Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HARBIY XIZMATCHILARNING OILASINI IJTIMOIY – PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK MOSLASHUVIDA MUOMILA VA UNING ROLI
Rejametova Irada Ikramshikovna
Образовательные инновации и интеграция · 03 · 2026
Аннотация
Ushbu maqalada keltirilgan ma’lumotlar asosan harbiy xizmatchilarni oila va moslashuv, muomila jarayoniga asosiy e’tiborni qaratilgan. Maqolada keltirigan ma’lumotlar ochi va mazmunli ko‘rinishda aks ettirilgan va keltirilgan manbalar ijtimoiy – psixologik va pedagogik omillarni o‘z ichiga qamrab olgan. Kalib so‘zlar; Harbiy xizmatchi, obraz, professional, vizual, tafakkur, relaksatsiya, ehtiyotkor, davlat, prinsip, huquq, stress, huquq, kommunikativ, interaktiv, perseptiv Kirish.XXI asr jahon ijtimoiy taraqqiyotida o‘zining hayotbaxshligi bilan boshqa davrlardan keskin farqlanib turadi va o‘z navbatida demokratiyaning yer kurrasida keng quloch yoyganligi bilan betakror sanalar yig‘indisi bo‘lib hisoblanadi. Ikki qarama-qarshi qutb barham topib, uning o‘rnida yosh mustaqil, demokratik yo‘l tutgan qator mamlakatlar vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi ham ana shunday yosh mustaqil davlat sifatida jahonda o‘z o‘rnini topdi va butun diqqat - e’tibor rivojlanishning asosiy negizi, puxta tayanchi tarzida ikkita omilga qaratildi, ya’ni, ma’naviyat va uzuluksiz ta’lim tizimi tom ma’noda davlat siyosatiga aylandi. Bunday qat’iy qaror shaxs, barkamol inson tengsiz kapital ekanligini oldindan bashorat qilganligini anglatadi, o‘qish, ma’rifat orqali donishmandlar dunyoga keladi va buyuk ajdodlarimizga munosib avlodni voyaga yetkazish uchun zamin hozirlaydi. Muommoning dolzarbligi: Harbiy xizmatchilarning oilasini ijtimoiy- psixologik omillarni ochib berish uchun avvolom bor oila haqida bayon etish mavzuning dolzarbligini ta’kidlaydi. Shu bilan oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oralig‘idagi yoshlar oilasi nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv, ya’ni, er va xotinning pasport yoshini inobatga olib, oilaga maqom berish to‘g‘riroq bo‘lib, qachon turmush qurganligidan qat’iy nazar, albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom ma’noda katta mehnat stajiga ega bo‘lmaydi, va ko‘p hollarda ayol-ona aynan shu davrda farzandli bo‘lib, uy bekasi bo‘lib o‘tirib qolishi ehtimoli katta. Agar ikkinchi yondashuv bo‘yicha yosh oilani oilada yashash muddatiga ko‘ra tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining o‘rtacha ko‘rsatgichi ortib yoki kamayib borishini https://scientific-jl.com/ 2 6 4 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi nazarda tutish lozim. Chunki ayrim davlatda va ayrim milliy-madaniy muhitda yoshlarni juda erta turmush qurishi rag‘batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha, yigit va qizlarning kasb-hunar orttirish bo‘yicha professional malakaga erishish asosiy qadriyat hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila qurgan yoki xali ham turmush qurmagan bo‘lishi ham mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya kabi rivojlangan Yevropa va Amerika davlatlarida, Sharqiy Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya kabi) nikoh yoshi yil sayin ortib, ayrim mamlakatlarda bu raqam 30 yoshdan ham o‘tib ketmoqda. Harbiy xizmatchilarning oilasi biri–birini to‘g‘iri tushuini va biri-birini qo‘llab- quvvatlashi psixologik jihatdan oila mustahkamligini ta’minlaydi. Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri yoshlarning o‘zaro munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga ko‘nikishi masalasidir. Chunki harbiy xizmatchilarning oilasida katta bo‘lgan qiz va hg‘il bolalar romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o‘tgan yoshlarning endi yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan kechirishiga muayyan qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy. Yigit-ku o‘z uyida, ota-onasi yaratib bergan sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng og‘iri kelinchakning bo‘yniga tushadi. U boshdan kechiradigan muammolardan biri esa – yangi oila a’zolari bilan muomala maromlarini to‘g‘ri o‘rnatishdir. To‘g‘ri, to‘ydan keyin turkona, o‘zbekona urf-odatga ko‘ra qizning onasi va uning yaqin qarindoshlari kelinchakni “yo‘qlaydi”, ya’ni, pishir- kuydir qilib, qiz o‘z xonadonida suygan taomini pishirib, yangi kelin tushgan xonadonda dasturxon yuboriladi. Albatta, bu kabi azaliy urf-odatni asosida yotgan muhim sabablar bo‘lib, birinchisi, yangi muhitga tushib qolgan qiz bu yerdagi issiq- sovuqqa tez ko‘nikib ketolmasligi, taom tanavvul qilishda keskin o‘zgarish bo‘lmasligi uchun to ko‘nikkuncha, bir necha kun o‘z xonadonidan ovqat yuborish va shu orqali uni “yupatish” bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi – ota-ona qizini unutmaganligi, hanuz unga mehrli munosabatda ekanliklarini izhor qilishdir. Bu kabi munosabatlarning saqlanishi harbiy xizmatchilarning oilasi qisman bizning hozirgi sharoitimizda ham o‘zini oqlaydi, lekin yo‘qlov bahonasida tog‘oralarda ovqatni xadeb kuyov uyiga jo‘natilishi, ortiqcha dabdabalarga yo‘l qo‘yilishida umuman mantiq yo‘q. Chunki hozir ko‘pchilik onalar oila yumushidan tashqari davlat va jamoat muassasalarida xizmat qiladilar. Ular uchun bunday tashvishlar ortiqcha, ikkinchida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqalada keltirilgan ma’lumotlar asosan harbiy xizmatchilarni oila va moslashuv, muomila jarayoniga asosiy e’tiborni qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqalada keltirilgan ma’lumotlar asosan harbiy xizmatchilarni oila va moslashuv, muomila jarayoniga asosiy e’tiborni qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquq, Harbiy xizmatchi, tafakkur, kommunikativ, interaktiv, professional, vizual, davlat, perseptiv, prinsip, stress, Kalib so‘zlar, obraz, relaksatsiya, ehtiyotkor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025