К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI FRAZEOLOGIK QATLAMIDA RANG KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING OʻRNI

KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING OʻRNI · Madraximova Aziza Ergash qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillari frazeologik sathi lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinib, ikkala tilga xos xususiyatlar haqida fikr yuritiladi. Maqolada rang-tus komponentli iboralarga misollar keltirilgan boʻlib, ularning tarjimasi va ta’rifi bilan birgalikda ibora tarkibidagi rang komponenti qanday ramzni ifodalab kelishi haqida ma’lumot berilgan. Kalit soʻzlar: frazeologik birlik, rang, ramz, lingvopragmatik tahlil, lingvokulturologiya, frazeologik qatlam Ranglar barcha tillar va madaniyatlarda katta ahamiyatiga ega. Ranglar barcha soha vakillarining doimiy e’tibor markazida turadigan elementlardan biridir. Psixologiyadan tortib, gastronomiya, moda va dizayn, arxitektura sohalarida ham ranglar uygʻunligi, ranglarning inson ongiga ta’siri kabi masalalar hech qachon dolzarbligini yoʻqotmaydi. Har bir rang atrofimizdagi predmetlarni tasvirlashdan tashqari, ma’lum bir konseptni ifodalash uchun kundalik hayotda keng qoʻllaniladigan maqollar, iboralar va boshqa frazeologik birliklarning ajralmas komponentiga aylangan. Lingvokulturologik jihatdan olib qaraydigan boʻlsak, bir rang bir necha tillarda oʻxshash ma’noni yoxud butunlay qarama-qarshi tushunchani ifodalashi mumkin. Ranglarning bu kabi xususiyatlari har bir xalqning etnografiyasi, madaniyati, dini, urf-odatlari hamda iqlimining qandayligiga borib taqaladi. Ingliz tili rang komponentli frazeologik birliklarga boyligi bilan ajralib turadi. Ularning ba’zilari eski ingliz tili davridan buyon mavjud boʻlsa, ayrimlari badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalari hamda fan va texnologiyalar taraqqiy etishi natijasida paydo boʻlgan. Ingliz tilida frazeologik birliklar komponenti sifatida eng koʻp uchraydigan ranglar qizil, yashil, moviy, oq va qora ranglar hisoblanadi. Mazkur ranglar bir qancha frazeologizmlarda oʻxshash ma’nolarda takrorlanishi kuzatiladi. Misol uchun, qizil rang qahr-gʻazab, ta’qiq kabi negativ konnotatsiyalarni ifodalaydi. Yashil esa aksincha, tabiat, osoyishtalik kabi pozitiv konnotatsiyalarda koʻproq uchraydi. Misol uchun, ingliz tilidagi green thumb idiomasi qoʻli gul bogʻbon manosini bildiradi. Green flag esa xavsiz, yoki ijobiy sifat ma’nolarini beradi. Bugungi kunda eng koʻp qoʻllanilayotgan green economy, green energy kabi frazeologik birliklarda yashil rang qayta tiklanadigan hamda atrof-muhitga zararsiz degan ma’noni ifodalaydi. https://scientific-jl.com/ 2 8 1 44-son_1-to’plam_May-2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, yashil salbiy sifatlarni namoyon qiladigan holatlarda ham uchrashi mumkin. Bunga misol qilib green with envy iborasini keltirish mumkin. Mazkur idioma Vilyam Shekspirning Otello dramasidan olingan boʻlib, Otelloning rashkdan koʻkarib ketishiga ishora qiladi. Lekin bu ibora bugungi kunda hasaddan ichi yonmoq ma’nosida ham qoʻllaniladi. Xuddi shunday, red ham ba’zan ijobiy, ba’zan esa salbiy ma’no beruvchi rang boʻlishi mumkin. Masalan, red tape iborasi byurokratiyaning haddan oshishi, red flag esa xavf yoki biror salbiy sifat mavjudligini ifodalaydi. Red carpet treatment (biror kimga katta hurmat-ikrom koʻrsatish), red letter day (muhim va esda qolarli kun) kabi iboralarda esa qizil rang ijobiy ma’no kasb etadi. Qora rang aksariyat madaniyatlarda salbiy ma’no beruvchi rang hisoblanadi. Ingliz tilidagi black sheep iborasi bunga yaqqol misol boʻladi. Mazkur ibora oila yoki jamoani oʻz qilmishlari bilan hijolatga qoʻyadigan insonga nisbatan ishlatiladi. Oʻzbek tilidagi frazeologik birliklarda ham qora rang odatda salbiy boʻyoq beruvchi soʻz sifatida qoʻllaniladi. Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi, qora roʻyhat, qora ishchi, oq-qorani tanimoq kabi frazeologik birliklarda qora rang salbiy ma’no beruvchi element boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, black market iborasi har ikkala tilda ham birday ta’qiqlangan narsalar sotiladigan bozor ma’nosini beradi. Qora rang salbiy boʻyoq beruvchi element sifatida qaralgan bir paytda, oq rang ezgulik, toʻgʻrilik ma’nolarini beradi. White lie (zararsiz yolgʻon), white magic (yaxshilik yoʻlida qilingan sehr-jodu) kabi iboralar fikrimizga yorqin dalil boʻla oladi. Moviy rang oʻzbek madaniyatida tinchlik, osoyishtalik ramzi hisoblanishi barchamizga ma’lum. Moviy osmon kabi iboralar kundalik hayotimizda tez-tez qoʻllaniladi. Vaholanki, ingliz tilida moviy rang gʻamginlik va tushkunlik kabi salbiy hissiyotlar timsoli sifatida gavdalanadi. To feel blue (xafa yoki tushkun kayfiyatda boʻlmoq), baby blues (tugʻruqdan keyingi depressiya) singari iboralar yuqoridagi fikrimizni qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻzbek tilida ham rang-tus komponentli iboralarni kundalik nutqimizda tez-tez uchratib turamiz. Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi iborasida qora rang insonga xos salbiy xislatlar ramzi sifatida ishlatilgan. Oq-qorani tanimoq iborasida biryoʻla ikkita rang ifodalovchi leksema qatnashgan boʻlib, ranglar oʻzbek madaniyatiga xos boʻlgan toʻgʻri va notoʻgʻri, yaxshi va yomon qilmishlarni oq va qora rangga muqoyasa qilgan. Qizil qor yoqqanda ibor

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillari frazeologik sathi lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinib, ikkala tilga xos xususiyatlar haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillari frazeologik sathi lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinib, ikkala tilga xos xususiyatlar haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lingvokulturologiya, rang, lingvopragmatik tahlil, ramz, frazeologik qatlam, Kalit soʻzlar: frazeologik birlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники