’llab-quvvatlanadi. Buni ularning maoshlarida, homiylik shartnomalarida, mukofot pullarida ko’rishimiz mumkin. Jamiyatda ayrim sport turlarini “erkaklar” yoki “ayollar ” sporti sifatida ajratish mavjud. Masalan: gimnastika, figurali uchish ko’proq ayollar bilan bog’lanadi. Boks, futbol, kurash kabi sport turlari esa erkaklar sporti deya qaraladi. Bu esa erkaklar va ayollarning sportdagi faoliyatini cheklanishiga olib keladi. Tadqiqotlarga ko’ra, sport ommaviy axborot vositalarida yoritilishida ayollar sportiga nisbatan erkaklar sport turini ommalashtirish yuqori, ko’pgina sport yangiliklari erkak sportchilarga bag’ishlangan bo’lib, ayollar sportining ommalashishiga to’sqinlik qilmoqda. O’zbekistonda sport sohasida gender tengligini ta’minlash borasida juda ko’plab sezilarli islohotlar olib borilmoqda. 2019- yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida” gi qonun qabul qilindi, bu esa gender tengligini ta’minlashda muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida O’zbekiston maksimal 100 balldan 82,5 ball to’plab Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijani qayd etdi. Sportdagi gender tengligi bo’yicha muammolarni hal qilishda inklyuzivlikni oshirish zarur hisoblanadi. Sportda inklyuzivlikni ta’minlash- bu nafaqat nogironlar, ayollar va erkaklar o’rtasidagi tafovutni hal qilishga qaratilgan, balki har kimning sportga kirish huquqini ta’minlashga qaratilgan yondashuvdir. Inklyuziv sport- hamjamiyatni birlashtiradi, ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi va yurtimizdagi turli qatlamlar o’rtasidagi tushunish va his qilishni, hurmatni oshiradi. Sport sohasida inklyuzivlikni oshirish bo’yicha quyidagi amaliy islohotlarni o’tkazish mumkin: - gender tengligini ta’minlovchi qonunlarni kuchaytirish; Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 272 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT - eski qotib qolgan stereotiplarni bartaraf etish; - sport, nafaqat g’alaba va mag’lubiyat uchun emas va balki sog’lom turmush tarzi uchun kerakligini aholining barcha qatlamiga tushuntirish; - nogironlar sportini rivojlantirish bo’yicha maxsus dasturlarni yaratish; - ijtimoiy tarmoqlarda inklyuziv sportning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berish. Xususan, bu bo’yicha maxsus videoroliklar tayyorlash; - sportda inklyuzivlik bo’yicha ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish; - yangi ishlab chiqilgan dasturlarni amalda qo’llash uchun homiylarni lab qilish; - imkoniyati cheklangan sportchilar uchun maxsus grantlar va stipendiyalar ajratish; - mahalliy darajada ochiq sport maydonchalarini yaratish; - jins va imkoniyatlar bo’yicha aralash jamoalarni tashkil qilish – bu o’z navbatida tenglik va hamkorlik madaniyatini shakllantiradi. - murabbiy va hakamlik tizimida teng i
Доказательный фрагмент
«Maqolada sport sohasida gender tengligining dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada sport sohasida gender tengligining dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gender tengligini, sport sohasida, ayollar erkaklar, inklyuzivlikni oshirish, sohasida gender, erkaklar sportidagi, tengligini minlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024